Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

6.
LABORATORIYA (AMALIY YOKI 
SEMINAR) MASHG’ULOTLARI 
MATERIALLARI
 
1-Mashg’ulot. 
MIKROSKOPNING TUZILISHI VA MIKROSKOPDA ISHLASH. 
 
O’qitish jihozlari: darsliklar, qo’llanmalar, mikroskop, lupa. 
 
Topshiriqlar: 
1. Mikroskopda ishlashni o’rganish. 
 
1-ish. Mikroskopda ishlash. 
Ishning  borishi:  O’simlik  hujayrasining  tuzilishini,  organoidlarini  aniqlash  va  o’rganish. 
Mikroskopning  mexanik  va  optik  qismlari  mavjuddir  (1-rasm).  Mexanik  qismiga  buyum 
stolchasi  va  tubus  mahkamlangan  shtativ  (tutqich)  kiradi.  Buyum  stolchasiga  pereparat 
o’rnatiladi.  Preparatni  qisqichlar  yordamida  qisish,  o’ng  va  chap  tomonidagi  ikki  vintlar 
yordamida gorizontal tekislikda harakatga keltirish mumkin. Buyum stolchasi tagida kondensor 
mahkamlangan.  Shtativni  yuqori  qismi  tubus  tutqichni  makrometr  va  mikrometr  vintlar 


 
170 
yordamida  harakatlantirish  mumkin.  Bu  vintlar  soat  mili  yo’nalishida  burilsa  ko’tariladi. 
Mikrometr vintni bir aylanish tubisni 0,1 mm ga suradi. Mexanik qismiga yana obyektlar buralib 
joylashtiriladigan  revolver  yoritgich  apparat,  obyektiv  va  okulyar  kiradi.  Yoritgich  apparat  esa 
kondensor  va  ko’zgudan  tuzilgan  bo’ladi.  Ko’zguni  bir  tomoni  yassi  va  ikkinchi  tomoni  botiq 
ko’rinishga ega. 
Kondensor  linzalar  tizimidan  tashkil  topgan  bo’lib,  yorug’lik  manbaidan  keluvchi  va 
ko’zguda  qaytarilgan  parallel  nurlarni  to’plab  berish  vazifasini  bajaradi.  Yorug’likning  o’tish 
jadalligi  iris  diafragma  orqali  boshqarish  mumkin.  Diafragma  ostida  nurfiltlar  uchun  gardish 
joylashgan.  Kondensorni  tik  yo’nalishda  maxsus  vint  yordamida  harakatga  keltirish  mumkin. 
Kondensor bilan ishlaganda ko’zguning faqat tekis tomonligidan foydalaniladi. 
Obyektiv  metall  gardishda  joylashtirilgan  linzalar  tizimidan  tuzilgan  bo’lib,  ularning  eng 
asosiysi  tashqi  (frontal)  linzadir.  Obyektivni  kattalashtirishi  uni  fokus  masofasi  va  egriligiga 
bog’liqdir.  MБР-1  mikroskopida  8x40x  (quruq)  va  90x  (immersiya  yoki  moy)  marta 
kattalashtiruvchi  obyektivlar  bor.  Quruq  obyektivlarning  frontal  linzasi  bilan  obyekt  orasida 
havo  bo’ladi,  moy  (immersiya)  obyektivlarda  esa  maxsus  moy  bo’lib,  uning  nur  sindirishi 
buyum  oynanikiga teng  bo’ladi  (n=1,5). Natijada,  yorug’lik nurlari obyekdan va moydan o’tib 
tarqalib ketmaydi. Mikroorganizimlarni kuzatganda ko’pincha immersiya obyektivi ishlatiladi. 
Okulyarlar  ikki  linzadan  tashkil  topadi:  yuqori  –  ko’z  va  quyi  to’plagich.  Ular  orasida 
umumiy  gardishda  diafragma  joylashadi.  Kattalashtirish  imkoniga  ko’ra  okulyarlar  har  xil 
bo’ladi:  5x,7x,10x,12x,15x,va  20x  marta  kattalashtiruvchi  okulyarlardir.  Eng  muhimi 
mikroskopning kattalashtirishi va ko’rsatish imkoniyatidir. 
Mikroskopning umumiy kattalashtirishini topish uchun obyektiv kattalashtirishini okulyar 
kattalashtirishga  ko’paytirish  kerak.  Masalan:  immersiya  obektivi  ishlatilganda  (90x)  okulyar 
10x bo’lsa, umumiy kattalashtirish 900 martaga teng bo’ladi. 
Mikroskopning  ko’rsatish  imkoniyati  deb  ma’lum  mikroskopda  ikki  nuqta  orasida  eng 
kichik  ko’ra  oladigan  masofaga  aytiladi.  Bu  masofa  ko’ra  bilish  masofasi  (d)  deyiladi.  Uning 
kattaligi  nurning  to’lqin  uzunligiga  (ג),  obyektivning  appertura  soniga  (A
1
)  va  kondensorning 
appertura soniga (A
2
) bog’liq.  
                                                          
A

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish