72
Mavzu-3. Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari
.
Hujjatlarni
qaytaishlash zamonaviy texnologiyalari. Matn muharrilkarida
axborotlarni qayta ishlash.
Reja:
1.
Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari
2.
Matn muharrilkarida axborotlarni qayta ishlash.
3.1
Axborotlarni axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari.
O‘tgan asrning 60-yillarida axborot texnologiyalari sohasida ilk
qadamlar tashlanganida bu insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir etishi
mumkinligini hech kim tasavvur ham etmagandi. Axborot, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yoki mediatexnologiyalar
bugungi kunda hayotimizning har bir sohasidan mustahkam o‘rin
egallamoqda.
Kun sayin turmush tarzimizda, uyda, ish faoliyatimizda AKTdan
samaraliroq
foydalanmoqdamiz.
Ota-onalar
allaqachonlar
farzandlariga axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishga
ruxsat berib qo‘yganlar. Bola hayotining dastlabki kunlaridanoq
mazkur vositalar orqali AKT bilan tanishib, undan foydalanishga
odatlanmoqda, sababi bolani ovuntiruvchi turli moslamalar, uning
o‘yinchoqlarida ham zamonaviy AKTning roli mavjud. Bola ul-
g‘aygani sari esa AKTning ta’siri oshirilib, keng foydalaniladigan
o‘yinli ko‘ngilochar qurilmalardan foydalanmoqda. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bolalar ongiga kuchli ta’sir etuvchi
ijtimoiy munosabatlar o‘rniga virtual olam imkoniyatlarini taqdim
etib, mazkur ekranli texnikaga qaram bo‘lib borayotgan bolalarning
rivojiga haqiqiy xavf tug‘dirmoqda. Keyingi yillarda hatto
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallab ishlab
chiqarilgan va bozorga olib chiqilayotgan elektron qurilmalar,
jumladan: videokassetalar va DVD-disklar, turli qiziqarli o‘yinchoqlar
turi va soni ham ortib bormoqda. Hozircha ota-onalarning o‘zlari ham
qiziqib sotib olayotgan bo‘lsalarda, biroq ularning bolalar ongiga
qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilmaydilar, sababi
mazkur muammoga bag‘ishlangan keng miqyosli ilmiy-tadqiqotlar
deyarli mavjud emas.
Bugungi kunda AKT haqida so‘z borganda, ko‘pincha
kompyuter va kompyuterlashgan qurilmalarni tasavvur etadilar, aslida,
uning tarkibiga ko‘plab elementlar: video, DVD, kompyuter, planshet,
73
mobil telefonlari, o‘yinli pristavkalar va eng birinchi navbatda,
zamonaviy televizor kiradi. Ota-onalar kompyuterni televizorga
nisbatan eng avvalo — ta’lim vositasi deb biladilar. Shu sababli ham
bola biror yutuqqa erishishi uchun qiziqtiruvchi, rag‘batlantiruvchi
vosita sifatida mazkur qurilmalarni sovg‘a qilishni va’da qiladilar.
Ta’limda kompyuterning roli haqida gap ketganda, uni eng avvalo,
bolalarning intellektual rivojiga ta’sir etuvchi omil deb sanaydilar.
Biroq chet ellik ayrim pedagog-olimlar va tibbiyot mutaxassislarining
olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra maktabgacha va boshlang‘ich sinf
yoshidagi bolalarga ushbu elektron axborot vositalari o‘zining salbiy
ta’sirini ham ko‘rsatishi, bu yoshda bolalar tarbiyasiga, ayniqsa,
e’tiborli bo‘lish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Axir kichik yoshdagi
bolalar bugungi kunda atrofdagi voqelikka bo‘lgani kabi AKT va
Internet taqdim etayotgan imkoniyatlarga ham juda e’tiborli bo‘lib, tez
ilg‘ab olmoqdalar.
Bugungi kunda bolalar rivojiga kompyuter texnologiyalari
ta’sirining ko‘zga tashlanib turgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqaylik.
Oilalarda mediatexnologiyalardan qanchalik ko‘p foydalanilib
borilishi bilan bolalarga bilim beruvchi, savodxonlikni o‘rgatishga
yordam beruvchi dasturlar soni ham ko‘payib bormoqda. Bundan
tashqari, Internet tarmog‘iga ulangan televideniye va kompyuter
qurilmalari bolalar uchun atrof-muhitni va hayotiy vaziyatlar bilan ta-
nishib borishda katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Haqiqatdan ham
zamonaviy
ta’limiy
muhit
ko‘z
oldimizda
kompyuter
texnologiyalarisiz
shakllana
olmaydi.
Bolalar
bilimi
va dunyoqarashini kengaytirisda Internetga ulangan qurilmalar taqdim
etadigan turli ta’limiy resurslar muhim ahamiyatga molik. Kompyuter
o‘yinlarining mazmunida fan bo‘yicha ta’limiy materiallarning
berilishi o‘qishida muammosi bo‘lgan bolalar uchun juda foydali omil
bo‘ladi. Kompyuterni maktabgacha tarbiya muassasalari va umumiy
ta’lim maktablari ta’lim tizimiga joriy etayotgan tarbiyachi hamda
o‘qituvchilar kompyuterni samarali zamonaviy ta’limiy texnik vosita
deb hisoblaydilar, uning yordamida bolalar rivojiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi ta’lim va tarbiya jarayonini qiziqarli tarzda rang-barang
mazmun bilan boyitish mumkin.
Ma’lumki, kompyuter qurilmasining o‘ziyoq bolani o‘ziga
qiziqtirib jalb etadi, bolani tezroq bilishga undaydi. Kompyuterdan
foydalanib, o‘tilgan har bir dars o‘quvchilarda emotsional
ko‘tarinkilikka, muvaffaqiyatga erishishga, topshiriqlarni bajarish
74
uchun intilishga majbur etadi. Biroq bola bilan ta’limiy maqsadlarda
kompyuterdan foydalanishda ko‘plab omillarni hisobga olish zarur
ekanligini unutmaslik lozimligi ta’kidlanmoqda.
Boshlang‘ich sinf bolalarida vizual - majoziy fikrlash ustunlik
qiladi. Ushbu yoshdagi bolalarning faoliyatini tashkil qilishda asosiy
printsip - bu ko‘rish printsipi. Turli xil tasviriy materiallardan
foydalanish, statik va dinamik bo‘lib, DOE o‘qituvchilariga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv mashg‘ulotlari va bolalar bilan birgalikdagi
tadbirlar davomida o‘z maqsadlariga tezda erishishga imkon beradi.
Internet resurslaridan foydalanish o‘quv jarayonini axborotga boy,
qiziqarli va qulay qilish imkonini beradi.
AKT bo‘yicha mashg‘ulotlar turlari:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |