126
gul tugundan pastki gul deyiladi. Ostki tuguncha gul bo‘laklaridan pastda joylashadi. Bunday gul
tugun ustki gul deb ataladi.
Ko‘pgina ra’nodoshlar oilasiga mansub o‘simliklarda bitta yoki bir nechta tuguncha
ko‘zachaga o‘xshash botiq
g i p a n t i y (yunon. xipo-osti, pastki qism; antos-gul) deb
ataladigan gul bandining kengaygan gulqo‘rg‘onida joy oladi. Bunday tuguncha o‘ r t a t u g u n
yoki o‘ r t a t u g u n gul deb ataladi (masalan, na’matak, olcha, o‘rik, shaftoli va boshqalar).
Filogenetik jihatidan ustki gul tuguni pastki gul tugunidan qadimliroq - gul sodda (ko‘p
mevali) o‘simliklarda ustki gul tuguni, rivojlangan (astradoshlar) o‘simliklarda esa ko‘proq ostki
gul tuguni uchraydi.
Ba’zi morfologik ostki gul tuguni bir necha tugunchalarni tutashidan hosil bo‘ladi deb
tassavur etishgan. Lekin fransuz olimi Van Gime va uning shogirdlari tomonidan o‘tkazuvchi
bog‘lamlarni saqlanib qolishligi, uni
reseptakular (lot. reseptakulum-gul o‘rni) dan rivojlangan
deb tasdiqlaydi.
Demak ostki gul tuguni
fillolez (yunon. yufillon-barg) nazariyasiga binoan gulqo‘rg‘oni va
changchilarni tutashidan kelib chiqq an.
Megasporogenez va urg‘ochi gametofitni rivojlanishi. Urug‘kurtak va urug‘ hosil qiluvchi
murtak xillari. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘kurtagi yoki megosporangiysi,
nutsellus (yoki
yadro) va
integument (lot. integumentum-qoplama) ya’ni nutsellusni o‘rab turuvchi qobiqdan
iborat. U urug‘lanish sodir bo‘lgandan so‘ng urug‘ po‘stga aylanadi. Integumentlarni yuqori
tomoni ochiq qolsa-chang yo‘li (mikropile) hosil bo‘ladi. Urug‘kurtakni urug‘bandi (funikulos)
ga birikkan joyiga
rubchik – urug‘ kindigi deb ataladi. Mikropilni qarshi pastki tomoni yoki
urug‘kurtak tagi xalaza deb ataladi.
Urug‘ hosil qiluvchi murtak asosan besh xil bo‘ladi.
1.
Atrop yoki
to‘g‘ri urug‘kurtak. Bu xildagi urug‘murtak torondoshlar, qalampirdoshlar,
kuchaladoshlar oilalariga xos belgi bo‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomi bo‘lib qoladi.
2.
Anantrop yoki
teskari. Urug‘kurtakni notekis o‘sishi vaqtida uni uchi va uchidagi
teshikcha (urug‘ yo‘li) teskari (ostki) tomonga aylangan bo‘ladi. Bu xildagi urug‘murtak yopiq
urug‘li o‘simliklarda eng ko‘p uchraydi.
3.
Gemitrop yoki
yarim qayrilgan urug‘kurtak. Nutselus bilan integument o‘sish
davrida plasentaga nisbatan 90 qayrilgan bo‘lib (sigirquyruqdoshlar, primulalarda) uchraydi.
4.
Kampilotrop yoki
bir tomonlama qayrilgan urug‘kurtak. Bunday urug‘kurtakda
nutselus bilan integumentlarni bir tomoni bukilgan bo‘lib, chang yo‘li xalaza yoniga borib
qoladi. Bu xildagi urug‘kurtak kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda
uchraydi.
5.
Amfitrop yoki
egma urug‘kurtak. Bunda nutselus bukilib taqasimon shaklga kiradi
(burchoqdoshlarni ayrim vakillarida uchraydi).
Evolutsiya jarayonida yopiq urug‘li o‘simliklar nutselusining qalin devorlari yupqalashib
boradi. Tojbarglari birlashmagan o‘simliklarda urug‘kurtak k r a s s i n u ts e l a t (lot. kraus-
qalin) tojbargli birlashgan o‘simliklarda esa t e n u i u s e l a t (lot. tenuis-yupqa) urug‘kurtak
rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: