Asosiy qism
Grammatik kategoriya bir xil grammatik hodisalar, ayniqsa, grammatik so‘zlarning har xil shaklidan qat’iy nazar majmui, yig‘indisidir. Grammatik kategoriyalardagi bir xillik grammatik shakllarga, grammatik vazifaga qarab belgilanadi. Ma’lum ma’nodagi so‘z bir necha grammatik shakllarni olishi mumkin, lekin so‘zning ma’nosi o‘zgarmaydi. Grammatik kategoriya bir tomondan so‘zlarning leksik-grammatik xususiyati, yasalashi, vazifalari kabi hodisalar asosida ajratilgan guruhlar (ot kategoriyasi, fe’l kategoriyasi kabi), ikkinchi tomondan birlik, ko‘plik, fe’llarda shaxs-son kabi grammatik vazifalarni affikslar, so‘z shakllari bilan bir xil xarakterdagi grammatik hodisalar majmuidir. Har bir so‘zning asosiy ma’nosi bor, yana umumiy ma’nosi bor, bu asosiy ma’noga yo‘ldosh, qo‘shimcha ma’no bo‘lib keladi. Masalan: paxtalar, asosiy ma’no − o‘simlik turi, qo‘shimcha ma’no – ko‘plik. Umumiy xarakterdagi bir qancha so‘zlarda uchraydigan qo‘shimcha ma’no grammatik ma’no deyiladi. Grammatik ma’no turli vositalar orqali ifodalanadi (qo‘shimcha, yordamchi so‘z). Grammatik kategoriya mantiqiy kategoriya bilan bog‘liqdir. Mantiqiy kategoriya borliqni taffakkurda aks ettiradi. Mantiqiy kategoriyadagi belgilar grammatik kategoriyalar orqali ifodalanishi mumkin. Masalan: -ning, -ga, kelishik qo‘shimchalari, predmet, hodisalar tasvirini ifodalaydigan so‘zlarsiz grammatik ma’no ifodalamaydi. Grammatik ma’no mantiqiy hukm bilan aynan bir xil emas. Har bir tilning o‘ziga xos grammatik kategoriyalari mavjud. Masalan: o‘zbek tilida: son, egalik, zamon, kelishik kategoriyalari, rus tilida: rod, zamon, son kategoriyalari. Grammatik kategoriyalar va grammatik shakl bir xil hodisa emas. Masalan, o‘zbek tilida zamon kategoriyasi bir necha shakllar bilan ifodalanadi: men oldim, men olganman, men olgan edim kabilarning hammasi o‘tgan zamon fe'lini bildiradi. Ularning hammasi birlashib zamon kategoriyasiga kiradi. Har bir tildagi grammatik kategoriyalar shu tilning xususiyatlarini aks ettiradi. Grammatik kategoriyalar har bir tilda har xil bo‘ladi. Masalan: rus tilida otlarning jonli-jonsiz bo‘lishi o‘zbek tilida yo‘q. Turkiy tillardagi egalik kategoriyasi slavyan tillarida mavjud emas. Har bir tildagi grammatik kategoriya tarkibiy qismlardan iborat. Masalan: son kategoriyasi – birlik va ko‘plik, shaxs – I, II, III shaxslar. Ba’zan bitta shakl bir necha grammatik kategoriyani ifodalashi mumkin. Masalan: читаю fe’lida ~ю qo‘shimchasida ham shaxs, ham son ifodalanadi: I shaxs, birlik. Tilimizda ham shunday: “Xo‘jakent qishlog‘idan keldim.” (Oybek “Qutlug‘ qon”) Hamma tillarda grammatik vositalar har xil bo‘ladi, har xil qo‘llanadi. Shu bilan bir-biridan farq qiladi. Son kategoriyasi miqdor munosabatiga asoslangandir. Bunda morfologik vositalar orqali predmet bir donaligi va ko‘pligi ifodalanadi. Son kategoriyasi ham matnlarda uchraydi. Faqat ishlatilishi bir xil emas. Ko‘pgina tillarda birlik ma’nosi ko‘plikka nisbatan qarama-qarshi qo‘yilib taqqoslanadi. Bir xil tillarda ayrim otlar faqat birlik sonda, ba’zi otlar faqat ko‘plik sonda beriladi. Turkiy tillarda deyarli hamma otlar birlik sonda, ba’zi otlar faqat ko‘plikda beriladi. Ba’zi mavhum tushunchalar muhabbat, ong faqat birlikda ishlatiladi. Shaxs kategoriyasi ish-harakatning biror shaxsga munosabatini bildiradi. Masalan: I shaxs ish-harakatining so‘zlovchi tomonidan bajarilishini, II shaxs ish-harakatining suhbatdosh tomonidan bajarilishini bildiradi. Ba’zi tillarda shaxs-son boshqa so'z turkumlari orqali ham ifodalanadi. Masalan: biz ishchimiz. Kelishik kategoriyasi. So‘zlarning gapda bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini kerakli shakllarda ifodalagan grammatik hodisaga kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi har bir tilga xos ma’lum grammatik vositalar orqali gapdagi so‘zlarning bajarayotgan vazifasini aniqlab beradi. Turli so‘z shakllarini o‘z ichiga olgan morfologik, sintaksis bilan bir bo‘lib tilning kommunikativ vazifasini bajaradi.5 Shunday ekan, grammatik kategoriyalarni bir-biridan ayro tushunolmaymiz. Ular bir-birini to‘ldirib boradi.
Grammatik kategoriya va grammatik shakl masalasi grammatika fanida ko‘p tilshunoslarni o‘ylovga qo‘ygan masalalardandir. Grammatik kategoriya mohiyati nimadan iborat? Bu savolga tilshunoslar turlicha javob beradilar. Buning mohiyatini bilish uchun dastlab kategoriya atamasining o‘zi nimaligi haqida fikr yuritaylik. Bu atama falsafadan tilshunoslikka kirib kelgan bo‘lib, falsafada bu tushuncha quyidagicha izohlanadi: “...obyektiv borliq va bilishdagi mohiyatan ko‘proq qonuniy aloqa va munosabatlarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha”. Falsafada ham, tilshunoslikda ham kategoriya bir xil narsani ataydi, ya’ni kategoriya uchun juftlik va yakkalik mavjud bo‘lishi shart va zarur. Falsafada juftlikni sabab-natija, mohiyat-hodisa, butun-qism; yakkalikni borliq, miqdor, makon tashkil etsa, tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida qat’iy zidlangan ikkilik (son kategoriyasi) yoki ko‘plik (kelishik kategoriyasi) tushuniladi. Grammatik kategoriya bo‘lishi uchun aloqa va aloqaga tushuvchi birliklar zarur. Muayyan ma’no umumiyligi asosida birlashgan va o‘zaro zidlanuvchi shakllar sistemasi grammatik kategoriya hisoblanadi. Grammatik kategoriya deganda, asosan, morfologik kategoriyalar (MK) anglashiladi. Grammatik kategoriya grammatik shakllarning oddiy arifmetik yig‘indisi emas, balki ma’lum turdagi formalarning barqaror munosabatlari tizmasidan iborat bo‘lgan yangi bir butunlikdir. Shuning uchun grammatik kategoriya o‘zi uchun xos bo‘lgan umumiy ma’noga ega, bu ma’no shu kategoriya shakllarida ma’lum ko‘rinishlarda, turlarda parchalanib, aniqlanib voqelanadi. Shuning uchun kategoriya umumiy grammatik ma’nosi bilan shu kategoriya birliklari shakllari xos grammatik ma’nolari o‘zaro tur-jins munosabatlarida turadi. Masalan, o‘zbek tilida ravishdoshlarning umumiy grammatik ma’nosi “fe’lni fe’l bilan aloqaga kiritish” sifatida tavsiflanadi.6
Umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tillarda turli grammatik ma’nolar uchraydi. Lekin bu grammatik ma’nolar va ularning ifoda uslublari uchun umumiy, bir xil emas. Har bir tilda o‘ziga xos grammatik ma’nolar va ularni ifodalash usullari mavjud. Ular ayrim-ayrim holda emas, balki ma’no turlarinining yaqinligiga ko‘ra guruh-guruh holda uchraydi. Bunday guruhlarda ular son jihatdan kamida ikki va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Ana shunday birikmalar tilshunoslikka oid adabiyotda grammatik kategoriya umumlashgan grammatik ma’no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik turiga kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida yoki gapda so‘zning bog‘lanishida topadi. Umumiy grammatik ma’noni tashkil etuvchi xususiy ma’nolar bir-biriga zid bo‘ladi, inkor qiladi va shu bilan birga bir-birini doimo taqozo qiladi. Grammatik kategoriyalar ifodalash usuliga ko‘ra 4 turga bo‘linadi:
a) bu kategoriya tillarda uchraydigan boshqa grammatik kategoriyalardan farq qiladi. Rod (jins) kategoriyasi tildagi so’zlarni uchta, ya’ni jenskiy rod, mujskoy rod, neytral yoki sredney rodga ajratiladi. Mazkur grammatik kategoriyaning boshqa grammatik kategoriyadan farqi shuki, u hozirgi zamon inson taffakkuri mantig‘iga hech to‘g‘ri kelmaydi, chunki grammatik rod tabiiy biologik jins ikkita, grammatik rod esa uchta (ko’pchilik tillarda): grammatikadagi sredney rodga tabiatda mos keladigan jins yo‘q. Undan tashqari, tabiatda jins tirik organizmlarga xos narsa, ammo rod kategoriyasi o‘z ichiga jonsiz predmet va hodisalarni ham oladi. Grammatik rod kategoriyasi ko‘pchilik hind, yevropa tillariga, jumladan: nemis, fransuz, ingliz tillariga xosdir.7
b) Grammatik son kategoriyasi narsa va predmetlarning sonini, birlik yoki ko‘pligini ko‘rsatadi. Bu grammatik kategoriya ko‘pchilik tillarda ikki xususiy ma’no: birlik va ko‘plikdan tashkil topgan. Ba’zi tillarda birlik va ko‘plikdan tashqari juftlikni anglatuvchi ikkilik soni ham uchraydi.
Son kategoriyasi faqat otga xos bo‘lmay, sifat, olmosh va fe’llarda ham ifodalanishi mumkin, lekin uning grammatik ifoda usublari so‘z turkumlari va tillarda bir xil emas: “U qarzdorlarni uch guruhga bo‘ldi” (Oybek “Qutlug‘ qon”). O‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz tillarida mazkur kategoriya bir-biriga zid bo‘lgan ikki xususiy sonning birligi va ko‘pligidan tashkil topadi. O‘zbek tilida bu kategoriya ot, olmosh va fe’llarda; rus tilida ot, sifat, olmosh, fe’l va tartib sonlarda; ingliz tilida asosan ot va olmoshlarda o‘z aksini topadi. Birlik soni predmet va hodisalarning yakkaligini anglatsa, ko‘plik ularning birdan ortiqligini, sonining noaniqligini ifodalaydi: “Moshrang duxoba do‘ppili, to‘qqiz-o‘n yashar, chiroylikkina bola bolalarning kattasi edi” (Oybek “Qutlug‘ qon”).
v) Kelishik kategoriyasi. Otning boshqa so‘z turkumiga munosabati kelishik kategoriyasi orqali ifodalanadi. Bu kategoriya borliqdagi narsa, sifat va hodisalar o‘rtasidagi aloqa munosabatlarini belgilaydi. Kelishik kategoriyasini ifodalovchi grammatik vositalar ot va otlashgan so‘zlarning sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Shuning uchun ko’pchilik tilshunoslar bu kategoriyani morfologik-sintaktik kategoriya deb yuritishadi. Kelishik ma’nolari grammatik affiksal morfemalar orqali ifodalanadi, masalan, -a, -u, -om, -e (rus tilida mujskoy rod, birlikdagi kelishik qushimchalari), -ning, -ni, -ga, -da, -dan (o‘zbek tili kelishik qo‘shimchalari). Tillarda kelishiklar ishga tushishi uchun kamida ikki so‘z munosabatga kirishishi mumkin. Bir-biri bilan bog‘langan ikki mustaqil so‘z bor joyda sintaksis kuchga kiradi. Bu kelishikni sintaktik kategoriya deyishga yana bir dalildir: “yerni sotish”, “odamlarning yerlari” (Oybek “Qutlug‘ qon”). Kelishik kategoriyasi bir necha xususiy ma’nodan va bu ma’nolarni ifodalovchi vositalardan tashkil topadi. Kelishikning soni boshqa tillarda bir xil emas. Hozirgi zamon ingliz tilida o‘n beshta, venger tilida esa yigirmadan ortiq kelishiklar bor. Kelishik yo‘q tillarda gapdagi so‘zlar o‘rtasidagi munosabat boshqa grammatik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Kelishiklar soni tillarda turlicha bo‘lishi, kelishik kategoriyasiga kiruvchi xususiy ma’no va shakllarining mazmuni va vazifasi har xil ekanligidan dalolat beradi.
g) grammatik zamon kategoriyasi tillarda eng ko‘p tarqalgan fe’l kategoriyalardan biridir. Fe’lning zamon kategoriyasi ish-harakatning nutqning sodir bo‘lish paytiga nisbatan amalga oshishini ko‘rsatadi. Nazariy jihatdan bu kategoriya: gapirayotgan paytdan keyin, gapirayotgan paytda, oldin sodir bo‘ladigan ish-harakatini ifodalaydi: “Yo‘lchi gapini bitirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi.” (Oybek “Qutlug‘ qon”). Ko‘pchilik tillarda zamon grammatik kategoriyasi ana shu xususiy ma’nodan tashkil topgan.
II. Inson ko‘rgan, eshitgan va xis qilgan narsalarni turlarga, guruhlarga ajratadi. Tur va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash inson tabiatiga mos narsa. Masalan, olmani katta-kichikligi, rangi, hidi va hokazolariga qarab turlarga, navlarga bo‘lamiz. Sayyoralarni Quyoshga yoki Yerga nisbatan joylashishi, katta- kichikligi, harorati, atmosferasi va tarkibiga qarab guruhlarga ajratamiz.
Lekin guruhlarga, turlarga ajratishning asosiy shartlaridan biri ko’rilayotgan narsa yoki hodisaning kamida ikkita bo‘lishi lozimligidir. Ma’lumki, tilda rang- barang, son-sanoqsiz so‘zlar bor. Tilshunoslik tarixida olimlar so‘zlarni so‘z turkumlariga ajratishni diqqat markazida ushlaganlar. Tilshunoslik fanining rivojlanib, mukammallashib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan.8 Grammatik ma’nolarni Irisqulov o‘z tadqiqotlarida 4 ga bo‘lib o‘rganishi grammatik ma’nolarni to‘liqroq qamrab olishga xizmat qilgan.
Yuqoridagi olma va sayyoralar misolidan ko‘rinib turibdiki, narsa va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma’lum o‘lchov, shart, mezonlar bo‘lishi kerak. So‘zlarni turkumlarga ajratuvchi mezonlar, belgilar to‘g‘risida ko‘p bosh qotirilgan. Bu muammoning yechilishi tarixi hozirgi kunda uch asosiy bosqich: strukturalizmgacha bo‘lgan davr, strukturalizm davri, strukturalizmdan keyingi, ya’ni hozirgi davrga ajratiladi. Tillardagi so‘z turkumlarining soni haqida olimlar o‘rtasida turli fikrlar mavjud. Masalan, hozirgi zamon rus tilida o‘nta, o‘n ikkita, hatto o‘n beshta so‘z turkumi bor, degan fikrlar o‘rtaga tashlangan. Agar ruchka so‘zini biz ikkilanmasdan ot desak,
ma’no nuqtai nazardan u narsani birlik va ko‘plik ko‘rsatkichiga ega, kelishiklar bilan turlanadi, jins ko‘rsatkichi bor;
ma’lum sintaktik vazifalarni bajaradi;
sifat, fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan aloqaga kirishadi.
Bu nuqtai nazardan vozmojno, veroyatno so‘zlarini hozirda amalda bo‘lgan turkumdan birortasiga kiritib bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zi olimlar ushbu so‘zlarni alohida turkum deb atashni tavsiya qilmoqda.
Hozirgi zamon ingliz tilidagi so‘z turkumlarining soni turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrim olimlar hozirda amalda bo‘lgan 10 ta so‘z turkumiga (ot, sifat, son, fe’l, ravish, predlog, bog‘lovchi, artikl va yuklamalar), yana to‘rtta qo‘shib (modal so‘zlar, taqlid kategoriyasi, undovlar, javob so‘zlar) so‘z turkumlari sonini 14 ga yetkazadilar. Bu olimlarning so‘z turkumlarini farqlashda qanday va nechta mezonlardan foydlanishlariga bog‘liqdir. Hozirgi zamon o‘zbek tilida so‘z turkumlari 12 taga ajratiladi; ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish – mustaqil so‘z turkumlari bo‘lsa, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar yordamchi so’z turkumlari, undov,taqlid va modal so’zlar oraliqdagi so’zlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |