Bog'liq 7bcf57be3e167f55128d95090dea6a9c METALLAR MAGNETIZMI
II. O’lchash qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi. Elektromagnit qutblari oralig’ida ikkita induktiv datchik va Xoll datchigi o’rnatilgan bo’lib induktiv datchiklar oralig’ida elektr qizdirgich pech o’rnatilib unda titandan yasalgan ampulaga joylashgan namuna o’rnatiladi. Ampula o’z navbatida sterjenga maxkamlangan bo’lib sterjen tebratgichga maxkamlanadi. Elektromagnitning magnit maydon kuchlanganligi qutblar orasida joylashtirilgan Xoll datchigi yordamida o’lchanadi. Bu qurilma yordamida tarkibida 3d- va 4f- elementlari bo’lgan nanozarrachalar quyidagi magnit xarakteriskalari olinadi – magnitlanish egri chizig’i, gisterezis halqasi, to’yinish magnitlanish Is, qoldiq magnitlanish Ir, koertsitiv kuch Hc. Tebranuvchi magnitometr qurilmasining sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan.
1-rasm. Magnitlanishni o’lchovchi tebranuvchi magnitometr qurilmasining sxemasi. 1-tebratgich, 2-sterjen, 3-elektr isitish pechi, 4-namuna solingan ampula, 5-termopara, -Xoll datchigi, 7-induktiv datchigi, -elektromagnit. Namunani qizdirganimizda uning magnit momenti o’zgaradi va namunaning tebranuvchi momenti hosil qilgan signal bilan namunaning tebranuvchi datchigida hosil qilingan signal o’ratsida balans buzilishi kuzatiladi. Bu razbalans kuchaytiriladi va to’g’rilanadi. Kompensatsion g’altakdagi kuchlanish tushishi to’g’rilanib ikki koordinatali o’ziyozar potensiometrning “Y” o’qiga beriladi.
Magnitlanishning temperaturaga bog’liqligi Ix(Т) ni olish uchun namuna bifilyar o’ramli elektropech ichiga joylashtiriladi va magnit maydonini oshirib Is ni to’yinishgacha etkazdiriladi va temperatura oshiriladi. Temperaturaning o’zgarishi pech ichiga joylashtirilgan “xromel-alyumel” termoparasining termo EYuK iga qarab darajalash jadvalidan hisoblanadi.
Agar o’ziyozar ikki koordinatali potentsiometrning "Y" o’qiga o’lchovchi g’altakdan keluvchi EYuK berilsa "X" o’qiga pech ichiga joylashtirilgan termoparada hosil bo’layotgan EYuK ulansa u holda potensiometrda uzluksiz Ix(T) ni grafigini hosil qilish mumkin. Bu bog’lanish orqali temperatura intervalida Ix ning o’zgarishi namunalarning Kyuri temperaturasi va kristallanish temperaturasi kabi kattaliklarini aniqlanashga imkon beradi.
Namuna "f"- chastota va "h" – amplituda bo’yicha doimiy magnit maydonida tebranadi. Magnit maydoni manbai sifatida ФЛ-1 tipidagi elektromagnit ishlatiladi. Tebranish chastotasi va amplitudasi tebratgichga ulangan tovush generatori (ГЗ-56) orqali hosil qilinadi. Tashqi maydon o’zgarishi bilan tebranuvchi namunaning magnit momenti o’zgaradi. Bu o’z navbatida o’lchovchi g’altaklarda induktsion EYuK ni hosil qiladi. Shuning uchun o’lchovchi g’altakda namuna bo’lmagan holda tashqi maydon o’zgargani bilan EYuK hosil bo’lmasligi uchun u kompensatsiyalanadi. H=const bo’lganda namunaning magnit momentiga proportsional bo’lgan EYuK farqi vujudga keladi. Bu signal У-2-6 yoki У-2-8 tipidagi kuchaytirgich bilan kuchaytiriladi va o’ziyozar ikki koordinatali potentsiometrning “Y” o’qiga beriladi. Shu potentsiometrning “X” o’qiga Xoll datchigidan kelayotgan magnit maydon kuchlanganligiga proportsional bo’lgan Xoll EYuK signali beriladi. Shunday qilinganda ikki koordinatali o’ziyozar potentsiometrda keltirilgan masshtabda magnitlanishning tashqi magnit maydoniga bog’lanish grafigi hosil qilinadi.