2-Keys. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotni mashqlarni o‘rgatishdan boshladi.
Ta’lim oluvchilar mashqlarni texnik xatolar bilan bajarishdi, ya’ni o‘zlashtira
olishmadi.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar: • Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang
(individual va kichik guruhda).
• Amaliy mashg‘ulotda mashqlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibini ishlab
chiqing (individual).
3-Keys. Sport gimnastikaga oid mashqlarni (osilish, tayanish, muvozanat,
sakrash, burilishlar) o‘rgatishda yaxlit usuldan foydalanildi. O‘rganuvchilar
mashqlarni to‘g‘ri bajara olishmadi. Natijada o‘rganuvchilarni barchasi qoniqarsiz
baholandi.
Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar: • Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang
(individual).
348
• Sport gimnastikaga oid mashqlarini o‘rgatish ketma-ketligi va o‘rgatish
uslubini ishlab chiqing (individual va kichik guruhlarda).