«Obi hayvondek suzuk suv har taraf
aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor».
Suvni «obi hayvon» — tiriklik suviga o‘xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk
deb sifatlash adabiyotda yangilik edi. Tashxis (jonlantirish) san’atini mohirona
qo‘llagan shoir tog‘lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan
go‘zalga o‘xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o‘zgacha tarovat
bag‘ishlagan. Keyingi misralarda bahoriy yel rayhonlarga Masihdek «toza jon» ato
qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga vola-yu shaydo bo‘lganlari,
lola soqiysi qo‘lidan ishrat ahliga qadah tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor
ko‘tarinki zavq, hayojonli shavq bilan vasf qilinadi. Bu go‘zalliklarni madh etgan
shoir uni g‘animat bilib, qadrlashga chorlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |