Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/52
Sana20.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#460870
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
GEOGRAFIYA FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZISH METODIKASI

Fenologiya
(yunoncha «
fenomena»
— xodisa, «
logos
»— fan) — yil fasllarining 
almashishini va ob-havoning o`zgarishi munosabati bilan organik va anorganik 
tabiatning mavsumiy o`zgarib borishini o`rganadigan fan; Mas., suvlarning 
muzlash va muzdan tushish, o`simliklarning kurtak chiqarish, gullash muddatlari, 
qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya o`rganadi. 
Fyon
— tog`li o`lkalarda tog`lardan vodiylarga yuqoridan pastga qarab 
esuvchi iliq va quruq kuchli shamol. Shamol tor tizmasini oshib, pastga 
tushayotganda isib quriydi, ba`zan qor ko`chkilarining tushishiga sabab bo`ladi. 
O`zbekistonda CHirchiq vodiysida ko`p kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etmaydi. 
Firn
(nemischa- 
firni
– o`tgan yilgi, eski)- qorni qayta krisatallashi oqibatida 
hosil bo`lgan donador muz F. Qor bilan muz oralig`idagi bosqich bo`lib, yana 
zichlashib muzga aylanadi. Odatda F. baland tog`larda qor chegarasidan yuqorida 
va qutbiy o`lkalarda vujudga keladi. 
Flora
(latincha 
Flora
— Rim afsonasida gullar va bahor ma`-budasi)—biror-
bir joy, mamlakatga yoki geologik davrga xos bo`lgan barcha o`simliklar majmui. 
Mas., O`zbekiston F. si, uchlamchi davr F. si va b. 
Flyuger
— (gollandcha 
flyugel
— qanot)— shamolning yo`nalishi va 
tezligitsi aniqlaydigan asbob. SHamol ta`sirida vertikal o`qda aylanadigan 
ko`rsatkich (flyugarka) shamolning yo`nalishini Ko`rsatadi. SHamolning tezligi 
metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi, 


68 
yoyga o`rnatilgan ko`rsatkichlar (bo`linma-lar) shamolning sekundiga necha metr 
esganligini bildiradi. 
Xionosfera
(yunoncha 
xion
— qor va 
sfera
-kura, shar) — troposferaning qor 
va muz to`planishi mumkin bo`lgan qatlami. SHartli tushuncha, chunki troposfe-
raning bu qatlamida qor to`planishiga sharoit (iliq o`lkalarda baland tog`lar) 
mavjud bo`lsagina to`planadi. X. qutblar atrofida er yuzasida pastda joylashgan. 
Siklon
(yunoncha 
siklon
— aylanuvchi)—atmosferaning past bosimli 
qismlari. Ko`pincha ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) hosil bo`ladi. 
S. markazida havo bosimi kam, atrofda yuqori bo`ladi. SHamol atrofdan S markazi 
tomonga esadi. Lekin Erning o`z o`qi atrofida aylanishi ta`sirida shamollar 
shimoliy yarimsharda o`ngga, janubiy yarimsharda chasha buriladi. Natijada S.da 
shamollar quyundagiga o`xshab esadi. Aslida S. katta quyundan iborat, S. larning 
diametri 1000 – 3000 km ga. Soatiga 30 - 40 km, ba`zan 80 km gacha tezlik bilan 
siljiydi., S. da ob-havoo bulutli yog`inli bo`ladi. O`zbekiston Atlantika okeanidan 
keladigan S. lar qishda iliq, yomg`irli, qorli havo keltiradi. 
Sunami
(yaponcha)—dengiz ostida yer qimirlaganda dengiz tagining 
ko`tarilishi va pasayishi natijasida hosil bo`ladigan juda uzun to`lqinlar. Soatiga 50 
km dan 1000 km gacha tezlik bilan tarqaladi. To`lqin balandligi hosil bo`lgan 
joyda, ochiq dengizda 0,1 m dan 5 m gacha etadi, lekin dengiz qirg`og`iga kelganda 
10 m dan 50 m gacha etadi va undan ham ortib ketib, katta halokatlar keltiradi. 
Asosan Tinch okean qirg`oqlarida kuzatiladi. 
SHamol
— havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga tomon 
oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta 
bo`lsa, shamol shuncha kuchli esadi. SHamolning yo`nalishi va tezligi maxsus 
asboblar (Qarang. 
Flyuger va Anemometr
) yordamida aniqlanadi va Bofortning 
xalharo shkalasi bo`yicha 0 dan 12 gacha ballar bilan baholanadi. SH. esayotgan 
tomon ufq tomonlari nomi bilan ataladi. Mas., shimoliy, g`arbiy, janubi-sharqiy 
SH. lar va h. k. 
SHarq
—1) ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush paytida Quyoshga 
qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo`ladi; 2) matematik ufq tekisligi 
bilan osmon ekvatori kesishgan nuqta; 3) Quyosh chiqadigan tomon. 
SHimol 
— ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush chizig`i bilan 
haqiqiy ufq doira chizig`i kesishgan nuqta. CHiqayotgan quyoshga qarab 
turganingizda chap tomoningizda bo`ladi. 
Ekvator
(latincha 
ekuator
— tenglashtiruvchi) — Yer yuzasida qutblardan 
barobar uzoqlikdan o`tkazilgan aylana chiziq. Ekvator Er kurasini ikki yarim 
sharga — shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo`ladi. Geografik kengliklar 
ekvatordan boshlab qutbga tomon hisoblanadi. Ekvator uzunligi (Krasovskiy 
ma`lumotiga ko`ra) 40075696 m, 1°yoyining uzunligi, 111321,4 m. Ekvatorda 
kecha bilan kunduz doimo teng bo`ladi. Quyosh ekvator ustida har yili ikki marta 
21 mart va 23 sentyabrda qoq tepadan o`tadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish