Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish
1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish.
Dastlabki nazorat
: Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari
bilan tekshirish.
Profilaktika:
"Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash,
yozish uchun disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va
amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda
arxivlangan holda saqlash.
Taftish (Reviziya):
Yangi dasturlarni maxsus dasturlar yordamida
tekshirish.
54
Karantin:
Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini
o‘tashi lozim. Ular mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan
bo‘lishi kerak.
Filtrlashtirish:
FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi
dasturlar orqali ehtimoldagi viruslarni tutish.
Terapiya: (davolash).
Dasturni dastlabki "sog‘lom" holatga
keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni "tishlab olib
tashlash" usuli bilan amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, virusdan himoyalanish-
ning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar
(disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan
davolaydi).
Dastur-fagalar
zararlangan
dasturlarni
tiklashni
ta'minlaydi. Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus
o‘zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga
olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo‘lingan.
Hozir turli fagalarni yig‘ish bilan odamlar band bo‘lishmoqda. Bu,
bizningcha, noto‘g‘ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga
qaratish lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng"
maqoli naqadar to‘g‘ri.
Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
xatolarga batafsil to‘xtab o‘tamiz.
Antivirus vositalarini qo‘llashdagi eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato
- zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus
aniqlangach, keyingi hatti-harakat quyidagicha bo‘ladi:
kompyuterni
o‘chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta
yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo‘lishi kerak). Mazkur
disketada antivirus dasturlari joylashgan bo‘lishi kerak. Antivirus
dasturini ishga tushiring.
Zararlangan operatsion sistemalarda amallarni bajarish va
dasturlarni ishga tushirish qo‘pol xato va misli ko‘rilmagan
yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Jumladan, bunda hali zararlanmagan
dasturlar
ham
talofat
ko‘rishi
mumkin.
Masalan,
Sizning
kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo‘lsin. Mazkur
55
virusga mo‘ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish
qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi.
Yana
ko‘p
uchraydigan
xatolardan
biri
antivirus
vositalarini haddan tashqari isho-nish. Garchand, bunday dasturlarni
juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalarda, ular har doim ham
ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi
emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz
ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida
"detektor-faga"ning o‘zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni
aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar bo‘lishi mumkin.
Ishlatilayotgan detektorlar ko‘pincha viruslarni payqamay,
zararlangan fayllarni o‘tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur
McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks detektori
bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o‘tkazib
yuboradi va yangi, bir nechta yolg‘on ishlanmalar beradi. Shuning
uchun bir nechta detektorlarni bir yo‘la qo‘llash "ovoz berish yo‘li
bilan" zararli dasturlarning ro‘yxatini tuzish mumkin.
Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo‘llash samarasiz
ekanligini ta'kid-lash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish
lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga
noo‘rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu
yerda detektor yolg‘on axborot bergan bo‘ladi. Faga ishlab turgan
dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo‘l
qo‘yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo‘lma-qo‘l
yurishi va ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun
disketalarni
doimo
himoyalash
kerak.
Faqat
ishonchli
disketalardangina foydalanish darkor va yana bir yo‘l qo‘yiladigan
xatoga maxsus to‘xtalamiz. Bu A disk yuritgichda disketa bo‘la turib,
kompyuterni qayta yuklashdir. Bunda BIOC aynan disk yuritgichdagi
disketadan dasturni yuklaydi, natijada disketadagi boot-virus
vinchesterga yuqadi.
Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga
bog‘liq. Bundan tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Bular faganing hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir
56
necha viruslarga mo‘ljallangan bo‘lib, qolganlari uchun samarasiz
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |