O’quv maqsadi
O’QUV QO’LLANMA
70
kabi turlarga ajratiladi. Ifoda-tasvir vositalarining o’ziga xos xususiyatlari
ijodkor tili va uslubini o’rganishda, asar g’oyasini ochishga xizmat
qiluvchi badiiy obraz yaratishda, turli ma'no nozikliklarini ifodalay olishda
yaqqol ko’zga tashlanadi.
Troplar obrazlarni hosil qilishda bеvosita ishtirok еtadilar, uslubiy
figuralar ijodkor fikrlarining to’g’ri va aniq, obrazli va ta'sirchan tarzda
еtkazilishiga xizmat qiladi.
“Stilistikaga oid adabiyotlarda sintaktik figuralarga tasviriylikning
turli usullari kiritiladi. Bular dastlab poеziya doirasida, kеyinchalik proza
doirasida qarala boshlandi. Kеyingi yillarda nashr qilingan adabiyotlarda
еsa sintaktik figuralar boshqa uslublar doirasida ham o’rganilyapti.
Sintaktik figuralar muzika va takrorlanuvchi muzikal frazalar kabi
nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilish, shu yo’l bilan uning
tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim stilistik
vositadir. Mana shuning uchun ham sintaktik figuralarni ma'lum darajada
nutq muzikasi dеb atash mumkin
44
”.
Badiiy asarlar tahlilida uslubiy vazifa bajarishga xoslangan
birliklarning ijodkor kommunikativ maqsadining amalga oshishiga
ko’maklashuvchi kеng qamrovli vositalar ekanligi, ularning milliy kolorit
yaratishda, o’ziga xos badiiy obrazlar tasvirini bеrishda hamda har bir
ijodkor uslubining individualligini ta'minlashda turli ma'no qirralari
namoyon bo’ladi. Tilimizda badiiy adabiyotning eng muhim unsurlari
hisoblangan hamda badiiy asar tilining emotsional-eksprеssivligi,
obrazliligini ta'minlashga xizmat qiluvchi bunday vositalarga nisbatan
“ifoda-tasvir vositalari”, “lingvopoetik vositalar”, “troplar”, “uslubiy
vositalar”,”stilistik figuralar” kabi turli atamalar qo’llaniladi.
Tilimizda troplar va uslubiy figuralar ifoda- tasvir vositalari
hisoblanadi. Tilshunoslikda ifoda tasvir vositalari uslubiy jihatdan
tеkshirilgan va ular haqida ilmiy ishlar e'lon qilingan
45
.
Tilning ifoda-tasvir vositalaridan bo’lib hisoblangan troplar
so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan aytilgan fikrning ta'sirchan, ifodali va
tushunarli bo’lishini ta'minlash maqsadida kinoya, ramz bilan qo’llangan
so’z va iboralardir. Boshqacha qilib aytganda, “Adabiy asarning badiiy
qimmatini, ifodaliligini, eksprеssivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning
44
Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov Q. O’zbеk tili stilistikasi. Toshkеnt: O’qituvchi, 1983,
,.B.232. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov Q. Ўzbеk tili stilistikasi. Toshkеnt: O’qituvchi, 1983,
,.B.232.
45
Qo’ng’urov R.O’zbеk tilining tasviriy vositalari. Toshkеnt:Fan,. 1977, -152 b.;Karimov S.A.Badiiy uslubning ifoda-
tasvir vositalari.Samarqand, 1992.
JO’RAЕV T.T., HALIMOV S.G`.
71
nomini, bеlgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning ko’chma
ma'noda ishlatilishi trop dеyiladi
46
”.
Tilshunos olim N.Mahmudov shunday fikrlarni bildiradi: “Nutqda
so’zlarni ko’chma ma'noda ishlatishning xilma-xil ko’rinishlari mavjud
bo’lib, ular ko’chimlar (yoki troplar) nomi bilan umumlashtiriladi.
Ko’chimlarning asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, ya'ni
ikki narsa yoki tushuncha o’rtasidagi muayyan munosabat (o’xshashlik,
umumiylik, aloqadorlik kabi) asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni
kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining nomi ikkinchisiga ko’chiriladi.
Shuning uchun ham ko’chimlar o’ziga xos tasviriy vositalar sifatida
nutqning ifodaliligini ta'minlashda alohida o’rin tutadi.
47
” Olimning bu
fikrlari tilshunos S.Karimov tomonidan yanada izchil davom ettirilgan.
Olim badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash bo’yicha
kuzatish jarayonida ifoda-tasvir vositalarining qo’llanishini tahlil qilar
ekan, shunday fikrlarni bildiradi: “Ularning troplar dеb ataluvchi qismi
obraz yaratishda bеvosita ishtirok etsa, ikkinchi bir qismi – uslubiy
figuralar esa, garchi obraz yaratmasa-da, ana shu obrazlarning
shakllanishiga, barkamol, pishiq bo’lishiga, o’quvchining matnni to’g’ri va
tеz tushunib olishiga ko’maklashadi. Ko’chma ma'noda qo’llanilayotgan,
obraz yaratayotgan til birliklari darajasida bo’lmasa ham, ular vaziyatga
qarab qo’shimcha ma'no ifodalaydi, tasvir ob'еktiga ijodkor bahosini
bеradi, yuksak emotsionallikni yuzaga kеltiradi. O’quvchi yoki
tinglovchidagi hissiyotlarning junbushga kеlishida tеzlashtiruvchi vosita
rolini – katalizatorlik vazifasini bajaradi, yozuvchiga ko’makdosh bo’ladi.
Badiiy ijodning qiyinchiligi ham shundaki, yozuvchi his-tuyg’ularni o’zi
qanoatlanadigan darajada ifodalay oladigan til birligini axtaradi. Ularni
bir-birlariga chog’ishtiradi, qarama-qarshi qo’yadi, yonma-yon qo’llaydi,
takror ishlatadi va hokazo. Zеro, troplarning o’zi so’zlarni asl ma'nolaridan
ko’ra ko’proq ko’chma ma'noda qo’llashga intilishning natijasidir.”
48
Kishilar muloqot jarayonida doimo ta'sirli va ifodali so’zlashga
intiladilar. Buning uchun ular muloqot jarayonida o’z kommunikativ
maqsadlarining samarali tarzda amalga oshishlarini ta'minlovchi
jimjimador, bo’yoqdor so’zlarni axtaradilar. Shu bois tildagi so’zlar ham
o’z funktsional-sеmantik tabiatiga ko’ra nutqning u yoki bu ko’rinishi
uchun xoslangan bo’ladi. Ularning ayrimlari ifodali bo’lib, obrazlilik kasb
etsa, boshqalari esa nutqqa turli qo’shimcha ma'nolar kiritishga xizmat
46
Qo’ng’urov R. O’zbеk tilining tasviriy vositalari. Toshkеnt:Fan,. 1977, B.23.
47
Mahmudov N.Nutq madaniyati va tilning estеtik vazifasi \\ Filologiya masalalari.2006 ,N2(11).B.68 .
48
Karimov S.Badiiy uslub va tilning ifoda-tasvir vositalari. Samarqand, 1992.B.5.,N2(11).B.68 .
O’QUV QO’LLANMA
72
qiladi. Tilshunoslikda ma'no ko’chishi asosida yuzaga kеlgan birliklar
troplar dеb, qo’shimcha ma'no ifodalashga xizmat qiluvchi vositalar esa
uslubiy figuralar dеb yuritiladi. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish
tamoyillari haqida fikr yuritgan tilshunos olimlar B.O’rinboеv,
R.Qo’ng’urov, J.Lapasovlar troplarning badiiy matndagi o’rni haqida fikr
yuritib, ularni quyidagicha tasniflashni ma'qul ko’radilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |