Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi



Download 2,33 Mb.
bet5/46
Sana02.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#307532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Ekologiya asoslari majmua

Darsni mustahkamlash:

Darsni mustahlkamlash uchun o`quvchilarni guruhga ajratib olamiz.

1-Guruh- Robert Guk

2-Guruh – Charliz Draven

3-Guruh- Mendel

Suvda yashovchi hayvonlarning ekologik guruhlari va ularning vakillarini juftlang. Ekologik guruhlar: 1) plankton; 2) nekton; 3) bentos. Vakillar: a) cho‘rtan; b) meduza; d) kambala; e) osminog; f) krab; g) dafniya; h) qisqichbaqa.

()‘z tikrinirizni ayting.

1. Nima sababdan qish va yoz oylarida baliqlaming ko'plab qirilishi kuzatiladi? Buning oldini olish chora-tadbirlarini ayting.

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.

1. Jadvalni to‘ldiring va hayvonlarning yashash muhitiga moslanishlarini yozing.



Hayvonlar

Moslanishlar

Kasatka




Beluga




Manta




Dengiz toshbaqasi




Meduzalar




Aktiniyalar




Igna baliq




2. Biologik diktant. Ro‘yxatda berilgan atamalarni jadvalga mos ravishda joy- lashtiring. Atamalar: muhit, plankton, moslanish, ekologik omillar, yashash muhiti, nekton, gidrobiontlar, bentos.



Atama ma’nosi

Atama

1

Faol harakatlanuvchi, oqimga qarshi tura oladigan organizmlar




2

Organizmlarga to‘g‘ri va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi elementlar




3

Suvda yashovchi organizmlar




4

Tabiatning tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan va ularda mosla- nishlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan har qanday tarkibiy qismi




5

Tabiatning biotik va abiotik komponentlari yig‘indisi




6

Muayyan muhitda organizmlarning yashab qolishi va nasl qoldirishi




7

Suv qa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan organizmlar




8

Suv tubida yoki suv tubidagi qumlarda yashovchi organizmlar




Nazorat uchun savollar

1.Yer yuzida qanday yashash muhitlari mavjudligini tushuntiring.

2. Suv muhitining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering?

3. Suvdagi kislorod va karbonat angidrid manbayini ayting.

4. Suvdagi qaysi gazning miqdori cheklovchi omil hisoblanadi?

3-MAVZU: EKOLOGIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIRI.
Reja


        1. Ekologik omillar haqida tushuncha.

        2. Ekologik omillarning turlari.

        3. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri.


Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarta boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.

Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.



Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:

1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.

2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.

3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.

Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qoʻyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.

Ekologik omillar: biotik, abiotik, antropogen

 

Tirik organizmlarga ta'sir etuvchi muHitning Har qanday bo'laklari ekologik omillar deyiladi.



MuHit - quruqlik, suv, Havo va er osti qismlaridan iborat. Tashqi muHit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha Ham mavjud bo'lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo'lgan elementlar yoki omillardan yoruѓlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933 yilda D.N.Kashkarov muHit omillarini 3 guruH (iqlim, edafik va biotik)ga bo'ladi. Keyinchalik 1950 yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruHlarga ajratib o'rganishni taklif qiladi.

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruHga bo'linadi:

1. Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki o'lik tabiatning yiѓindisi. Bularga Harorat, yoruѓlik, namlik, suv, tuproq, relef kiradi.

2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muHitiga ta'siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo'linadi.

Fitogen omillar deganda yuksak va tuban o'simliklarning organizmga ta'siri e'tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha Hayvonlarning ta'siri nazarda tutiladi.

3. Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan boѓliq bo'lgan omillar, ya'ni odamlarning o'simlik va hayvon turlari yoki ular guruHlarining tuzilishiga ko'rsatgan ta'siridir. Tirik organizmlarga juda ko'p omillar ta'sir ko'rsatadi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko'rsatgan ta'siri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm Hayoti uchun eng qulay darajasi - optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qo'yi darajasi minimum bo'ladi. Tabiiyki, Har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning o'z maksimumi, minimumi va optimumi bo'ladi. Chunonchi, uy pashshasi 7°S dan 50°S gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36-40°S ni tashkil etadi.

Shuni Ham ta'kidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks ta'sir etgandagina ular yuqori natija beradi. Bu omillarning birortasi o'z vaqtida bo'lmasa yoki etishmasa organizmlarning normal o'sishi va rivojlanishi tugal o'tmaydi. Demak, ekologik omillarning Har biri organizm uchun zarur bo'lib, ularning birini ikkinchisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar organizm Hayotida bir xil aHamiyatga egadir. Chunonchi, o'simliklar Hayotidan misol keltirsak, ѓo'zani o'stirish va parvarish qilishda o'ѓit bermasdan faqat suv berish bilan ѓo'zani to'la rivojlantirib bo'lmaydi. Yoki buning aksi Ham xuddi shunday natijalarga olib keladi.

Organizmning Hayot faoliyatini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil (limitiruyuhiy faktor) deyiladi. Organizmlarga ta'sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo'lishi mumkin. Chunonchi, Hayvonlar va o'simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishi issiqlikning etishmasligi natijasida janubga tarqalishi esa, namlikning etishmasligi tufayli kechadi. Demak, organizmlarning shimolga tarqalishida cheklovchi omil bo'lib Harorat Hisoblansa, aksincha, janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir.

Omilning faqatgina etishmasligigina emas, balki ortiqchaligi Ham cheklovchi ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ekologik omillarni o'rganish soHasida Yu.Libix ko'p tajribalar o'tkazdi. Uning yozishicha (1840) ekinlarning Hosildorligi ko'pincha ular uchun ko'p kerak bo'lgan elementlar (SO2 yoki N2O) bilan cheklanmaydi, aksincha tuproqda kam uchraydigan va o'simliklar uchun juda kam miqdorda kerak bo'lgan elementlar bilan cheklanadi. Demak, o'simliklarning o'sishi tuproq tarkibida minimum miqdorda uchraydigan elementga (masalan, rux) boѓliq degan xulosa Libixning "Minimum qonuni" deb yuritiladi. Libixning ko'rsatishicha u yoki bu omillarning etishmasligigina emas, balki issiqlik, yoruѓlik va suv kabi omillarning ortiqchaligi Ham cheklovchi omil bo'lib xizmat qilishi mumkin.

U yoki bu turning yashash imkoniyati bo'lgan ma'lum bir omilning o'zgaruvchan chegarasi tolerantlik deyiladi.

Ba'zi bir organizmlarning tolerantlik xususiyati ma'lum bir omilga nisbatan chegaralangan bo'lsa, boshqa xil omilga nisbatan esa keng doirada bo'lishi mumkin. Masalan uy pashshasi (chivini) 7 °S dan to 50 °S issiqlikkacha bardosh berib yashashi mumkin. Uning tolerantlik chegarasi keng. Bunday organizmlarni evriterm organizmlar deyiladi. Boshqa xil organizmlarning tolerantlik chegarasi tor bo'lishi mumkin, ularni stenoterm organizmlar deyiladi. Tolerantlik qonunini 1913 yilda V.Shelford (Shelford, 1913) asoslab bergan. Bu qonunga muvofiq maksimum chegaralovchi omillarning ta'siri minimum chegaralovchi omillar ta'siri bilan bir xildir.

"Tolerantlik" qonunini to'ldiruvchi omillar nimalardan iborat?

1. Organizmlar bir omilga nisbatan keng diapazonli tolerantlikka ega bo'lsalar ikkinchi omilga nisbatan ularda tolerantlik diapazoni tor bo'ladi.

2. Keng tolerantlikka ega bo'lgan organizmlar er yuzida keng tarqalgan.

3. Tur uchun sharoit birorta ekologik omilga nisbatan optimal darajada bo'lmasa, shu turning boshqa xil ekologik omillarga nisbatan tolerantlik diapazoni tor bo'ladi. Masalan, ѓallasimon ekinlar uchun azot etishmasa ularning qurѓoqchilikka chidamlilik xususiyati pasayadi.

4. Organizmlarning ko'payish davri noziq bo'lib, bu davrda ko'pchilik ekologik omillar organizm uchun cheklovchi omil Ham bo'lishi mumkin.

Masalan, voyaga etgan sarv daraxti suvda Ham, quruqlikda Ham yashashi mumkin, biroq u namlik etarli bo'lgan, suv ko'llamagan joylardagina ko'payish imkoniyatiga ega.

Turning tabiatda yashashi uchun kerak bo'lgan barcha tashqi muHit omillari yiѓindisi ekologik taxmon (burchak) deyiladi. Ko'pincha bu atama ikkita yaqin turlarning o'zaro munosabatini kuzatishda qo'llaniladi. Ekologik taxmon atamasini 1917 yilda Dj.Grinnel turlarning kenglikda tarqalish tavsifi uchun qo'llagan edi. Ekologik taxmon yashash joyi atamasiga yaqin tushunchadir. Keyinchalik 1927 yilda Ch.Elton ekologik taxmon turning jamoadagi Holati deb aniqladi va bu Holatda eng muHimi ularning, ya'ni turlarning bir-birlari bilan trofik boѓlanishi ekanligini qayd qildi.

Turning ekologik o'rni (Dj.Grinnell) deganda, ma'lum bir turning barcha abiotik va biotik omillar majmuiga bo'lgan munosabatini, ya'ni Hamjamoada tutgan o'rni tushuniladi.

Ch.Elton esa ushbu tushunchaning funktsional tomoniga aloHida e'tibor bergan. Ekotizimdagi turning faoliyati asosan oziqlanishdan bo'lgani uchun ekologik taxmonni oziqa taxmon deyish Ham mumkin. Tabiatda populyatsiyalarga xilma-xil abiotik va biotik omillar ta'sir etib turadi. Shuning uchun ekologik taxmon iqlim, trofik, edafik va boshqa xususiy shakllarga ajratiladi.

Hayvonlar orasida o'simliklarga nisbatan ekologik taxmon yaxshi ifodalangan. Ammo biogeotsenozlarda o'simliklar Ham ekologik taxmonga ega. O'simliklarda ekologik taxmonga ajratish belgilari quyidagilar Hisoblanadi: turning Har xil balandlikda bo'lishi, ildizlarning tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi, changlatuvchilarning xilma-xilligi, namlik va boshqalarga munosabatining o'zgacha bo'lishi kabilardir.

Dasht va cho'l biogeotsinozlarida yirik va mayda sut emizuvchilar o't o'simliklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo'ylar, antilopalar, sayѓoqlar) va kemiruvchilar (suѓurlar, yumronqoziqlar, sichqonsimonlarning ko'pchilik vakillari). Ularning Hammasi biogeotsenozda bitta funktsional guruh, ya'ni o'txo'r Hayvonlarni tashkil etadi.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, o'simlik massasini iste'mol qilishda ularning roli bir xil emas, balki ular oziqlanish uchun o'simlik qoplamining turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar to'yimli, nisbatan baland bo'yli o'simliklardan oziqa oladi. Shu erda yashovchi suѓurlar tuyoqlilarning ketidan ular emagan siyrak va ezilgan o'tlarni iste'mol qiladi. Nisbatan mayda Hayvonlar Hisoblangan yumronqoziqlar esa, tuyoqlilar, suѓurlardan o'simliklarni yiѓadilar. Shunday qilib, Hamjamoa Hosil qiluvchi uch guruHdagi o'txo'r Hayvonlar o'rtasida o'simliklar qoplami biomassasidan foydalanishda funktsiyalarning bo'lib olinishi kuzatiladi va ushbu Hayvonlar o'rtasida raqobat bo'lmaydi.

V.N.Beklyamishev tasnifi bo'yicha ekologik taxmon (ekotaxmon) to'rt toifaga bo'linadi: trofik, topik, forik va fabrik.

Trofik aloqada bir tur ikkinchi tur bilan oziqlanadi.

Topik aloqada bir tur ikkinchi turning yashash sharoitini o'zgartirishda namoyon bo'ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o'rmondagi daraxtlar tomonidan shu erlarda o'suvchi o'simliklar Hayotiga ko'rsatiladigan ta'sirlarda yaqqol ko'rinadi.

Forik aloqada bir turning tarqalishi ikkinchi turning ta'siri natijasida ro'yobga chiqadi. Ko'pchilik Hayvonlar tomonidan o'simlik uruѓ va mevalarining tarqalishi bunga misol bo'la oladi. Bunday tarqalish aktiv yoki passiv Holda o'tishi mumkin.

Bir turning o'ziga in qurishi uchun boshqa turning qoldiqlaridan foydalanishiga fabrik aloqa deyiladi. Chunonchi, qushlar in qurishi uchun daraxt barglari va shoxchalaridan yoki Hayvonlarning jun va patlaridan Ham foydalanadilar.

XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida ko'pchilik ekologlar jamoada o'xshash joyni egallagan, bir-biriga ekologik yaqin turgan turlar mustaHkam yashay olmasliklari mumkin degan xulosaga kelgan edilar. Bu fikrlar keyinchalik bir ekologik taxmonda uchraydigan 2 ta tur orasidagi raqobatchilik modelini matematik tuzib chiqilganda Ham o'z tasdiѓini topdi. (V.Volterra va T.F.Gauze). Ekologik taxmon to'ѓrisidagi Hozirgi zamon tushunchasi 1957, 1965 yillarda Dj.Xatchinson tomonidan tuzilgan ekologik taxmon modeliga asoslangandir

4-MAVZU: POPULYASIYA HAQIDA TA`LIMOT.

Reja

1. Populyatsiya va uning turlari.



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish