Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti


Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi



Download 2,3 Mb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi2,3 Mb.
#207814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5224536070124736058

Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi

Qattiq jismlarning harorati oshirilganda ularning kengayishini tajribalar tasdiqlaydi. Bu hodiusani xarakterlash uchun chiziqli va hajmiy kengayish koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi. Jismning 00C haroratdagi uzunligini l0 deb belgilasak, uni t0C gacha qizdirganimizda uzunligining ortishi Δl jismning boshlang’ich uzunligiga (l0) hamda haroratga to’g’ri mutanosib bo’ladi, ya’ni

Δl=αl0t

bunda α-chiziqli kengayish koeffitsiyenti, jismning haroratini bir gradusga orttirganimizda, uzunligining nisbiy uzayishini xarakterlaydi

Jismning t haroratdagi uzunligi:

l=l0+Δl=l0(1+αt)

Jismning chiziqli o‟lchamlari o„zgarishi natijasida uning hajmi ham o‟zgaradi. Agar jismning 00C haroratdagi hajmini V0 deb belgilasak, t0C haroratdagi hajmini Vt desak, u vaqtda yuqoridagi mulohazalarga asosan

Vt=V0(1+βt)

bo‟ladi. Bu yerda β-hajmiy kengayish koeffitsiyenti, jismning haroratini bir gradusga orttirganimizda jism hajmining nisbiy o’zgarishini xarakterlaydi. Izotrop jismlar uchun, yuqoridagi formulalardan β≈3α ekanligini oson keltirib chiqarish mumkin.

Qattiq jismlarning issilqlikdan kengayishi jismlarni tashkil qilgan zarralarning o‟zaro ta‟sir kuchlarining xarakteriga bog‟liqdir.

Bizga ma‟lumki, kristallarda atomlar muvozanat holatlari atrofida tebranadi. Agar jismning harorati ko‟tarilsa, atomlarning tebranish amplitudasi ortadi, lekin bu fakt, jismlarni issiqlikdan kengayishini tasdiqlamaydi. Jismlarning kengayishi, jismni tashkil qilgan zarralarning energiyasi ortishi bilan sodir bo‟ladi. Buni tushuntirish uchun o‟zaro ta‟sir energiyasi, ular orasidagi masofa bog‟liqlik grafigidan foydalanamiz. Kristall panjaradagi atomning energetik sathini ma‟lum bir haroratda a gorizontal to‟g‟ri chiziq bilan tasvirlaylik va uning energiyasini U1 deb belgilaylik. Atom mana shu a gorizontal to‟g‟ri chiziq bo‟yicha tebranadi, eng chetki holatlari r1 va r2 bo‟lib atomning muvozanat holati bu to‟g‟ri chiziqning o‟rtasida bo‟ladi. Agar jismning harorati ko‟tarilsa, uning energiyasi ortib (U2) atom yuqori energetik sathga o‟tadi (quyidagi rasmda b to‟g‟ri chiziq bilan ko‟rsatilgan). b to‟g‟ri chiziq, a to‟g‟ri chiziqqa nisbatan katta, bu esa atomning tebranish amplitudasi ortganligini ko‟rsatadi. Bu b to‟g‟ri chiziqda atomning muvozanat nuqtasi ham ko‟chganligi rasmdan ko‟rinib turibdi (potensial egrilikni asimmetriyasi natijasida muvozanat nuqta ko‟chadi).

Mana shu fakt atomlar orasidagi masofa ortganligini tasdiqlaydi, bu esa qattiq jismni issiqlikdan kengayishiga olib keladi.

Shunday qilib, qattiq jismlarni issiqlikdan kengayishiga uni tashkil qilgan zarralar (atomlar) orasidagi masofaning ortishi sabab bo’lar ekan.

Xulosa

Temperatura ko`tarilganda atomlarning energiyasi ortadi, demak ularning orasidagi masofa ham ortadi. Jismlarning temperature ortishi natijasida chiziqli o`lchamlarining va hajmining ortishi issiqlikdan kengayish deb ataladi.

Jismning boshlang`ich uzunligi L0, teperaturasi T0 ga teng, S yuzasi juda kichik bo`lsin. Jismni T teperaturagacha isitdik. . Natijada uni uzunligi ga uzgaradi. Demak qizigan jismning uzunligi temperatura o`zgarishlariga chiziqli bogliq.



chiziqli kengayishning temoeratura koeffisienti

V0 hajmli va T0 temperaturali jismni T temperatura

gacha isitaylik. jismni hajmi ortadi. Demak



- jism hajmining nisbiy kengayishining temperatura o`zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi, ya`ni temperatura 1K ga o`zgarganda uning hajmi oldingi hajmining qancha qismiga o`zgarishini ko`rsatadi.

Agar V=L3 ekanligini hisobga olsak chiziqli va hajmiy kengayishlarning temperature koeffisientlari orasidagi bog`lanish quyidagicha bo`ladi;



Hisoblashlarning ko’rsatishicha atomlar orasidagi o’rtacha masofa temperaturaga proporsanal ravishda ortib borishi va mos ravishda chiziqli kengayish koyeffisenti temperaturaga bog’liq bo’lmaytdi. Ammo juda past temperaturalarda chiziqli kengayish koeffisiyenti Cv(T)ning o’zgarish qonuniga o’xshash kamayib boradi.

Jadvalda bazi qattiq jismlarning chiziqli kengayishining harorat koeffisiyentining o’rtacha qiymatlari keltirilgan

Jism

Harorat yoki,

harorat intervali, T,C



ά*10-6 grad-1

Beton

20

10-14

Chinni

20-700

3.4-4.1

Ebonit

20

70

Ftoroplast

20

100

Grafit

0-1000

3.5-8.0

Granit

20

6-9

Kvarts oyna

20-200

0.56

Marmar

20

3-15

Muz

-20-0

51

Olmos

1-100

1.2

Parafin

0-38

130

 


Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish