Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 40,78 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi40,78 Kb.
#247754
1   2   3
Bog'liq
kusr ishi 03

Maktab maktap


Izsiz issiz

Uchta ushta

Uch so‘m usso‘m

Besh so‘m besso‘m


Xursand xursan

Samarqand Samarqan

Bo‘lsa bo‘sa

Kelsa kesa

Keltirilgan so‘zlarning talaffuzi adabiy talaffuz me’yoridan chekinish hisoblanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, orfoepik me’yorlar xalq jonli tili faktlari asosida ham yaratiladi. Orfoepiyaning qonun-qoidalari asosida milliy tilning yagona talaffuz mezoni yuzaga keladi, nutq madaniyati shakllanadi. Bu mezon adabiy til doirasida unli va undosh tovushlarning talaffuzi, so‘z va so‘z qismlarining talaffuzi, shuningdek, so‘z birikmalarining talaffuzini belgilash asosida amalga oshiriladi. Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning rivojlanishi, savodxonlik va madaniy saviyaning oshuvi natijasida kishilarda adabiy tildan to`g`ri foydalanishga va nutq madaniyatini oshirishga qiziqish kuchaymoqda. Kishilar chiroyli gapirishga va ifodali o`qishga harakat qilmoqdalar. Sher`xonlik va kitobxonlik uchrashuvlarida, konferensiyalarda va turli yig`inlarda adabiy tilning normalaridan to`g`ri foydalanib, o`z nutqlarining ta`sirchanligini oshirishga urinmoqdalar. Bularning hammasini orfoepiyani to`liq egallamasdan, adabiy til va uning talaffuz normalarini to`liq o`zlashtirmasdan amalga oshirish qiyin. Demak, orfoepiya haqiqatan ham nutq madaniyatining muhim qismini tashkil etadi.

Yangi o`zbek orfoepiyasining shakllana borishida rus tili va u orqali kirgan so`zlar talaffuzining ham o`ziga xos o`rni va roli bor. Biroq o`zbek orfoepiyasining ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqish va uning qoidalarini yaratish hanuzgacha til hayotida va orfoepiyada amalda yuz bergan o`zgarishlardan orqada qolib kelmoqda. O`zbek tilshunosligi keyingi davrda, xususan, so`nggi yigirma yildan ortiqroq vaqt ichida juda katta taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi. Tilshnoslikdagi bunday rivojlanish orfoepiyaning ayrim sohasida ham yuz berdi. Natijada orfoepiyaga oid ko`pgina masalalar ham yoritilib, uning ayrim sohalariga aniqlik kiritildi. Biroq bu sohada qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlar hali ilmiy jihatdan yetarli darajada umumlashtirib berilmagan.

O`zbek xalq shevalarining ko`pchiligi adabiy tilimiz normalaridan keskin farq qiladi.Ularning talaffuzlari ham adabiy talaffuz normalariga ko`pincha mos kelmaydi. Lekin bu shevalar yagona bir umumxalq tilining quyi formalari sifatida juda ko`p umumiyliklarga ega bo`lganidek, o`zbek tilining og`zaki talaffuzida ham ko`pgina umumiyliklar bor. Ular jamlab tartibga solinsa, o`zbek adabiy tilining orfoepiya normalarini belgilovchi qoidalarning to`liq to`plamini yaratish mumkin.

Tilni o’rganish kerak. So’zlarni yod olish mumkindir. Ammo ularning mag’zini chaqish, talaffuzichi? Artikulyatsion bazasi rus tili talaffuziga moslashgan kishini sof o’zbek tili talaffuziga o’rgatish oson ish emas. Buning oqibatida, ya’ni o’zbekcha so’zlarni rus talaffuziga moslab aytish tufayli tilimizda buzilishlar sodir bo’lib turibdi. «Umuman, tovush a’zolarimiz bir-biridan farq qiladi,-deydi prof. M.Sodiqova, - ya’ni o’zbek tiliga xos ba’zi til orqa yoki bo’g’iz tovushlari rus tilida yo’q, shu bois ular bizning tovushlarimizni ravon talaffuz qila olmaydilar».1 Ana shu sabab bilan bog’liq talaffuz me’yoridagi buzilishlar ma’lum vaqt tilimizda davom etishi mumkin. Ammo unga vaqtinchalik hodisa deb qarash kerak. Chunki o’zbek tilini o’rganishdagi hozirgi ommaviy jarayon bu kamchiliklarni albatta siqib chiqaradi. Tilga bo’lgan munosabat butunlay o’zgardi. Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo’li bilan kafolatlandi. Endi u borada hech tortinmasdan, ikkilanmasdan amaliy ishlarga o’tish payti keldi. Qishloqda ham, shaharda ham bir xil tarzda nutq madaniyati bilan shug’ullanishiga qonuniy asos, imkoniyat yaratildi. Bu ulkan vazifani birdaniga hal etib bo’lmasligi ham aniq. Ammo u bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ijobiy natijalar qo’lga kiritilishi lozimligi zamon talabidir. Ko’pchilikning fikriga tayanib aytamizki, ona tilimizga mehrni bolalar bog’chasidayoq uyg’otishimiz, adabiy til me’yorlarini o’rganishning bolalar bog’chasi  o’rta maktab oliy maktab tarzidagi uzluksizligini ta’minlashimiz zarur.

E.Begmatov «O’zbek nutqi madaniyati masalalari» nomli maqolasida og’zaki nutq madaniyatini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalarni o’rtaga qo’ygan edi: - Og’zaki nutqning mohiyatini o’rganish. Bu nutq tipining adabiy-normativ va nonormativ tomonlarini aniqlash.

- Og’zaki nutqning uslubiy, situativ ko’rinishlarini o’rganish.
- So’zlashuv nutqini normalash imkoniyatlarini tadqiq etish.

- O’zbek og’zaki nutqining talaffuz normalarini eksperimental usulda o’rganishni yo’lga qo’yish.

- Adabiy og’zaki nutqning radio nutqi, televideniye nutqi, lektor nutqi, sahna nutqi singari ko’rinishlarini tadqiq qilish va ularning normativ xususiyatlarini belgilash».2 Ma’lum bo’ladiki, og’zaki nutqning to’laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo’nalish bo’lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo’lmasin, barcha o’rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo’llash masalasi birinchi o’rinda turadi.

Og’zaki nutq me’yorlarining ommaviy suratda yoyilishi va singishida avvalo maktabgacha va maktab ta’limi katta ahamiyatga ega. Buning ustiga, ommaviy axborot vositalarining radio va televideniye singari turlarining roli salmoqli.

Og’zaki nutq madaniyati mavqeini ko’tarish uchun adabiy til og’zaki shakli qonuniyatlarini o’rganish, bu nutq shaklini ko’rinishlariga qarab me’yorlash va silliqlash, og’zaki nutq ko’rinishlarining namunaviy shakllarini yuzaga keltirish, uning lingvistik va tildan tashqarida bo’lgan o’lchovlarini belgilash muhimdir.

Shunga ko’ra, og’zaki nutqni adabiy til talablari asosida me’yorlashda orfoepik qoidalar, adabiy talaffuz lug’atlari, qo’llanmalar muhim rol o’ynaydi. Ana shu ma’noda talaffuz (orfoepik) lug’atlar adabiy tilning talaffuz me’yorlarini yoki so’zlarni adabiy til qoidalariga muvofiq talaffuz qilishni belgilab beruvchi vosita sanaladi. Talaffuz lug’atlari fonetika va nutq madaniyati bilan bevosita aloqada bo’lib, ma’lum ma’noda biri ikkinchisini to’ldiradi. Hozirgi kunda, ayniqsa yoshlarimiz o’rtasida, she’rxonlik kechalarida, to’y-tomoshalarda, turli uchrashuvlar va telekonkurslarda, kitobxonlar anjumanlarida tilimizning adabiy me’yorlaridan foydalanishga intilish kuchayib borayotgani seziladi. Kishilarning so’zlarni to’g’ri talaffuz etishi, adabiy til me’yorlariga amal qilishi, nutq madaniyati talablariga e’tibor berib, chiroyli so’zlash, o’z fikrini boshqalarga aniq, ravon, ifodali qilib yetkazishda talaffuz lug’atining ahamiyati katta. O’zbek tilida ana shunday lug’at bor. U «O’zbek adabiy talaffuzi lug’ati» deb atalib, 1984- yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan. Unda 20 mingga yaqin so’z va so’z shakllarining adabiy talaffuz me’yori belgilab berilgan. Ushbu lug’at mualliflarining ta’kidlashicha, lug’atni tuzish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelingan. Jumladan, adabiy talaffuz doirasida variantdorlikning kuchliligi ma’lum bo’lgan. Bu xususiyat o’zbek adabiy nutqi me’yorlarining ham yetarli shakllanib yetmagan va qat’iylashmaganini ko’rsatadi. Darhaqiqat, adabiy nutq va kundalik so’zlashuv nutqi, adabiy nutq va dialektal nutq, neytral adabiy nutq va adabiy nutqning vazifaviy-uslubiy ko’rinishlari, to’liq uslub hamda noto’liq uslub va boshqalariga oid talaffuz variantlarini to’g’ri baholash anchagina murakkab vazifadir. Adabiy talaffuz doirasida so’z urg’usi, an’anaviy va yangicha talaffuz, keksa va yosh avlod talaffuzi bilan bog’liq bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.

Boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning talaffuzi ham o‘ziga xos bo‘ladi. O‘zlashgan ayrim so‘zlarning talaffuzidagi o‘ziga xoslikni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:

1.Arab tilidan o‘zlashgan Ra’no, ma’no, da’vo, e’lon, ba’zan, ma’muriyat, ma’mur kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unli cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Bu arab tiliga xos xususiyat hisoblanadi. Bunday cho‘ziqlikning yo‘qolishi ayrim holatlarda boshqa so‘zning talaffuzini yuzaga chiqaradi. Masalan: da’vo-davo, ta’na-tana kabi.

2. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning tarkibidagi lab-tish v undoshi jarangsiz f tarzida talaffuz qilinadi: aktiv-aktif, passiv- passif, ustav-ustaf, avtomat-aftomat, avtomobil- aftomobil kabi.

3.Urg‘u talaffuz me’yorini belgilab beruvchi asosiy hodisadir. Shuning uchun o‘zlashgan so‘zlarning urg‘ulanishiga alohida e’tibor berish kerak. Ba’zi holatlarda rus tilidan o‘zlashgan ayrim so‘zlardagi urg‘uning o‘zgarib qolishi talaffuz me’yoriga ham ta’sir etadi. 4. Turkiy tillarda, ma`lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi, ulfat-ulpat, faner-paner, ferma-perma kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me`yor holiga kelgan. 5. So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta`sir qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan, shkaf-ishkop, stakan-istakon, plan-pilon, traktor-tiraktir kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi, aql-aqil, fikr-fikir, ilm-ilim, hukm-hukum kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me`yor sanaladi. Bunday me`yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham yordam beradi. Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga ta`sir qilgan, oila, doir, rais so‘zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir,rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – morip, sodat, mutola kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me`yorlarini O‘zbek tiliga aynan singdirish tendentsiyasining ustun bo‘lganligi O‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me`yorga aylantirdi, biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me`yor darajasiga ko‘tardi.

«Respublikamizdagi ko’pgina maktablarda o’quvchilarning nutq madaniyati yuqori saviyada emas. Bu holat ko’proq o’quvchilarning og’zaki nutqda o’z shevalariga xos so’zlarni va ba’zi qo’shimchalarini noo’rin ishlatishlarida, jumlalarni to’la tuza bilmasliklarida, ba’zi affikslarni to’g’ri talaffuz eta olmasliklari va ayrim so’zlarni o’rinsiz takrorlayverishlari kabi holatlarda ko’rinadi», - deb yozgan edi prof. M.Asqarova.3 Afsuski, bu holat hamon davom etmoqda.

Prof. A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so’zlashishi, nafaqat ularning o’qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo’lishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini to’g’ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir».4

Xo’sh, buning uchun nima qilish kerak? «Bolalar nutqini o’stirish ishi maktabgacha tarbiya muassasalaridanoq boshlanishi kerak. Buning uchun maktabgacha tarbiya muassasalarida orfoepik qoidalardan yaxshi xabardor mutaxassislar kichik va qiziqarli mashg’ulotlar olib borishlari zarur deb hisoblaymiz. Maktab o’quvchilarining nutqini o’stirishda birinchi navbatda grammatik qoidalarni puxta singdirish va shu orqali o’zbek adabiy tili normalarini egallashlariga erishish kerak. Shunda ular dialektal xatolarni qilmaydigan bo’ladi, o’quvchilarga adabiy til normalarini singdirishda faqat bir qoidaning o’tilishinigina kutib turmasdan, birinchi sinfdalik davridan boshlab, adabiy til elementar normalariga rioya qilgan holda so’zlatishga odatlantirish lozim».

Shu o’rinda quyidagi mulohazalarni keltirish ham maqsadga muvofiq:

«... adabiy tilning orfoepik normalari haqida jiddiy o’ylash va uning qonun-qoidasini belgilash vaqti allaqachon kelgan. Bunda, birinchidan, dialektologik tekshirish natijasini hisobga olish va nimaiki keng tarqalgan va umumxalq tusiga kirib qolgan bo’lsa, o’sha orfoepik qoidaga asos qilib olinishi zarur; ikkinchidan, an’ana tusiga kirib qolgan talaffuz qoidalari ham chuqur va atroflicha o’rganilishi va qonun asosida mustahkamlanishi zarur. Bu fikr ayniqsa boshqa tillardan kirgan (arab, fors-tojik va rus tillaridan olingan) so’zlar talaffuziga nisbatan to’g’ridir. Uchinchidan, ma’lum qoida ichiga olinishi qiyin bo’lgan ayrim holatlarda ongli boshqarish prinsipiga suyangan holda ish ko’rish kerak bo’ladi. Bunda umummiliy manfaatlar ko’zda tutilmog’i, adabiy tilning funksional vazifalarining nihoyat darajada zo’r ahamiyati e’tiborga olinmog’i kerak. Ayrim shaxslarning sub`ektiv mulohazalari, shevachilik, «mahalliychilik» tendensiyalariga yo’l qo’yilmasligi kerak».5

O`zbek tiliga chet tillardan o`zlashgan so`zlar, o`zbekcha so`z tuzilishi qolipiga mos kelmay qoladi va unga moslashtirish uchun, uning turli o`rinlarida tovush orttiriladi, u uch ko`rinishda bo`ladi, deb qayd etilgan edi: proteza, epenteza, austeza.

Protezaning o`zlashgan so`z o`zbekcha so`zlarga xos bo`lmagan undosh bilan boshlansa, ular oldidan bir unli orttirilishi hodisasi faqat jonli tilga xos bo`lib, adabiy til orfoepik qoidasi hisoblanmaydi. Masalan: rus-o`ris, ro`mol- o`ramol. Yana qator undosh bilan boshlangan so`z oldidan unli orttirish ham orfoepik qoida emas. Masalan: stadion- istadion, stansiya- istansiya kabi so`zlardagi tovush o`zgarishlari.

Epenteza hodisasining chet tillardan o`zlashgan so`zlardagi qator unli o`rtasiga unli orttirishi adabiy til orfoepik qoidasi deb qaralishi o`rni bilan turlichadir. Masalan: shoir, doir, oila, foiz, reaksiya, reaktiv so`zlarining qator kelgan ikki unlisi oralig`ida bigina til o`rta sirg`aluvchi y undoshini orttirish jonli tilga xos.

Austeza faqat tank, bank, disk kabi so`zlarda sodir bo`lib, ular ketida a orttirib talaffuz etiladi. Bu adabiy til orfoepik qoidasi hisoblanadi. Ular garchi ayrimlari orfografik lug`atlarda a orttirilmay berilayotgan bo`lsa ham, qoida rasmiy holda shunday olingan.

Metateza o`zbek jonli tilining o`zida uncha keng tarqalmagan. Shunday bo`lgandan keyin o`zbek adabiy tili orfoepik qoidasida ham uning aks etishi haqida gap bo`lishi qiyin. So`zlardagi nutq tovushlarining cho`ziqlikka ko`ra o`zgarishi ham o`zbek adabiy tili orfoepik qoidasini belgilashda o`ziga xos ahamiyatga ega. So`zlardagi nutq tovushlarining cho`ziqlikka ko`ra o`zgarishi geminatsiya, degeminatsiya va sinerezis kabilardan iboratdir.

Geminatsiya haqidagi berilgan ma`lumotda aytilganidek, uning sodir bo`lishi fonologik ahamiyat kasb etadi. U belgi bildiruvchi so`zlarda sodir bo`lib, shu belgini kuchaytirib ifodalash uchun xizmat qiladi. Shunday bo`lgandan keyin uning adabiy til orfoepik qoidasi bo`lib qolishi – tabiiy. Masalan, rossa, judda, sarriq, mazza, qizziq, teppa kabi so`zlardagi unlilararo undosh cho`ziq talaffuz etilgan ekan, shu so`zlarda bildirilgan belgi kuchaytirilgan. Orfoepiyada ulardan kechish belgi kuchaytirish imkoniyatini yo`qqa chiqarish bo`lar edi. So`zlarga qo`shimcha qo`shish natijasida yuzaga kelgan yoddan, jonni, yoqqa kabi so`zlardagi undoshlar cho`ziqligi ham orfoepik qoidadan o`rin oladi. O`zbek tili uchun degeminatsiya uncha tarqalgan hodisa emas. Shuning uchun ham uning adabiy til qoidasida aks etishi mantiqdan yiroq. Shunga qaramay, qay yer – qayer, birla – billa – bila kabi so`zlarda sodir bo`lgan degeminatsiya shu holatda orfoepik qoida hisoblangan. Sinerezis hodisasi o`zbek tilida faqat jonli tilda kuzatilib, adabiy til orfoepiyasidan o`rin olmagan. Orfoepik qoidalardan biri va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan so`z urg`usini o`rniga qo`yib talaffuz eta bilishdir. So`zdagi leksik urg`u tushgan bo`g`in boshqa bo`g`inlarga nisbatan cho`ziq talaffuz etilishi kerak. O`zbek adabiy tili orfoepik qoidasi bo`yicha chet tilidan qabul qilingan so`zlarning talaffuzi qanday bo`lsa, shundayligicha saqlanadi. Ularni o`ziday talaffuz etish kerak.

Xullas, hozirgi adabiy orfoepik normalar bilan ayrim mahalliy dialektlar orasida to`la moslik yo`q. O`zbek tilining adabiy talaffuz normalari yozma nutq bilan og`zaki nutqning o`zaro bir-biriga yaqinlashuvi natijasida vujudga kelgandir. O`zbek adabiy tilining orfografiyasi bilan orfoepiyasi o`rtasida ma`lum darajada o`xshashliklar bor, lekin ular bir- biridan farq qiladi. Shunga ko`ra, ayrim tovush yoki morfemalarning aytilishi bilan yozilishi o`zaro hamisha mos kelavermaydi. So`z oxirida jarangli b, d undoshlarining jarangsiz p, t tarzida talaffuz qilinishi va bu undoshlar imlosi, jarangsiz undosh bilan tugagan o`zak-negizlarga undosh bilan boshlangan affikslar qo`shilganda, shu kabi affikslarning talaffuzda bir xil, yozuvda esa ikkinchi xil ishlatilishi kabilar bunga misol bo`la oladi. Hozirgi o`zbek adabiy talaffuzi, bir tomondan, mahalliy dialektlar talaffuzidan, ikkinchi tomondan, umumiy orfografik normadan tafovut qilishiga qaramay, ma`lum qoida va qonuniyatga egadir. Bu qonuniyatning yuzaga kelishi adabiy tilning va qisman yagona orfografik normaning rivojiga bog`liqdir. Nutqning xarakteriga ko`ra adabiy talaffuz har xil bo`ladi. Nutqning ochiq, aniq, ravon, yengil, tushunarli bo`lishi va ifoda maqsadlariga qarab so`zlar turlicha talaffuz qilinadi. Shu jihatdan orfoepik uslublarni ikki asosiy guruhga bo`lish mumkin: 1) to`liq uslub. 2) qisqartma uslub. Lektorlar, aktyorlar, diktorlar nutqi to`liq uslubga kiradi. Bu xil nutqlarda har bir so`z, uning morfologik elementlari adabiy til qoidasiga mos ravishda to`la, aniq, dona – dona talaffuz qiinishi shart.

Gapiruvchi o`z nutqiga beparvo qarashi orqasida ayrim fonemalar turlicha o`zgarishga duch keladi, so`zning ba`zi elementlari qisqaradi, ammo umumiy adabiy talaffuz normalariga qarab bunday so`zlarning to`liq formasini tiklash mumkin. Masalan, Hayitvoy Teshani o`z uyiga obordi gapida Hayitboy so`zi Hayitvoy shaklida, olib bordi birikmasi esa obordi shaklida talaffuz qilingan. Qisqartma uslub ko`proq og`zaki nutqda uchraydi.

O`zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik elementlarning aytilishi, ayrim so`z birikmalarining talaffuz qilinishi kabi muhim masalalarni o`z ichiga oladi, shunga ko`ra umumiy orfoepik normalar belgilanadi. Orfoepik normalar odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi. Unlilar talaffuzida so`zning birinchi bo`g`inida u unlisi kelganda, ikkinchi bo`g`inda ishlatiladigan u tovushining zamini hozirgi vaqtda ancha bo`shashgan, bunday sharoitda ikkinchi bo`g`inda i kelishi adabiy talaffuz uchun umumiy norma bo`lib qoldi. Shuningdek, a va e unlilari hamda yonma – yon kelgan unlilarning aytilishida ham umumiy talaffuzga tomon intilish kuchli. Undoshlar talaffuzida so`z oxiridagi jarangli b, v, d kabi tovushlarning yagona orfografik normaga mos ravishda talaffuz etilishi odat tusiga kirgan; p - f, x –h undoshlarini bir – biridan farqli ravishda talaffuz qilish rivojlanmoqda. Ammo hozirgi o`zbek orfoepiyasida shu xil yangi hodisalar bilan bir qatorda, eski adabiy talaffuz normalarining ba`zi bir namunalari ham uchraydi. Odatda, adabiy talaffuz me`yoridan chetga chiqish ko`proq jonli so`zlashuv va mahalliy sheva ta`sirida sodir bo`ladi: gapni o`rniga gappi yoki gapti, kelyapman o`rniga kelyappan talaffuz qilish kabi. Ammo bunday sheva shakllari adabiy talaffuz doirasiga kiritilmaydi. Talaffuzda sheva xususiyatlaridan qutulish va uning o`rniga erkin ravishda shunga mos adabiy talaffuz ko`nikmalarini hosil qilish uchun ko`p yillar ish olib borish zarur. Orfoepiyaning vazifasi ham adabiy talaffuzdan ana shunday chekinishlarni bartaraf etish va so`zlashuv nutqini soda va tushunarli aloqa vositasiga aylantirishdan iborat. Orfoepiya adabiy tilda unli va undosh tovushlarning aytilishi, so`z va bo`g`in, so`z va so`zning morfematik tarkibi ( o`zak morfema va affiks) ni hamda so`z birikmalari talaffuz me`yorini belgilaydi.




XULOSA

Xulosa shuki, orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bo’lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o’zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko’rinishlar ommaga turli qo’llanmalar, lug’atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o’tishimiz munosabati bilan bu ishlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o’z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda. Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki ma’ruzalarni rus tilida eshitgan ko’pchilik kishilar o’z nutqlarida ruscha so’z va iboralarni qo’llash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida o’zbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Omma uchun bu vaziyatning ta’siri salbiy bo’layotganini sezib turibmiz.

Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi. Dasturlarni olib boruvchi ayrim jurnalistlarning o’zlari shevachilikka berilib ketishlari noo’rin tuyuladi. Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko’pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.

Mavjud imkoniyatdan, me’yor qilib belgilab qo’yilgan til birliklaridan to’g’ri foydalanishga o’zimizda burch sezmas ekanmiz, ulardan chiroyli, jozibali va ta’sirli qilib foydalanishni umumxalq, umummilliy darajaga ko’tarish masalasi muammoligicha qolaveradi.



Zero, til ma’naviyatimiz va madaniyatimiz ko’zgusi ekan undan ehtirom va hurmat bilan foydalanish milliy burchimizga aylanmog’i lozim.


Download 40,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish