Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

 
2. Meva va urug‘larning tarqalishi. 
Meva va urug‘lar pishib yetilgandandan so‘ng o‘simlikdan uzilib bir qismi yerga tushadi 
va  bir  qismi  yerga  tushmasdan  biron  yo‘l  bilan  tarqaladi.  O‘simliklarni  diasporalari  (yunon. 
diaspero-sochilmoq  )  tabiiy  ravishda  o‘simlik  tanasidan  ajralib,  ko‘payish  uchun  xizmat  qiladi. 
Diasporalar (spora, urug‘, meva va boshqalar) vositasi bilan tarqaladi. 
Diasporalarni tarqalishi asosan ikki xil usul bilan bo‘ladi: 1. Avtoxor (yunon. avtos-uzish, 
xoreo-tarqalaman)  meva  va  urug‘larning  o‘zlari  tomonidan  tarqalishi,  bunday  o‘simliklar 
avtoxor  o‘simliklar  deb  ataladi.  2.  Alloxor  (yunon.  allos-boshqa,  xoreo-tarqalaman)  –  turli 
vositalar orqali (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odam) tarqaladi. 
A v t o x o r l a r n i  meva va urug‘lari, odatda, yaqinga, ko‘pi bilan1-2 m nariga sochiladi. 
Avtoxorlar  ikkiga:  mexanoxorlarga  va  baroxorlarga  bo‘linadi.  Mexanoxorlarning  ko‘pchiligi 
ko‘sak va qo‘zoqning yorilishi vositasi bilan urug‘lari undan otilib sochiladi (masalan, binafsha, 
lola  va  boshqalar).  Ba’zi  o‘simliklarning  mevalari  pishgan  vaqtda  meva  ichida  kuchli  bosim 
hosil  bo‘ladi  va  meva  yorilgan  vaqtda  unda  urug‘lari  zarb  bilan  sochiladi,  ayni  vaqtda 
charsillagan ovoz chiqadi. Bunday o‘simliklarga gunafshalar, burchoqdoshlardan (sariq akatsiya, 
burchoq, mosh va boshqalar), geran, yovvoyi xina va boshqalar misol bo‘la oladi. 
O‘zbekistonda  keng  tarqalgan  yovvoyi  bodring  deb  ataladigan  o‘simlikning  pishgan 
mevasiga  salgina  tegilsa,  meva  badanidan  uziladi  va  urug‘lari  shilimshiq  modda  bilan  otilib 
chiqib, o‘tib ketayotgan odam yoki hayvonga yopishib oladi va shu tariqa tarqaladi. 
Chatnab  ochiluvchi  quruq  mevalar  (dukkak,  qo‘zoq  va  qo‘zoqcha)  yetilganda  meva 
sirtining tashqi va ichki to‘qimalari har xil darajada tarang bo‘ladi. Shuning natijasida meva yoni 
chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi. 
A l l o x o r o‘simliklarning meva va urug‘lari asosan to‘rt xil yo‘l bilan: anemaxor (yunon. 
anemos-shamol), zooxor (yunon. zoon-hayvon), gidroxor (yunon. gidro-suv) va antroxor (yunon. 
antropos-odam) tarqaladi. 
Anemoxor  o‘simliklar  tabiatda  juda  ko‘p  tarqalgan.  Ularni  meva  va  urug‘larini  shamol 
yordamida tarqalishiga ba’zi moslamalari «ko‘pakcha», «qanotcha», «parashut» yordam beradi. 
Bunday moslamalar (tol, terak, qarag‘ay, shumtol, zarang, saksovul, juzg‘un, aristid, selin) kabi 
o‘simliklarda  uchraydi.  Moslamalar  urug‘  va  mevalarni  havoda  shamol  bilan  tarqalishini 
osonlashtiradi.  Ba’zi  o‘simliklarni  (orxidiaguldoshlar,  shumg‘iyaguldoshlar)ning  urug‘lari  juda 
mayda va yengil, ular havoda shamol vositasida uzoq masofaga tarqaladi. 
O‘rta  Osiyo  cho‘llarida  o‘sadigan  ba’zi  o‘simliklarni  mevasi  pishgandan  keyin  yer  osti 
qismidan uziladi va cho‘lda ancha joygacha shamol bilan uchib boradi, ayni vaqtda bir qanchasi 
bir-biri bilan chirmashib, kattakon shar bo‘lib qoladi, silkinish vaqtida urug‘lar to‘kiladi. Bunday 
o‘simliklar dala bo‘ylab  y u m a l  o v ch i (perikatipole) deb ataladi  (yantoq,  sho‘ra, boltiriq, 
boyalich, parak, italiya, yaxiumi). Zooxor talaygina o‘simliklarning urug‘ va mevalari hayvonlar 
vositasi  bilan  tarqaladi.  Masalan,  qadaluvchi  yoki  yopishqoq,  olmoqli  (ilgakka  o‘xshash 
o‘simtali)  mevalar  hayvon  juniga  ilashib  uzoqlarga  ketadi.  Ular  (sariqchoy,  ittikan,  temirtikan, 
yovvoyi sabzi, qo‘ytikan va boshqalar) ning urug‘ va mevalari shu yo‘l bilan tarqaladi.  


 
144 
Ho‘l  mevalarning  urug‘larini  hayvonlar  asosan,  ko‘plab  tarqatadi  va  shuningdek  ko‘p 
urug‘lar loy bilan birga  hayvon va qushlarning oyoqlariga  yopishadi.  Ular shu  yo‘l bilan uzoq 
masofalarga tarqaladi. Urug‘ va mevalarni qushlar bilan tarqalishiga o r n i t o x o r i n (yunon. 
ornitos-qush; xoreo-tarqalish) deb ataladi. 
Donsiz etdor sersuv mevalarni qushlar  yeydi. Hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat bilan birga 
tashqariga  chiqariladi.  Bu  hodisaga  e  n  d  o  z  o  o  x  o  r  (yunon.  endo-ichki)  deyiladi.  Nihoyat 
ba’zi o‘simliklarni urug‘lari chumolilar bilan tarqaladi, bunga m i r m e x k o x o r i a (yunon. 
mirmeks-chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g‘ozpiyoz va boshqalar). 
G i d r o x o r o‘simliklar ko‘pincha daryo, ko‘l va dengiz qirg‘oqlarida o‘sadi va ularni 
meva urug‘lari suv vositasida tarqaladi. Masalan, daryo va dengizning cho‘milish  uchun qulay 
bo‘lgan qirg‘oqlarida sho‘radoshlar oilasining (Atreplex) kuklak deb ataladigan bir necha turlari 
(olabuta  yoki  sho’r  olabuta),  qatron  (Granbe  maritima)  va  boshqa  o‘simliklarni  mevalar  suv 
vositasida  tarqaladi.  Oq  nilufarning  urug‘lari  uning  chuqur  joyida  turuvchi  havo  pufagi 
yorilguncha suv yuzasida suzib yuradi. So‘ngra ular suv tagiga cho‘kadi va ko‘karadi. 
Tropik  mintaqasining  dengiz  qirg‘oqlarida  o‘suvchi  kokos  palmasining  mevalari 
okeanlarda uzoq suzib yuradi va to‘lqin ularni yangi joylarda quruqlikka chiqaradi. Shu yo‘sinda 
bu  o‘simlik  janubiy  Amerika  qit’asida  butun  tropik  mintaqalarga  tarqalgan.  Nihoyat,  bizda 
o‘sadigan  ko‘p  yovvoyi  va  begona  o‘tlarning  urug‘lari  qor  va  yomg‘ir  suvlarida  oqib  shu  yo‘l 
bilan tarqaladi.  
O‘simliklarni  urug‘  va  mevalari  inson  tomonidan  g‘ayri  ixtiyoriy  yoki  ixtiyoriy  ravishda 
tarqaladi,  bunday  tarqalishga  antropoxor  deb  ataladi.  Masalan,  g‘ayri  ixtiyoriy  ravishda  quyon 
quyrug‘i  (Erigiron  cansdensis),  yovvoyi  gultojixo‘rozning  turlari  (Amaranthus  retroflexus), 
elodeya  (Elodea  canadensis)  va  boshqa  bir  necha  o‘simlik  Evropaga,  Shimoiy  Amerikadan 
(Kanada)  olib  kelingan.  Hozir  bu  o‘simliklar  Osiyoda  ham  tarqalgan.  Qo‘ytikan  (Xanthium 
spinossum)  Janubiy  Amerika  qit’asidan  Janubiy  Ovropaga,  u  erdan  O‘rta  Osiyoga  keltirilgan. 
Katta  bargli  zubturum  (Plantago  major),  bug‘doy,  ayiq  (Agropyron  repens)  eshako‘t  (Stelaria 
media),  sho‘rak  (Salsola)  va  boshqa  o‘simliklar  Ovropadan  Shimoliy  Amerikaga  olib  kelingan 
va  tarqatilgan.  Shuningdek  Markaziy  Osiyodan  bangidevona  (Datura  stramonium)  O‘rta 
Osiyoga olib kelingan. 
Kaktus  deb  ataladigan  o‘simlikning  vatani  Shimoliy  Amerika  qit’asiing  Meksika  yarim 
oroli hisoblanadi. U yerda ular yovvoyi holda katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Hozir kaktusning 
bir  qancha  turlari  Avstraliya  va  Shimoliy  Afrikaning  sahrolarida  ixtiyoriy  ravishda  o‘stirilib 
iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoqda. 
Nihoyat  odamning  faoliyati  begona  o‘t  urug‘larining  tarqalishiga  sababchi  bo‘ladi. 
Masalan,  yaxshi  tozalanmagan  va  saralanmagan  urug‘lik  yerga  ekilganda  uni  ichidagi  begona 
o‘tlarni  urug‘lari  yerga  tushadi  va  juda  tez  ko‘payib  ketadi.  Shuning  uchun  urug‘liklarni 
yaxshilab tozalash kerak. Bu usul bilan begona o‘simlik urug‘larini tarqalishini to‘sish mumkin.  

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish