Samarqand davlat universiteti huzuridagi


Faoliyat yo’nalishiga ko’ra



Download 473,54 Kb.
bet19/44
Sana31.12.2021
Hajmi473,54 Kb.
#220131
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
ERGASHEVA MATLUBA BURXONOVNA

Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar.

  • Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.

  • O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq, modul va tizim innovatsiyalari.

  • Kelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o’zlashtirilgan innovatsiyalar.

    Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur.

    Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari quyidagilar sanaladi: yangi g’oyalar; tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar; noanhanaviy yondashuvlar; odatiy bo’lmagan tashabbuslar; ilg’or ish uslublari.

    Innovatsion faoliyat amaliyot va nazariyaning muhim qismi,o’qitishni yaxshilashga qaratilgan pedagogik harakatlar harakat tizimi bo’lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo’lishni ifodalaydi. O’qituvchi innovatsion faoliyatiningmarkaziy masalasi o’quv jarayonini samarali tashkil etishdir.

    Mazmunan innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklarasosida ishlash bo’lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi vatakomillashib boradi.

    M.Jumaniyozovaning fikricha, o’qituvchilarni innovatsionfaoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatdainnovatsion jarayonlar dinamikasining o’sib borishi natijasidavujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishganzamonaviy yutuqlardan foydalanishni o’z ichiga olmasdan, balkiyangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish vaolingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarini hamqamrab oladi.

    Innovatsion faoliyatning tuzilishini o’rganib chiqqanolimlardan biri V.A.Slastenin innovatsion faoliyatning tuzilishini:



    1. ijodiy yondashuv;

    2. ijodiy faollik;

    3. yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik;

    4. yangicha fikrlash;

    5. muomala madaniyati kabi tarkibiy qismlardan iborat tuzilmaga ega deb ko’rsatadi.

    Innovatsion faoliyatning reproduktiv, evristik,kreativ darajalari mavjud. Bu turdagi faoliyatni tashkil etish davrida yangiliklar, o’zgarishlar ta’lim jarayoniga keng ko’lamda kirib keladi.

    Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida o’qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad – o’qituvchilarning yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ishlash ko’nikma-malakalarini shakllantirish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish jarayonini sifatli, samarali va muvaffaqiyatli tashkil etish malakalarini takomillashtirishdir.

    Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo’lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishan iborat.

    O’qituvchining shaxsiy faoliyatidan qoniqmasligi uning o’z mehnatini innovatsion yondashuv asosida tashkil etishga undaydi. Innovatsion faoliyat yangi g’oyani izlashdan boshlanadi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining tuzilmasini ifodalashga nisbatan quyidagi yondashuvlar mavjud (A.Nikolskaya):



    1. tayyorgarlik;

    2. rejalashtirish;

    3. joriy etish.

    Ayni o’rinda shuni ham qayd etib o’tish lozim, o’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlanishida muayyan to’siqlar mavjud. Ular:

    1) o’qituvchining o’zi ko’nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishining qiyinligi, unda ijodkorlikning yetarli emasligi;

    2) yangi va noma’lum narsalarning har doim insonlarda cho’chish va xavfsirashni keltirib chiqarishi.

    Innovatsion faoliyat o’qituvchining barcha muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo’lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish deganidir.

    M.T.Jumaniyozovaning fikricha, o’qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

    1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qo’llashdan oldingi davrdagi o’qituvchi faoliyatini tahlil qilish (tayyor metodik tavsiyanomalardan foydalanish).

    2. Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish (modifikatsiyalangan metodlarni kiritish).

    3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritib bo’lingandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil qilish ( yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shaklini to’liq ishlab chiqish, o’qituvchi tomonidan o’z kontseptsiyasi va metodikasining asoslanishi).

    O’qituvchining innovatsion salohiyatni rivojlantirish murakkab jarayon bo’lib, uni rivojlantirish mutaxassisning imkoniyatlari, o’z mehnati samaradorligidan qoniqishini taqozo etadi.

    Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:

    1) o’z faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olishqobiliyati;

    2) o’z kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;

    3) yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik;

    4) tashkiliy madaniyat va psixologik muhitning innovatsionfaoliyatga yo’nalganligi.

    Zamonaviy sharoitda xorij mamlakatlarida ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashda ham o’ziga xos innovatsion xarakterga ega texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Ana shunday texnologiyalardan biri – assesment texnologiyasidir. U biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o’quv individual topshiriq, bahs-munozara, interviyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatish, rolli hamda ishbilarmonlik o’yinlari kabilardan tashkil topadi. Texnologiya quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:


      1. talabalarning bilim, ko’nikma, malakalarini har tomonlama, xolis baholash;

      2. talabalarning bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;

      3. talabalarning bilim, ko’nikma, malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istiqbolli reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish.

    Ushbu texnologiyaning yaratilish tarixi o’tgan asrning 30-40-yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to’g’ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o’rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz va nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, ofitserlarni tanlash maqsadida qo’llanilgan. Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalar malakali menejerlarni tanlash maqsadida bu matexnologiyadan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. So’nggi yillarda mazkur texnologiya ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasi har tomonlama, xolis baholanadi.

    Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari kamida to’rtta topshiriq bo’yicha baholanmoqda. Masalan: muammoli vaziyat, izohli lug’at, kichik, test.

    SHunday qilib, globallashuv sharoitida ta’limning yangilanishi, o’ziga xos xarakter kasb etishida o’qitish g’oyalarini yangicha talqinda asoslovchi innovatsiyalar muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi innovatsiyalarning didaktik imkoniyati o’qitish jarayonini sifatli, unumdor tashkil eta olishi bilan belgilanadi. Pedagogik innovatsiyalar o’qituvchi tomonidan kam kuch, kam vaqt sarflagan holda yuqori natijalarga erishishni tavsiflaydi. Unga ko’ra mashg’ulotlarda asosiy rolni o’qituvchi emas, balki talabalar o’ynaydi. O’qituvchining vazifasi ularni yo’naltirish, yo’l-yo’riq ko’rsatish, nazorat qilish, zarur o’rinlarda maslahat berish va talabalar faoliyatini baholashdan iborat bo’ladi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba rollarining o’zgarishi bilim oluvchilarda mustaqillik, fikrlash qobiliyati, faoliyatga tanqidiy yondashish malakalarini shakllantiradi.


    Download 473,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish