Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi


 O‘simliklar olamini muhofaza qilish



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

3. O‘simliklar olamini muhofaza qilish. 
Asrimizning  eng  muhim  muammolaridan  biri  tabiatni,  shu  jumladan  o‘simliklar  olamini 
muhofaza  qilishdan  iborat.  Chunki  kishilar  o‘simliklardan  haddan  tashqari  ko‘p  foydalanib, 
uning  tabiiy qiyofasini  o‘zgartirib,  asrlar  davomida  tashkil  topgan  biogeosenozga (yunon.  bios-
hayot,  seynoz-umumiy),  ya’ni  bir  xil  tabiiy  sharoitda  tarqalgan  va  bir-biriga  moslashgan  tirik 
organizmlar  uyushmasiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  40-50  yil  mobaynida  inson  ayrim  tabiat 
tarkibiy  qismlarining  chunonchi,  tuproqlar,  o‘simliklar,  atmosfera  havosi  va  suvlargina  emas, 
balki butun-butun nohiyalarning qiyofasini tupdan o‘zgartirib yubordi. Bu jarayon hamon davom 
etmoqda.  Yer  yuzida  tabiiy  landshaftlar  manzaralar  o‘rnini  inson  ta’sirida  o‘zgargan  yangi 
tipdagi  manzara  –  a  n  t  r  o  p  o  g  e  n  landshaflar  tobora  ko’proq  egallab  bormoqda.  Bunga 
o‘rmonlar,  qo‘riq  va  bu  yerlar  o‘zlashtirilishi  natijasida  vujdudga  kelgan  ekinlar,  shahar  va 
qishloqlar misol bo‘la oladi. 
Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining tez sur’atlar bilan rivojlantirib borishi va tabiiy 
maydonlarning  keng  miqyosida  o‘zlashtirilishi  ekologik  muvozanatni  o‘zlashtirishga  olib 
kelmoqda,  natijada  o‘simlik  va  hayvon  turlarining  kamayib  ketish  xavfi  tug‘ilmoqda.  O‘simlik 
turlarining ko‘plab yo‘qolib ketishi o‘simlik olamidagi genofondning kamayishiga sabab bo‘ladi. 
Hozirgi  vaqtda  insonning  bevosita  ta’siri  ostida  Yer  yuzining  turli  qismlarida 
o‘simliklarning ko‘p turlari noyob bo‘lib qolgan yoki yo‘qolib borayapti. Masalan, Italiyada 129 
tur, Polshada 134, Chexoslovakiyada 108, Gresiyada 72 tur, Isroilda 34 tur o‘simlik noyob bo‘lib 
qolgan yoki yo‘qolish arafasida turibdi. 
XX asrning etmishinchi yillarida Sobiq Sovet ittifoqidagi noyob, endem va relekt o‘simlik 
turlarini z ichiga oluvchi  «Qizil kitob»  chop etildi. Unda 2500 dan ortiq o‘simlik  «Qizil kitob» 
ga kiritilgan. 
O‘zbekiston territoriyasida 4 mingdan ortiq yovvoyi o‘simlik turlari mavjud. 
2006  yilda  chiqqan  «Qizil  kitob»  da  400  dan  ortiq  muhofazaga  muhtoj  bo‘lgan  o‘simlik 
turlaridan  yo‘q  olib  ketish  hafi  ostida  163  tur  o‘simlik  ko‘rsatilgan.  Bularga  manzarali 
o‘simliklardan  lolalarning  26  turi  (Butkov,  Buve,  Greyg,  Kaufman,  Korotkova  va  boshqalar), 
sallagullar,  Ulug‘bek  skabirozasi,  dorivor  o‘simlik-lagoxilus,  ko‘kaparang,  bozulbang),  oziq  -
ovqat o‘simligi-anzur piyoz va boshqalar misol bo‘la oladi. 
Noyob  va  yo‘qolib  borayotgan  (endem  va  relikt)  o‘simlik  turlarini  saqlab  qolish  va 
ko‘paytirish maqsadida MXM 100 dan ortiq qo‘riqxona mavjud bo‘lib, ularda noyob va yo‘qolib 
ketayotgan o‘simliklarning 30% da muhofaza qilinadi. O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Zomin 
milliy bog‘i tog‘o‘rmon qo‘riqhonasida O‘rta Osiyoda o‘sadigan Zarafshon yoki qora archa, savr 
archa, Turkiston archasi va yana bir qancha o‘simliklar muhofaza qilinmoqda. Samarqand shahar 


 
43 
atrofidagi  Zarafshon  qo‘riqxonasida  to‘qayzorlar  va  ulardagi  qimmatbaho  daraxtlar,  butalar 
qo‘riqlanmoqda. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish