Populyatsiyaning tuzulishi.
Populyatsiya a’zolarning jins, yosh bo’yicha,
morfologik ko’rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy holatlari, genitek xususiyatlari va
hududlar bo’yicha taqsimlanishi populyatsiyaning tuzulishini aks ettiradi. Turning
umumiy biologik xususiyatlari, muhitning abiotik va biotik omillari hamda boshqa
ta’sirlar asosida populyatsiya tuzulishi kelib chiqadi va unga tur vakillarining
harakatchanligi, ma’lum joyga bog’langanligi va og’ir to’siqlani oshib o’ta bilishi
kabi belgilar kiradi. Masalan, shimoliy bug’ular doim fasllar bo’yicha keng
hududlarda minglab kilometrlar migratsiya qiladi. Shu migratsiya davrida jo’g’rofik
to’siq (daryo, ko’l, botqoq) lar, tog’ tizimlaridan o’tadi. Ularning populyatsiyalari
katta, soni ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |