Reja:
1.
Xalqaro kompyuter tarmoqlari.
2.
Internet tarmog’i va qidiruv tizimlarida mutaxassilikka doir
ma’lumotlarni izlash, saqlash va foydalanish texnologoiyalari.
10.1. Xalqaro kompyuter tarmoqlari.
Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar
ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan
kompyuterlarni
ulashga
ruxsat
beriladi.
Aloqa
tarmoqchasi
ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat.
Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb
yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai
serverlar deb yuritiladi. Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish
uchun, axborotni dasturiy ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi
kompyuterlardir.
Bu
uzellar
aloqa
tarmog’ining
ishlash
samaradorligini ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli
xisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi.
237
Internet
tarmog’i
turli
tiplardagi
o’n
millionlab
kompyuterlarni
turli
modellar
va
fasonlardagi
shaxsiy
kompyugerlardan tortib to katta va o’ta katta EHM —
meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning
bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir.
Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning
muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol etiladi.
Internet tarmog’i lavhasining strukturasi:
Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi:
— Internet Protocol (IP) — tarmoqlararo bayonnoma, ISO
modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi;
— Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni
boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi
vazifasini bajaradi.
IP bayonnomasi axborotlarni elektron paketlarga (IP
deytagramma) bo’lib chiqishni tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni
marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi.
TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u
ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha
ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini
kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir
bayonnomasi
mavjuddir:
foydalanuvchi
deytagrammasining
bayonnomasi (UDP — User Datagram Protocol) oddiyroq va
ma’lumotlarni masuliyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi.
Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi
quyidagicha bo’ladi.
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir
formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga
ajratadi, olingan axborotlarning to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi
uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi.
Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi
pochta xizmatiga o’xshashdir:
• Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar
(xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining
adreslari bo’lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat
qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va elektron paketlarga
joylaydi hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan boshqasiga
uzatadi. Bu elektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash
standart joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli
238
konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va
tugallanishi
hamda
sarlavhasining
maxsus
belgilaridan
shakllantiriladi, konvertda esa jo’natuvchining va oluvchining
adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli konvert
axborotning butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l
ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat qiladi.
• Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida
bo’ladi. Har bir pochta bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi,
boshqa qaysi pochta bo’linmalari orqali xatni optimal usul bilan
oluvchiga jo’natish kerakligini aniqlaydi va keyingi tanlangan aloqa
bo’linmasiga xatni jo’natadi. Elektron paketlarni jo’natishning
shunday algoritmi Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta
bo’linmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi
marshrutlovchilar bajaradi.
Elektron paketlar standart o’lchamga ega: bitga uzun axborot
bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga
bir nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa,
joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog’liq
bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo’yicha
oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro aloqador
paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil
yo’llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning
umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin.
Bu telekommunikatsiya tizimining resurslarini juda samarali
ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab o`tishga
imkon beradi.
Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati
tekshiriladi (ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan),
bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha
paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo’lsagina, ular umumiy
axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi yo’qolgan yoki
buzilgan bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha buzilmagan
paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish
ketma-ketligi ahamiyatga ega emas.
IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas
bog’langanki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari.
239
Bu
bayonnomalar
asosida ko’pgina tarmoqli servis
bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni
ta’kidlash kerak:
•
Do'stlaringiz bilan baham: |