Samarqand davlat tibbiyot instituti


 Autodonor qon tarkibi eksfuziyasini o‘tkazishning shartlari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

9.2. Autodonor qon tarkibi eksfuziyasini o‘tkazishning shartlari 
Autodonorlik aniq bemor uchun transfuziyalarning xavfsizligini oshiradi. 
Qon tarkibi autologiya donatsiyasi transfuziya asoratlardan keyingi 
xavfni kamaytirish maqsadida qo‘llanadi. Bemor autoqon yoki uning 
tarkibini tayyorlashga rozilik berishi kerak. Autoqonni tarkibiy qismlarga 
ajratish va tarkiblarini saqlash shartlariga muvofiq holda alohida saqlash 
kerak. Autoqon va uning tarkibini testdan o‘tkazish, qonning allogen 
tarkibi testiga o‘xshash. Autologiya qoni yoki uning tarkibini belgilashda 
etiketkada ―autologiya transfuziya uchun degan ibora bo‘lishi kerak. 
Qon autotarkibiy qismlarini donatsiyasiga ruxsat berish tamoyillari 
odatdagi donorlar uchun kabidir. Autodonorlar uchun yosh bo‘yicha 
yuqori chegara yo‘q, har bir aniq holatda bemorning autodonorlik 
imkoniyatlari masalasini uning qonuniy vakillari fikrini hisobga olgan 
holda, birgalikda davolovchi shifokor va transfuziolog hal qiladi. 
Yoshning kichikligidagi chegara bolaning somatik holati va jismoniy 
rivojlanishi, shuningdek periferik venalarning ifodalanganligi bilan 
belgilanadi. Qoidada qon tarkibi autotransfuziyasi 5 yoshdan 70 
yoshgacha shaxslarda qo‘llanadi. 
9.3.
Qon autotarkibiy qismlarini operatsiyadan oldin 
tayyorlash
Tana vazni 50 kg. dan ortiq shaxslar uchun bir martalik qon 
topshirish hajmi 450 ml.dan ortmasligi kerak. Tana vazni 50 kg.dan kam 
bo‘lganda qon topshirish hajmi - tana vazniga 8 ml/kg.dan ortmasligi 
kerak. Tana og‘irligi 10 kg.dan kam bo‘lgan shaxslarga terapevtik 
autodonorlikka ruxsat berilmaydi. Antikoagulyant eritma miqdori 
eksfuziya qon miqdoriga proporsional kamayadi. Autodonorda har bir 
qon topshirishdan oldin gemoglobinning miqdori 110 g/ldan, 
gematokritning miqdori – 33 % dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Autologiya qonini topshirish takroriyligi davolovchi shifokor va 
transfuziolog tomonidan belgilanadi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, 
plazma hajmi va umumiy oqsil hamda albumin miqdori 72 soatdan keyin 
tiklanadi, ya’ni oxirgi qon topshirish rejalashtirilgan operatsiyadan 3 kun 
oldin bajarilishi kerak. 
Qo‘p autodonorlar, ayniqsa, qonning birdan ortiq dozasini 
tayyorlashda temirning tabletkadagi preparatlarini qabul qilishlari kerak. 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
167 
Qonning har bir dozali donatsiyasi temir zahirasini 200 mg (taxminan, 1 
ml eritrotsitga 1 mg)ga kamaytiradi. Temir preparatlarini qabul qilish 
birinchi qon topshirishgacha boshlanadi. Bir qator holatlarda eritrotsitlar 
hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun bir vaqtda eritropoetinni buyurish 
maqsadga muvofiq. Temir preparatlari va eritropoetinni autodonorga 
buyurish davolovchi shifokor bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak. 
Autoqon yoki uning tarkibiy qismlarini saqlash qonning gomologik 
tarkibini saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Infeksiyaning har qanday o‘choqlari (avvaldan sanatsiya zarur) 
yoki bakteriemiyalar aniqlangan shaxslar, noturg‘un stenokardiya, aorta 
stenozi, o‘roqsimon hujayrali anemiya aniqlanganda autodonorlikka 
ruxsat berilmaydi. Trombotsitopeniya aniqlanganda (trombotsitlar 
miqdori 100x10
9
/l/l.dan kam) ham autodonorlikka ruxsat bermaslikka 
asos bo‘ladi. 
Autoretsipiyentning OITS, “B” va “C” virusli gepatit va zahmga 
serologik testining musbat ko‘rsatkichi autodonorlikda foydalanishga 
qarshi ko‘rsatma hisoblanadi va u autoqon olishgacha amalga oshiriladi. 
Qon tarkibiy qismlarini tayyorlashni o‘tkazishda reaksiyalarning 
takroriyligi umumiy donorlik amaliyotiga o‘xshash va hamma 
donatsiyalashning 2 dan 5 % gachasini tashkil qiladi. Vaqtinchalik qon 
yo‘qotishda vazovagal reaksiyalar eng ko‘p uchraydi (hushsizlik, bosh 
aylanishi. Yurak ritmining buzilishi, sistolik arterial bosimning keskin 
bo‘lmagan pasayishi). Autodonorlarda qon eksfuziyasi o‘tkaziladigan 
xona ehtimoliy shoshilinch terapiya tadbirlarini o‘tkazish uchun 
jihozlangan bo‘lishi, xodimlar esa – tegishli tarzda tayyorlangan bo‘lishi 
kerak. 
Allogen qon tarkibini qo‘llash holatida, ayniqsa, agar qonning 
donor va autodonor tarkibi qo‘llansa, qonning tarkibiy qismida autologiya 
eritrotsit bo‘lgan dastlabki transfuziya nazorati, ularning retsipiyent bilan 
mosligi va biologik tekshiruvlarni o‘tkazish bevosita transfuziya 
vositasini quyuvchi shifokorga yuklanadi. 
Umuman olganda, autoqon yoki uning tarkibiy qismlari bemorning 
ahvolini operatsiyagacha yomonlashtirmasligi kerak. 
Ko‘p holatlarda autodonorlik dasturi toza konservatsiyalangan 
autologiya qon va autoeritrotsitar massasi yoki suyuqlikni yig‘ish, qisqa 
muddatli saqlash va quyishni nazarda tutadi. SHu bilan birga plazma, 
trombotsitlarning autodonorligi ehtimoli ham eьtibordan chetta 
qoldirilmaydi. 


O’quv qo’llanma 
168 
Autologiya qondan olingan yangi muzlatilgan autoplazma 
terapevtik qiymat miqdorlarida tayyorlanishi mumkin (500-1000 ml) va 
akusherlikda og‘ir keservo kesishlarida, yurak-qon tomir jarrohligida va 
ortopediyada muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. 
Trombotsitlarning autologiya konsentranti va yangi muzlatilgan 
autoplazma 
operatsiyadan 
keyingi 
davrda 
trombotsitopeniya 
kuzatiladigan yurak-qon tomir jarrohligida sun’iy qon aylanishili 
operatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Operatsiyadan 3-5 kun oldin 
tayyorlangan autotrombotsit konsentrat xona haroratida (20-24
0
S) doimiy 
aralashtirib turilgan holatda saqlanadi va operatsiya vaqtida yoki birdan 
operatsiyadan keyin quyiladi, bu operatsiyadan keyingi qon yo‘qotish 
hajmini kamaytiradi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish