Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi


Tuproqni eroziyadan, cho`llanish, sho`rlanish, botqoqlanish va kimyoviy zaharlanishdan muhofaza qilish



Download 2,33 Mb.
bet28/46
Sana02.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#307532
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
Ekologiya asoslari majmua

3.Tuproqni eroziyadan, cho`llanish, sho`rlanish, botqoqlanish va kimyoviy zaharlanishdan muhofaza qilish

Tuproqni eroziyadan va uning hosildorligi pasayishidan muhofaza qilishda zonalararo va zonalar bo`yicha ko`pgina tadbirlar o`tkaziladi. Zonalararo tadbirlar barcha mintaqalarga taalluqli bo`lib, ular quyidagi ishlardan iborat:

1. Almashlab ekishni tashkil qilish, gidrotexnik inshootlarni barpo etish, ixota daraxtzorlarini ko`paytirish. Bu ishlarni yo`lga qo`yish ayniqsa biz yashab turgan arid sharoitda juda muhimdir. Almashlab ekishda bedaning o`rni ayniqsa salmoqli bo`lib, uning miqdori 30-35% dan kam bo`lmasligi kerak. 1950 yillargacha O`zbekistonda ekinzor yerlar odatda mayda (0,15-0,5 ga) kartalarga bo`lingan bo`lib, ularning atrofi ixota daraxtzorlari bilan o`ralgan edi. Endilikda texnika vositasi bilan yerga ishlov berishni qulay qilish maqsadida kartalar kattalashtirilgan. Lekin bundan qat'iy nazar tuproqni eroziyadan saqlash va o`simliklarni garmseldan asrash uchun ixotazorlar orasidagi masofani 500 metrdan oshirmaslik kerak. Bunda ixota daraxtlari 2-4 qator qilib o`tkazilishi kerak. Ixota hosil qiluvchi daraxtlar sifatida qayrag`och, terak, tol, shumtol, oq akatsiya, gledichiya, zarang, yong`oq, o`rik, jiyda daraxtlaridan, shuningdek mayda bargli yovvoyi jiyda, sariq akatsiya, amorfa va na'matak kabi butalardan foydalanish kerak.

O`zbekiston respublikasi maydonining 64% (28,7 mln. ga) ni qumli cho`l egallashini hisobga olsak, ixota daraxtzorlarining shamol eroziyasidan va cho`ldan esadigan garmsel shamollaridan saqlashdagi ahamiyati yanada ravshan bo`ladi. Lekin shuni afsus bilan qayd etish kerakki, ixotazorlar respublikadagi sug`oriladigan yerlarning atigi 1% ni tashkil qiladi, xolos. Cho`lda yerlarni o`zlashtirish avj olgan yillarda 200 gektar maydonni egallagan 27-qatorli yoz yovon ixotazorlari va Buxoro vohasining muhofaza kamari hisoblangan ko`p qatorli shofirkon «yashil qalqoni» va shunga o`xshash ko`pgina ixotazorlar yo`q qilib yuborildi. Bunga o`xshash noo`rin ishlar talaygina bo`lib, ular o`tmishning achchiq saboqlaridir.

Cho`l hududlarini va o`tloqlarni o`simliklar bilan boyitishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, qumlarni zichlashda foydalaniladigan ko`p yillik o`tchil o`simliklarni almashlab ekish.

Adirlar va qiyalik yerlar yonbag`irlarini ko`ndalangiga ag`darib haydash. Yer nishab tomonga qarab haydalganida suv uni oson yuvib ketadi. Bunday joylarda, ayniqsa o`simlik kam bo`lgan hollarda, suv eroziyasi kuchayadi, natijada tuproqning unumdor qavati yuvilib, ona jins yer yuzasiga chiqib qoladi. Eroziya natijasida minglab va millionlab tonna tuproq yuvilib ketadi. Masalan, Don daryosiga har yili 4,7 mln. tonnagacha unumli tuproq yuvilib tushishi aniqlangan.

O`rta Osiyoning tog` etaklaridagi lyoss jinslari keng tarqalgan adirlarda suv eroziyasiga uchrash oqibatida yuvilma uyiklar va jarlar hosil bo`lgan joylarni uchratish mumkin.

Tog` yonbag`irlarining nishab joylarida ko`pyillik o`tchil o`simliklarni ekib tuproqni suv yuvishidan saqlovchi bufer polosalar yaratish.

5.Tog` yonbag`irlarida, notekis va qumli joylarda daraxtlar va butalar ekib o`rmonlar barpo qilish.

6.Yaylovlar va tog` yonbag`irlarida chorva mollari boqilishini tartibga solish.


Eroziyadan tashqari tuproq unumdorligining pasayishida sho`rlanish va botqoqlanishning ham ta'siri katta. Keyingi ma'lumotlarga ko`ra O`zbekistonda sug`oriladigan maydonlarning qariyb yarmi –1748 ming gektari sho`rlangan bo`lib, shundan 0,85 mln. gektari kuchli va o`rtacha sho`rlangan. 1982 yildan keyingi un yillikda Toshkent, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sho`rlanish biroz kamaygani holda, bu jarayon Farg`ona vodiysi viloyatlarida, Qoraqalpog`iston respublikasi, Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida tezlashmoqda, gipsli cho`llarning o`zlashtirilib, sug`orilishidan botqoqlanish hodisasi kuzatilmoqda. Botqoqlanish ayniqsa Sirdaryo va Amudaryoning suvlari quyilib ko`llar hosil bo`layotgan hududlarda ko`proq sezilmoqda.Sho`rlanish va botqoqlanish hodisalarini kamaytirish uchun irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks holda amalga oshirish zarur. Tuproqning sho`rini yuvishda zaxkash va tik drenajlardan yetarlicha foydalanish tuproqning sho`rlanish va botqoqlanishini kamaytiruvchi asosiy omil hisoblanadi.Tuproqning unumdorligini saqlashda organik va mineral o`gitlar hamda kimyoviy zaharlardan to`g`ri foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chiritilmay tuproqka kiritilgan organik o`gitlar uni qisman bo`lsada ifloslaydi, undagi kasal tarqatuvchi mikroorganizmlar dehqonchilik mahsuloti vositasida hayvon yoki inson organizmiga tushishi mumkin. Tuproqning agrokimyoviy holatiga e'tibor bermasdan mineral o`gitlarni kiritish esa tuproqdagi ba'zi minerallar miqdorining haddan oshib ketishiga va aksincha boshqalarining yetishmasligiga olib kelishi mumkin.

Ko`pgina mamlakatlarda ekinlarning hosildorlik darajasi kimyoviy zaharlarning qo`llanilishiga bog`liq bo`lib qolmoqda. Ekinlarga pestitsid va gerbitsidlarning sepilishi ularning hosildorligini keskin oshiradi. Ammo bu moddalarning me'yoridan ortiq ishlatilishi ekinlar mahsulotini iste'mol qiluvchi hayvonlar va inson sog`ligi uchun zararlidir. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda dehqonchiligidan yetishtiriladigan mahsulotlarda «ekologik toza» degan maxsus belgining quyilishi bejiz emas. AKSH, Angliya va Frantsiyada ekologik toza mahsulotlar fermerlarning kimyoviy zaharlar ishlatilmaydigan alohida maydonlarida yetishtirilgan bo`lib, ular o`zining mazasi va narxi balandligi, ya'ni qadrlanishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bu va shunga o`xshash dalillar tuproq biokimyoviy tarkibining inson salomatligi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.


Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish