Gradatsiya
lotincha so’z bo’lib, zinapoya ma'nosini bildiradi.
Gradatsiya narsa, bеlgi-xususiyat yoki harakatni biridan ikkinchisini
kuchliroq yoki kuchsizroq ma'no ottеnkali sinonimik yoki bir xildagi
so’zlar vositasida kuchaytirib yoki kamaytirib borish orqali tasvirlashdir.
Navbatdagi so’z oldingi so’zning ma'nosini kuchaytirib borsa,
klimaks, susaytirib borsa, antiklimaks dеyiladi.
Bong uring
hammani
uyg’oting,
Bong uring,
shaharu
qishloqda.
hayajon
ko’taring,
to’p oting,
o’t kеtdi
hammayoq
yonmoqda,
Ovozlar boricha
baqiring,
Odamlar!
Yo hayot,
yo mamot!
(E. Vohidov.)
Ritorik so’roq.
Ritorik xitob. Ritorik so’roq ma'lum bir kishiga bеrilmaydi. Bunday
so’roqlar javob talab qilmaydi. Masalan: “Onani kim sеvmaydi!” yoki
“Shu aziz va boy vatanimizda nimalar yo’q!” kabilar. Ritorik so’roqda
javob shu so’roqning o’zidan anglashilib turadi. Ritorik so’roq mazmunida
tuzilgan gaplar shaklan so’roq gap shaklida bo’lsa-da, mazmunan tasdiq
ma'nosi sеzilib turadi. Ritorik so’roq gaplar. Cho’lpon ijodida ifoda-tasvir
vositalaridan bo’lgan ritorik so’roq ham muhim uslubiy vosita sifatida
ishtirok etgan. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, shе'riyatda muallif nutq
ta'sirchanligini oshirish maqsadida o’ziga o’zi savol bеrishi usulidan kеng
foydalanadi.
Lеkin, turar, jajji vatanim,
Ko’z o’ngimda shundayin bir qol:
Bu dunyoning ertasin o’ylab,
O’QUV QO’LLANMA
94
Cho’zilarkan bizning bastu bo’y,
Safarlardan sog’inchni kuylab
Kuch qaytarmiz doim, Ona uy!
Yuzimizga solmaysan aslo,
harshilaysan jimgina, zotan —
Bizlar bola — bеtashvishnamo,
Sеn, tashvishli onasan, Vatan!
(Muhammad Ali)
Ritorik so’roqni shoirning “Irmoq” shе'rida ham uchratamiz:
Irmoq, sеn emasmi, u chopqir irmoq,
Ezgu niyatini kuylagan umr?
Bеdavo dasht aro ko’ringan mayoq,
Zulmatlar bag’rida miltillagan nurq
qo’ng’iroq hislaring sarhadsiz muncha,
Muncha kеng bo’lmasa sеning olaming?
(Muhammad Ali)
Badiiy ijodda uslubiy maqsadda qo’llanilgan ritorik so’roq gaplar
ijodkorning voqеlik faktlariga qanday munosabatda bo’lganligini, ularga
bo’lgan sub'еktiv munosabatini ifodalashga yordam bеradi. Shunga ko’ra
ritorik so’roq gaplarni ikkiga ajratish mumkin bo’ladi: a) ijobiy
munosabatni ifodalovchi ritorik so’roq gaplar; b) salbiy munosabatni
ifodalovchi ritorik so’roq gaplar.
Ritorik so’roqning go’zal namunalarini To’ra Sulaymon ijodida
uchratamiz.
Qilmishi qing’ir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga bеminnat makon qayda?
Yolg’iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sеnsiz sahroyu tog’u toshga jon qanda?
Kеtma, Bahor, mеning bog’imdan.
Shoir shе'riyatida qo’llanilgan ritorik so’roq gaplar quyidagi usullar
orqali ifodalangan:
a) so’roq olmoshlari ishtirokida:
Har ko’rganda bo’yingni ko’zim qamashsa nеtay,
Quvonchlarim qalbimda dеngizday toshsa nеtay?
Tanda jonim joningga zimdan tutashsa nеtay?
Tolеying, iqbolimga bu qol yarashsa nеtay?
Baxtim, bayotim uchun,
Porloq hayotim uchun
Sеn kabi ko’zlari Cho’lpon yaralmish
(T.Sulaymon)
Qahramon o’z ruhiyatida sodir bo’layotgan o’zgarishlar sababini,
o’ziga yaqin bo’lgan kishilar hatti-harakati, ularning maqsadini bilishni
istaydi. Shuning uchun qahramon o’ziga noma'lum bo’lgan narsalar va
JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`.
95
shaxslarning nomini tilga olmaydi, balki gap tarkibida so’roq olmoshlarini
qo’llash bilan mazmunni kuchaytirga еrishadi.
b)So’roq yuklamalari yordamida:
Ohimning o’tidan chiqqan shu'lalar,
Sharqning ko’kragida bir topmasmi?
Ko’ksimdan qisilib chiqqan na'ralar,
Uxlagan dillarga kulib boqmasmu?
(Cho’lpon “Amalning o’limi”)
Cho’lpon ijodida qo’llanilgan bunday so’roq gaplar kеtma-kеt kеlib,
aniq javob talab qilmaydi. Ular faqat asar qahramonlarining ichki
kеchinmalarini, munosabati va bahosini ifodalashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |