26
Asosiy xotira ( AX ) o‘z ichiga
tezkor (RAM — Random Access Memory)
va doimiy (ROM — Read Only Memory) eslab qolish qurilmalarini oladi.
Tez eslab qolish qurilmasi (TeEQQ SHK ishining joriy bosqichidagi
hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar)
saqlash uchun. mo‘ljallangan.
TeEQQ
—
energiyam bog’liq xotira: kuchlanish uzilganda unda
saqlanayotgan ma‘lumot yo‘qoladi. TeEQQ, asosini yarim o‘tkazgichli eslab
qolishelementlarining (triggerlarni) matricasini o‘z ichiga olgan katta integral
sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matricaning vertikal va
gorizontal shinalarining kesishishida joylashgan; ma‘lumotlarni yozish va o‘qish
tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo‘lgan elementlar bilan ulangan
matricaning shinalari bo‘yicha elektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari
ko‘rinishda bajariladi — katta bo‘lmagan plataga bitta yoki bir nechta
mikrosxemalar kavsharlangan.
Qo‘llaniladigan modullar tiplari:
— DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda kam
qo‘llanilmoqda;
— SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8,
16, 32 yoki 64 Mbayt sig‘imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat qilinadi
va nazorat kilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz‘yomlariga mos keluvchi 30
- («qisqa» — eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz‘yomlarga ega bo‘lishi
mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil etishda ham qo‘llaniladi.
— DIMM (Dual In Line Memory Module) — 168-kontaktli raz‘yomlarga ega
bo‘lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos raz‘yomlarga ega bo‘lgan faqat
yangi tipdagi tizimli platalarga o‘rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM EDO
va SD RAM xotiralarni tashkil etishda qo‘llaniladi.
http://niservis.narod.ru/album/album/km/2231____.JPG
486
MP
uchun
bosh
platalarda 30- va/yoki 72-kontaktli modullar ishlatiladi, Pentium-mashinalarda esa
odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli DIMM modullar
qo‘llaniladi. 30-kontaktli SIMM modulning uzunligi 10 sm dan oshiqroq, DIMM
modulning uzunligi esa 13 sm atrofida. Bosh platala xotira modullarini o‘rnatish
uchun bir nechta raz‘yomlar gURO‘hi (banklar) bo‘lishi mumkin, bitta bankka bir
xil sig‘imli bloklarni qo‘yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan yoki faqat 4
Mbaytdan, turli xil sig‘imli bloklarni faqat turli banklarda o‘rnatish mumkin.
Ko‘pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns; agar bosh plata
60 nanosekundli modullarga mo‘ljallangan bo‘lsa, unga 70 nanosekundli
modullarni o‘rnatish mumkin emas, teskarisiga esa mumkin.
Hozir tez saxifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan
bir qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko‘paytirilgan
tezkorlikli DRAM xotirasining ushbu yangi tiplari paydo bo‘ldi: RAM EDO
(Extented Data Output) va SD RAM (Synchronous DRAM).