Bog'liq 7bcf57be3e167f55128d95090dea6a9c METALLAR MAGNETIZMI
Rigi Ledyuk effekti. Temperatura gradiyenti hosil qilingan yarimotkazgichni temperatura gradiyentiga perpedikulyar yonalgan magnit maydoniga kiritganimizda unda dastlabki issiqlik oqimi va B ning yonalishiga pependikulyar bolgan temperaturalar farqi hosil boladi (6rasm). Kondalang temperatura gradiyentini quyidagi korinishda yozish mumkin:
(9) bu yerda S berilgan modda xossalarini xarakterlovchi Rigi–Ledyuk doimiysi.
Rigi–Ledyuk effekti diffuziyalanuvchi zaryad tashuvchilar zaryad bilan birga issiqlik ham tashishlari bilan (issiqlik otkazuvchanlik) boglangan. Magnit maydonisiz issiqlik oqimi namunaning issiq uchidan uning sovuq uchiga qarab, yani –xT ga parallel yonalgan boladi. Magnit maydonida diffuziya va issiqlik oqimlari Lorens kuchi tasiri ostida qandaydir burchakka buriladi. Shuning uchun issiqlik oqimining Y oqi boylab yonalgan tashkil etuvchisi yuzaga keladi va u temperatura gradiyentining yT tashkil etuvchisining paydo bolishiga olib keladi. Berilgan diffuziya yonalishida Lorens kuchining yonalishi zaryad tashuvchilar ishorasiga bogliq bolganligi uchun issiqlik oqimining burilish burchagi va unga mos ravishda S doimiy ham musbat va manfiy ishorali zaryad tashuvchilar uchun turli ishoralarga ega boladi.
Boylama termomagnit effektlar. Ferromagnitlarmetal va yarimotkazgichlarda yuqorida qaralgan kondalang effektlar birgalikda boylama termomagnit effektlar ham kuzatiladi. Agar yarimotkazgich namunasida X oqi yonalishida dastlabki issiqlik oqimi mavjud bolsa va unga kondalang magnit maydonini ulaganimizda nafaqat kondalang balki yana boylama potensiallar farqi ham hosil boladi (Nernst–Ettingsgauzenning boylama effekti). Bu effektni termoeyukning kondalang magnit maydonidagi ozgarishi deb talqin qilish mumkin.
Agar magnit maydoni ulanganidan keyin X oqi boylab issiqlik oqimi doimiy tarzda ushlab turilsa, u holda Y oqi boylab yuzaga keladigan kondalang temperaturalar farqidan tashqari X oqi boylab boylama temperaturalar farqi ham hosil boladi (Rigi–Ledyukning boylama effekti). Uning paydo bolishiga issiqlik otkazuvchanlikning magnit maydonida ozgarishi sabab boladi.
Shuni qayd qilamizki kinetik koeffisiyentlar qiymatlari namuna bilan atrof muhit ortasidagi issiqlik almashinuvi ozgarganida ozgarishi mumkin ekan. Shuning uchun izotermik va adiabatik effektlar farqlanadi. Izotermik effektlar deganda Y va Z oqlari boylab kondalang temperaturalar gradiyentlari nolga teng bolganida yuzaga keladigan effektlar tushuniladi. Adiabatik effektlar deganda esa kondalang issiqlik oqimlari nolga teng bolgan sharoitlardagi effektlar tushuniladi. Rigi–Ledyuk effekti izotermik effekt bola olmaydi, chunki u kuzatilishi uchun temperaturalar gradiyenti hosil qilinishi kerak. Qarab chiqilgan effektlardan tashqari kochish hodisalariga diffuziya va issiqlik otkazuvchanlik jarayonlari ham kiradi.
Turli kinetik koeffisiyentlar: elektr otkazuvchanlik, Xoll doimiysi, termoeyuk va boshqalar qiymatlari harakatchan zaryad tashuvchilar xossalari: ularning zaryadi, massasi, kristalldagi energetik spektri hamda ularning kristall panjara bilan ozaro tasirining oziga xosliklari bilan sezilarli darajada bogliq boladi. Shuning uchun kinetik hodisalarni tadqiq qilish yarimotkazgichlardagi elektron jarayonlar haqida keng malumotlarni beradi.