2
Kirish
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar va turlicha fikrdalar.
Yapon
olimlarining
hisoblashicha,
axborotlashgan
jamiyatda
kompyuterlash-tirish
jarayoni
odamlarga
ishonchli
axborot
manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda
axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini
ta’minlashga
imkon
beradi.
Jamiyatni
rivojlantirishda
xarakatlantiruvchi kuch moddiy maxsulot emas,
balki axborot ishlab
chiqarish bo‘lmog‘i lozim. Moddiy maxsulot esa axborot jihatdan
ancha serchiqim bo‘ladiki, bu uning qiymatida innovasiya, dizayn va
marketingning ulushi oshishini anglatadi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun
turmush tarzi ham o‘zgaradi. Bu jamiyatni
sanoat jamiyatda farqi
shunday bo‘ladi, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab
chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy
mehnat darajasi ko‘payadi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi,
bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini
kompyuter
texnikasi
va
kompyuter
tarmoqlari,
axborot
texnologiyalari, telekommnikasiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar
tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida talabalarni
har tomonlama bilimini
mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko‘z oldilariga kelishi
va vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida kompyuter va
axborot texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini
o‘quv
jarayonida
qo‘llash
nafaqat
talabalar
o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini, balki ta’lim samaradorligining
ham yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har
bir oliy o‘quv yurti yoki kasb-hunar kollejlarini
bitiruvchilari yuqori
malakali va zamon talablariga mos keladigan mutaxassis bo‘lib
yetishishlari lozim.Shunday ekan, har bir mutaxassis o‘z ixtisosligi
bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan birga hozirgi kunda barcha
sohalarni keng qamrab olayotgan kompyuter bilan bevosita muloqot
qila oladigan,zamonaviy axborot texnologiyalarini ish jarayoniga
tatbiq eta olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Buning uchun dastlab o‘qitish
jarayonida har bir fanni
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog‘lab o‘rgatish
zarur bo‘ladi. Ta`lim sohasini kompyuterlashtirish, unga ahborot
3
texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq
qilishda muayyan yutuqlarga erishilgan bo`lsada, bu sohada yechimini
kutayotgan masalalar ham talaygina.
Bu esa ta’lim tizimida, xususan o‘quv
jarayonlarini tashkil
etish va amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish,
ayniqsa o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini
oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos
yaratmoqda.Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda
o‘qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv
adabiyotlarini
yetkazish alohida ahamiyatga ega.
O‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, u “Axborot texnologiyalarining texnik
ta’minoti”,
«Axborot
texnologiyalarining
dasturiy
ta’minoti»,”Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim
tizimida Internet tarmog‘idan foydalanish», “Ta’lim
sohasida
pedagogik dasturiy vositalari“ va “Multimediali ta’lim va masofadan
o‘qitish texnologiyalari” mavzulari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z
ichiga olgan.
O‘quv qo‘llanma
“Axborot
texnologiyalarining texnik
ta’minoti”,
«Axborot
texnologiyalarining
dasturiy
ta’minoti»,”Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim
tizimida Internet tarmog‘idan foydalanish», “Ta’lim sohasida
pedagogic dasturiy vositalari“ va “Multimediali ta’lim va masofadan
o‘qitish texnologiyalari” mavzulari to‘g‘risida umumiy nazariy
ma’lumotlardan iborat bo‘lib, takrorlash uchun savollar, nazorat
uchun test savollari va foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxatini o‘z
ichiga olgan.
Bundan
tashqari
o‘quv
qo‘llanmadan
“Axborot
texnologiyalarining texnik ta’minoti”, «Axborot texnologiyalarining
dasturiy ta’minoti»,”Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari“,
«Ta’lim tizimida Internet tarmog‘idan foydalanish», “Ta’lim sohasida
pedagogik dasturiy vositalari“ va “Multimediali ta’lim va masofadan
o‘qitish texnologiyalari” mavzularini nazariy va amaliy o‘rganishga
qiziqqan barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji
o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham
foydalanishlari mumkin.