ESHITISH DARAJASI VA O‘TKIRLIGINI ANIQLASH.
Darsning maqsadi. Ta’limiy maqsadi: Eshitish organlari bilan tanishish, quloqning turli masofadan eshitish darajasini aniqlash.
Tarbiyaviy maqsadi. Eshitish organining ahamiyatini bilish va gigienasiga e’tibor berish.
ish. Eshitish darajasini aniqlash
Kerakli jihozlar: Qo‘l soati, lineyka.
Eshituv retseptorlari chakka suyagining piramida qismida joylashgan ichki quloq chig‘onog‘ida bo‘ladi. Tovush to‘lqinlari maxsus tuzilmalarining butun bir sistemasi tashqi eshituv yo‘li, quloq pardasi, eshituv suyaklari labirint suyuqligi va chig‘anoqning asosiy pardasi orqali eshituv retseptorlariga o‘tadi. Bu holda retseptorli yordamchi tuzilmalar Bilan uriladi, shunga ko‘ra tovush hodisalari mukammalroq va nozikroq seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |