Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Koʻpaytirish.
Sogʻlomlashtirilgan tuganaklarni qaytadan kasallanishining 
oldini olish uchun ular tabiiy o`ralgan (o`rmon, tog`, suv ombori, daryolar bilan) 
joylarda sogʻlom urugʻlik maydonlarining o`rtasida, begona o`tlar kam, yaxshi 
shamol tegadigan yoki doka izolyatorlar tagida ko`paytirib olingani maqsadga 
muvofiq. Daladagi doka izolyatorlari har qanday konstruksiyasidan qat‘iy nazar, 
har bir tonna yetishtiriladigan elita uchun kamida 1,5 – 2 m
2
izolyasiya uychalari 
kerak bo`ladi. Sogʻlom tuganaklardan elita yetishtirishgacha boʻlgan davr qancha 
qisqa bo`lsa, sogʻlom oʻsimliklarning potensil imkoniyatlaridan foydalanish 
darajasi shuncha yuqori bo`ldi. Shuning uchun kartoshkaning virussiz 
urugʻchiligidagi sogʻlom tuganaklarni jadal ko`paytirishning turli usullari 
qo`llaniladi. Tuganaklarni ekish oldi kesish, o`simtalar bilan ekish, poya uchki 
qismlaridan, yon poyachalardan, qalamchalardan ko`paytirish va xokazo. 
Tajribalardan ma‘lum bo`lishicha, poya qismlaridan koʻpaytirish natijasida 
tuganaklarning ko`payish koeffisiyenti naviga qarab 1:332 va 1:667 gacha 
yetkazish mumkin. 
Dala sharoitida urugʻlik pitomniklaridagi tuganaklarning koʻpayish 
koefftsiyenti oʻrtacha 9 ga teng. O`zbekiston sharoiti kartoshka tezpishar 
navlaridan bir yilda ikki marta hosil olish imkonini beradi. Shuning hisobiga 
tezpishar navlarning sogʻlomlashtirilgan tuganagining ko`payish koeffisiyenti 1:76 
ga yetkazish mumkin. Tuganaklarni ekishdan oldin kesib o`tkazish natijasida bu 
ko`rsatkich ancha (1:138) oshdi. Lekin shuni ham ta‘kidlash kerakki, tuganaklarni 
kesishni boshlang`ich material mutlaqo sogʻlom boʻlgandagina o`tkazish mumkin, 
aks holda kesilgan tuganaklarning ikkinchi avlodidan boshlab X, S va M 
viruslarning tarqalib ketishiga (3% dan 19,5% gacha) va hosildorlikning pasayib 
ketishiga olib kelishi mumkin. Yirik tuganaklar albatta kesish talab etilganda 
pichoqlar dezenfeksiya qilinishi sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan elita yetishtirish 
bo`yicha olib borilgan tajribalari natijasida ishlab chiqilgan va Respublika Qishloq 
xo`jaligi vazirligi tasdiqlagan jadallashgan uslubning ko`rsatishicha, virussiz 


58 
tuganaklardan bu usulda dastlabki sogʻlom 100 klondan 110 tonnagacha elita olish 
imkoni mavjud. 
Kartoshkachilikni muvaffaqiyatli boʻlishi uchun yaxshi navlarni boʻlishi hali 
yetarli emas. Urugʻchilik materialni yetishtirishning barcha bosqichlarida 
kartoshka urugʻchiligini shunday olib borish kerakki nafaqat navning hamma 
qimmatli xususiyatlarni koʻp yillarga saqlash, balki ularni yaxshilab berishga 
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, kartoshka ekinlarida turli kasalliklarni 
tarqalishi, hosildorlikni pasayishi va navni yoʻqolishiga (nobud) boʻlishi. 
Urugʻchilikning asosiy vazifalaridan biri virus kasalliklari bilan kurashish. 
Ularning tez tarqalishi kartoshka sifatini pasayish asosiy sababidir. Shuning uchun 
virusdan xoli urugʻlik kartoshkani oʻstirish urugʻlik materialni yetarli darajada 
saqlashni garovidir. 
Urugʻlik kartoshka turli xil kasalliklardan-zamburugʻ, bakterial kasalliklar, 
nematodalardan toʻligʻicha xoli boʻlishi kerak. Urugʻlik kartoshka tegishli 
mahsulot sifatlariga ega boʻlishi va toʻg`ri parvarish qilishda yuqori hosil olishni 
ta‘minlash kerak. Tuganaklar kattaligi talab darajasida –juda mayda ham, juda 
katta boʻlmasligi lozim. Kasalliklarni tarqalmasligi uchun urugʻlik kartoshkani 
kesish mumkin emas. Urugʻchilikni hamma bosqichlarida navning ifloslanishiga, 
ya‘ni boshqa navlar aralashmasligiga yoʻl qoʻymaslik sharoiti tugʻdirish kerak. 
Chunki aralashmalar navni qolishiga olib keladi. Bu tadbirlarni faqat yaxshi tashkil 
qilingan urugʻchilik tizimi asosida bajarish lozim. 
Kartoshka ekinlarida viruslar bilan muvaffaqiyatli kuzatish koʻpaytirilgan 
navlarning ularga chidamliligiga bogʻliq. 
Zararli viruslarga chidamli immunitetli navlar urugʻchilikni muvaffaqiyatli 
olib borishini ta‘minlaydi. Shuning uchun viruslarga chidamli navlarni yaratish 
katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda yaxshi va toʻgʻri tashkil qilingan 
urugʻchilik tizimi koʻp yillar davomida qimmatli navlarni saqlab koʻpaytirishini 
ta‘minlaydi. 
Seleksiya jarayonida, urugʻ koʻchatlarini (oʻsimliklarni) viruslar bilan 
zararlanishidan saqlab borish lozim. Buning uchun turli masofali izolyasiya 


59 
usullarini qoʻllash kerak. Infeksiyalarni mexanikaviy yoʻl bilan oʻtishini oldini 
olish uchun pitomniklarda parvarish qilishda, qator oralarini ishlashda ehtiyotlik 
choralar koʻrilishi lozim. 
Seleksion muassasalarida standart navlari infeksiya manbai boʻlishi 
mumkin. Buning uchun standart navlarini viruslarga chidamliligi aniqlangandan 
keyin pitomniklarda navlar yonida taqqoslash uchun joylashtirilishi mumkin. 
Urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun tuproq iqlim sharoiti qulay joylar tanlab 
olinishi kerak. Bunday joylarga boshqa qulay sharoitlar bilan birga viruslarni 
tarqatuvchi hasharotlar uchun qulay sharoit boʻlmagan joylar hisobga olinadi.
Agar Oʻzbekiston sharoitda turli sabablarga koʻra, jumladan so`ruvchi 
hasharotlar, yuqori harorati, issiq va quruq havo kartoshka urugʻchiligida alohida 
e‘tibor berishini talab etadi. Virus kasalliklarining tarqalishi sababli Samarqand 
qishloq xoʻjalik instituti olimlari tomonidan kartoshkaning virus kasalliklari 
tarqalish sabablari va oldini olish usullari oʻrganilib Oʻzbekiston sharoitida 
kartoshka urugʻchilik tizimi, yuqori sifatli urugʻlik yetishtirish va elita urugʻligini 
jadallashgan usuli ishlab chiqilib joriy etilgan.
Umumiy qabul qilingan uslub bo`yicha elita yetishtirish jarayoni odatda 5 – 
6 yil davom etadi. Urugʻlik kartoshka mahalliy sharoitda bahorgi muddatda 
ekilganida bunday uzoq davr mobaynida albatta virus kasalliklari bilan kuchli 
zararlanadi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Avvalgi yil tuganaklarini yozgi 
muddatgacha saqlashning qiyinligi, qimmatga tushishi, sogʻlom tuganaklarning 
ko`payish koeffisiyentining kam boʻlib qolishi va hokazo qiyinchiliklarni 
tug`diradi. 
Shuning uchun bir yilda ikki xosil olish kartoshka urugʻchilik sxemasini ikki 
baravar tezlashtiradi, sogʻlom tuganaklarning koʻpayish koeffitsiyentini oshiradi (5 
– jadval). 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish