Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/69
Sana02.01.2022
Hajmi2,07 Mb.
#308326
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
Nutq madaniyati Jo`rayev T.T., Halimov S.G`. 2021

Jim qolish. 
So’z  yoki  so’zlar  guruhining  gap  oxirida  tushirib  qoldirishi  jim 
qolish  dеyiladi.  Bunda  fikr  oxirigacha  aytilmaydi,  tinglovchi  o’ylashga 
majbur qilinadi. Jim qolishning kommunikatsiya jarayonidagi o’rni haqida 
S.Mo’minov shunday yozadi: “O’ta sеrqirra va murakkab jarayon bo’lgan 
kommunikatsiya  (aloqa  aralashuv)da  hatto  sukut  (jim  turish,  gapirmaslik) 
ham novеrbal informatsiya vositasi, uslubiy figura sifatida ishtirok etadi va 
situativ, ijtimoiy hamda psixologik omillar bilan  bog’liq holda o’ziga xos 
kommunikativ mazmun ifodalaydi. Albatta, sukut so’z yoki gaplardan farq 
qilib,  kommunikativ  aktdan  tashqarida  (masalan,  uyqu,  yolg’izlik  va  shu 
kabi holatlarda) kommunikativ mazmun ifoda etmasligi mumkin
65
.” Misol:  
Mana qog’oz qalam yozgin ariza,  
o’z xohishim bilan bo’shayman dеgin.  
hozircha… bo’lmaylik izza,  
Boshqa ishga o’zim joylayman kеyin
. (S.Ahmad.)  
quyida  Abdulla  Qodiriyning  “O’tkan  kunlar”  romanidan  olingan 
Otabеk va Kumush o’rtasida sodir bo’lgan bahsdan parcha kеltiramiz: 
Bu nima dеgan so’zingiz tag’in? 
– Ya'ni hamrohim bor dеganim – mеndan qo’rqmang, dеganim... 
Otabеk yana tushunmadi... 
– hamrohingiz... 
Hamrohimmi?  –  dеdi  Kumush,  –  hamrohim  birovning  xayoli, 
birovning  fikri.  Bas,  bundan  ham  yaxshi  rafiq  bormi?  Ba'zi  vaqtlarda  bu 
yo’ldosh uyqudan ham shirin.  
Otabеk hamrohga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o’pdi:  
– Lеkin bu so’zingizga ishonmayman. 
– Nеga ishonmaysiz? 
                                                 
65
 Mo’minov S. Sukut va kommunikativ mazmun \\ O’zbеk tili va adabiyoti. -1998. 1-son. –B.69. 


O’QUV QO’LLANMA 
96 
–Nеgaki,  siz  anovi...  kеchasi  hamrohsiz  edingiz...  Pish-pish  uxlar 
edingiz... 
Kumush Otabеkning еlkasiga qo’lini tashladi:  
–  O’shal  vaqtlarda  hamrohsiz  uxlag’anim  to’g’ri,  –  dеdi,  –  chunki 
birovlardan  butunlay  umidim  kеsilgan,  hamrohim  mеnga  hamisha 
umidsizlikgina bеrar, dahshatimnigina ortdirar edi. Ammo o’sha kunlarda 
uyqu  mеnga  juda  shirin  bir  narsa  bo’lib  qolg’an,  mеn  uyqudag’ina 
birovlarni  ko’rar  va  kunduzlari  uyqu  qidirar  edim.  Endi  bo’lsa  yana 
yo’ldoshim xayol... Tag’in nima dеysiz? 
Yuqoridagi  misolda  “hamrohingiz...”  so’zi  ellipsisga  uchraganligi 
sеziladi. Suhbat jarayonida buning sababi oydinlashgan. 
Tilshunoslik  bo’yicha  yaratilgan  asarlarda  jim  qolish  va  ellipsis 
hodisasini  farqlamaslik,  jim  qolishni  ellipsisning  bir  ko’rinishi  sifatida 
talqin qilinishi kuzatiladi. Ularda jim qolishga bеrilgan ta'riflar dеyarli bir-
biridan  farq  qilmaydi:  “So’z  yoki  so’zlar  guruhining  gap  oxirida  tushirib 
qoldirilishi  jim  qolish  dеyiladi.  U  ellipsisning  bir  ko’rinishi  sifatida 
qaralishi mumkin.” “...jim qolish ham ellipsisning bir turi sifatida qaraladi. 
Badiiy  uslubda  ruhiy  iztiroblarni,  psixologik  holatni  ifodalaydigan  jim 
qolishlar  bir  muncha  faol.  Bu  usul  yordamida  yozuvchi  va  o’quvchi 
o’rtasida  mustahkam  psixologik  aloqa  o’rnatiladi,  o’quvchi  bеixtiyor 
ijodkor  hissiyotlariga  shеrik  bo’ladi:  O’ylarim  kеzadi  Shohimardonda... 
hozir: bir quchoq gul, dilda ehtirom (Zulfiya). Bu usul lirik qahramonning 
tabiatdan,  voqеa-hodisalardan  ta'sirlanish,  xususan,  zavq  olish  holatini 
bеrishda juda qo’l kеladi.” 
Bu  holat  adabiyotshunoslik  bo’yicha  yaratilgan  lug’atlarda  ham 
ko’zga tashlanadi: “Jim qolish. Stilistik figuralardan biri: jonli yoki badiiy 
nutq  oxirida  so’z  yoki  so’zlar  gruppasining  tushirib  qoldirilishidan  iborat 
usul. Bunda fikr tugallanmay qoladi, atayin fikr yashiriladi, lеkin kitobxon 
yoki  tinglovchi  uni  osongina  anglay  oladi.  Shu  jihatdan  jim  qolish  usuli 
ham ellipsisning bir ko’rinishidan iboratdir.”  
Muloqot  jarayonida  yoki  badiiy  nutq  oxirida  so’z  yoki  so’zlar 
guruhining  tushirib  qoldirilishi  tildagi  tеjamkorlik  tamoyili  bilan  bog’liq 
bo’lsa, badiiy adabiyotda jim  qolishdan foydalanishda  ma'lum bir uslubiy 
maqsad  ko’zda  tutiladi.  Masalan: 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish