53
XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida o‘simliklar anatomiyasi ancha rivojlangan.
Bu davrda o‘simlik to‘qimalarini kelib chiqishi va bajaradigan vazifalari (funksiyasi) e’tiborga
olinib ularni klassifikatsiyaga solingan.
Biroq to‘qimalarni bunday klassifikatsiyasi bir qancha qarama-qarshi fikrlarga olib keldi,
buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat.
1. O‘simliklarning ko‘pchilik to‘qimalari har xil vazifalarni bajarishga moslashgan, ya’ni
bir xil shakldagi to‘qima bir necha vazifani bajarishi mumkin (Masalan, assimilyatsiya
to‘qimalari, mexanik (mustahkamlik berib turuvchi) va oziq moddalarni g‘amlovchi to‘qimalar
vazifasini bajaradi). Bundan tashqari bir to‘qima har xil vazifalarni bajaruvchi elementlardan
tashkil topishi mumkin, bunday to‘qimalar murakkab to‘qimalar deb ataladi.
2. To‘qimalarni yoshi o‘zgarishi bilan ularni bajaradigan vazifasi ham o‘zgaradi. Masalan,
hujayra po‘sti yog‘ochlanishidan avval, yoshlik davrida suvni o‘tkazish, keyinchalik
yog‘ochlanish natijasida faqat tayanch berish vazifasini bajaradi.
3. Shakl va vazifasi bilan to‘qimadagi boshqa hujayralardan farq qiluvchi maxsus
hujayralar alohida-alohida joylashadi. Bunday hujayralarga i d i o b l a s t l a r (yunon. idios-
o‘ziga xos, blatos-nish) deb ataladi. Masalan, tosh hujayralar, tuz (kalsiy oksalat) oshlovchi
moddalar saqlovchi hujayralar.
To‘qimalar deyarli hamma yuksak o‘simliklarda uchraydi. Ular faqat tuban o‘simliklarda
va yo‘sinlarda bo‘lmaydi. Morfologik va bioximiyaviy tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshash
bo‘lgan, muayyan bir vazifani bajaradigan va kelib chiqishi bir xil bo‘lgan hujayralar to‘plamiga
to‘qimalar deb ataladi.
Parenxima hujayralardan iborat to‘qimlar parenximali prozenxima hujayralaridan iborat
to‘qima prozenximali deyiladi. To‘qima zich va g‘ovak bo‘ladi.
Hujayra oraliq moddasi yemiriladi, buning natijasida esa yopishib turgan hujayra
po‘stlarining bir-biridan ajralib, bo‘lak – bo‘lak bo‘lib ketish hollari uchraydi, bu xossa
matseratsiya deb ataladi.
Ko‘p o‘simliklar (tarvuz, qovun, nok, olma va boshqalar) meva etlarining pishish
jarayonida ba’zi bir na’mataklar, mushmulalar sovuqdan so‘ng, xazonrezgilikdan oldin barg
bandlarida, pishib etgandan so‘ng to‘kiladigan mevыa bandlarida, ko‘p o‘simliklarning so‘ligan
gullarining gul kosalari, gul barglarida matseratsiya sodir bo‘ladi. Bu hollarda matseratsiya
fermentlar ta’sirida sodir bo‘ladi.
Shakllangan to‘qima hujayralarida tirik moda bor-yo‘qligiga qarab hujayralar embryonal
yoki meristematik va doimiy, ya’ni etilgan differensiatsiyalashgan to‘qimalarga bo‘linadi.
Tuzilishi va funksiyasiga oid belgilariga qarab, bir-biridan narida turadigan hujayralar
(idioblastlar) va shuningdek, funksiyasi shu sistemadagi to‘qimalar funksiyasiga o‘xshaydigan
hujayra oralari ham to‘qimalar sistemasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: