Tibbiy yordam: 1. Bemor boshini past qilib yotqiziladi.
2. Tez yordam chaqiriladi.
3.Tez yordam kelgunicha quyidagicha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
- agar shok holati jarohatlanish, kuyish tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi:analgin (baralgin)-1-2 ml, dimedrol-1 ml, novokain 0,5 %-2 ml muskul orasiga;
- pasaygan arterial qon bosimini ko‘tarish uchun:
- adrenalin 0,1% - 0,5-1 ml, yoki mezaton- 0,5-1 ml teri ostiga;
- shuningdek, kordiamin, kofein, kamfora (bittasi) 1- 2 ml muskul orasiga;
- agar shok shikastlanish tufayli yuzaga kelgan bo`lsa, og`riq qoldiruvchi analgin 1-2 ml yoki baralgin 5 ml novokain bilan muskul orasiga.
Shifokor nazoratida (sifoxonada) quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
- bemorga 100-200 ml qon quyiladi, glyukoza 5-10% - 100-200 ml, 0,9 %-100 ml natriy xlorid, poliglyukin yoki reopoliglyukin 100 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
- prednizolon 30-60 mg (1 -2 ml) (yoki gidrokortizon 50-100 mg) muskul orasiga yoki venaga;
- yurak urishi kuchsiz va juda tez bo‘lsa (bir daqiqada 100-110 martadan ko‘p bo‘lsa) - glyukoza 40%-20 ml, kokarbaksilaza 50 mg, strofantin 0,05% (yoki korglyukon 0,06 %) - 0,5-1 ml bitta shpritsga olinib, vena tomiriga sekinlik bilan 3-4 daqiqa davomida yuboriladi;
- assesol, trisol suyuqliklari - 100-200 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- trasilol 20000 TB yoki kontrikal – 10000 TB vena tomiriga.
Gipotoniya (gipotonik qon bosimi)
Gipotoniya bo’yicha har ahvol unchalik yaxshi emas, va bu masalaga ancha batafsil to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Chunki foyda o’ziga xos sportga gipotoniya to’g’risida tasavvurlar mavjud. Lekin avvalombor gipotoniyaning o’zi nima ekanligini aniqlab olish kerak. Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, arterial qon bosimi (AB) normal o’zgarishlarining chegarasi mavjud. Biz normal yuqori AB ko’rsatkichini 100-123mm simob ustuniga teng bosimni pastki AB ko’rsatkichini 60-79mm simob ustuniga teng bosimni normal holat deb hisoblaymiz.
O’n minglab sportchilarni tadqiq qilish shuni ko’rsatdiki [17,24,32,33,39,43], gipotoniyali sportchilar miqdori, ya’ni AB ning 100-60 mm simob ustunidan kamayishi 10dan 16gacha o’zgarib turadi. Bir vaqtning o’zida AB 130-80 mm simob ustunidan yuqori bo’lgan sportchilar miqdori 11-14mm tashkil etadi. Buning ustiga AB ko’tarilishi yoki pasayishiga moyil shaxslarga normal raqamlarga nisbatan AB da qandaydir o’zgarish kuzatiladigan barcha shaxslar kiradi. Bizning labaratoriya kuzatishlarimiz ma’lumotlariga ko’ra, ko’pincha sistolik AB ning izolyatsiyalangan pasayishi (2,2dan 6,9%gacha), kamdan-kam hollarda diastolik AB ning izolyatsiyalangan pasayishi (4,3dan 6,1%gacha) va undan ham kam hollarda ABning umumiy pasayishi (1,5dan 3,5%gacha) kuzatiladi. AB bir martalik pasayadigan sportchilar 76,2%ni, ko’p martalik pasayishi 19,9 %ni va doimiy pasayishi 3,9% ni tashkil etdi. Hozirgi kunda bir qator tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, yuqori va past ABli sportchilar o’rtasida sezilarli farq yo’q. Bu esa sport bilan shug’ullanuvchilar uchun xos bo’lgan sportcha gipotomiya to’g’risida keng tarqalgan tasavvurlarga zid keladi. Aftidan, tasavvur faqat yuqori malakali sportchilar tadqiq qilinganligi, shuningdek, ko’pchilik sportchilarda AB garchi normada bo’lsada, lekin u quyi chegaralarda bo’lishi tufayli paydo bo’lgan bo’lsa kerak. Haqiqatdan ham, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, AB normal bo’lgan 76% sportchilardan 63,8% ida maksimal AB 100-119 ga, minimal AB esa 60-70 mm simob ustuniga teng (ulardan 17% ida maksimal AB 100 -119 mm simob ustuniga teng) bo’ladi. Faqat 19,2 % sportchilarda AB normal holatning yuqorigi chegarasida turadi [24,32,35].
Shunday qilib, sport bilan shug’ullanish ham jismoniy mehnat kabi, agar u keragidan ortiq bo’lmasa ABni kamaytirish to’g’risidagi fikrlar tasdiqlanadi, biroq bu pasayish ko’pchilik hollarda meyor chegarasidan chetga chiqmaydi.
Haqiqiy gipotoniyaga, ya’ni AB ning 100 va 60 mm simob ustunidan kamayishiga kelsak, o’rtacha raqamlarda sportchilar va sport bilan shug’ullanmaydigan odamlar o’rtasida sezilarli farq kuzatilmaydi. Bundan tashqari, bizning ma’lumotlarimizga ko’ra, sportchilarda yurak qon tomirlar tizimi yuqori darajadagi funksional holatning ko’rsatkichi bo’lgan fiziologik gipotoniya bilan bir qatorda patologik gipotoniyaning barcha shakllari kuzatiladi. Buni shuningdek, boshqa mualliflarning ham tasdiqlaydi [8,17,18,19,20,21,22,23].
Buni tushunib olish uchun gipotonik holatlar to’g’risidagi masalalarning hozirgi zamondagi ahvoliga to’xtalib o’tish zarur. Gipotonik holatlarning keng tarqalgan klassifikasiyasiga muvofiq gipotoniya fiziologik va patologik gipotoniyaga ajratiladi.
Fiziologik yoki adaptatsiya gipotoniya deganda ABning 100 va 60 mm simob ustunidagi past ko’rsatkichga pasayishi tushuniladi. Bu holat sog’lom odamlarga hos bo’lib, bunday bosimda ular odatdagi jismoniy va aqliy mehnat bilan shug’ullanaveradi, hech qanday shikoyat ham qilmaydi va organizmda hech qanday obyektiv patologik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Bunday odamlarda yuqori ish qobiliyati saqlanib qoladi va ular o’zlarini juda yaxshi his qiladilar. Past AB ularda yillar davomida, ba’zan bir umr saqlanib qoladi va ularda normal holat, qon aylanishning o’ziga xos normasi bo’lib qoladi.
Patologik gipotoniya o’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir gipotoniyada shok kuzatiladi, kollaj, hushdan ketish ko’rinishida namoyon bo’ladi va tezda o’tib ketadi. Surunkali gipotoniya yo birlamchi bo’lishi mumkin, ya’ni bir qator o’ziga xos shikoyatlar va obyektiv alomatlar bilan kechuvchi mustaqil kasallik (gipotonik tipdagi neyrosirkulyator distoniya yoki gipotonik kasallik) ko’rinishida bo’lishi mumkin, yoki ikkilamchi yoki simtomatik bo’lishi mumkin. Bu esa turli kasalliklar, xususan surunkali infeksiyalarning turli o’choqlaridan zaharlanish, jumladan latent holatda o’tuvchi kasalliklar oqibati bo’lishi mumkin. Bu sport tibbiyotida alohida ahamiyatga ega.
Gipotoniya rivojlanishining mexanizmida I.M.Sechenov obrazli qilib “qon aylanishi tizimining jumraklari” deb atagan prearterialar va arteriolalarning haddan ortiq kengayishiga asosiy o’rin beriladi. G.F.Langning aytishicha, arteriolalar va prearteriolalar ABni boshqaruvchi apparatning ijrochi “effektor jumraklari” bo’lib hisoblanadi va gipotoniya kelib chiqishining asosiy sababi bo’lib ushbu apparat funksiyasining o’zgarishi hisoblanadi.
Ushbu bobda umuman va xususan sportchilarda gipotonik holatlar to’g’risidagi mavjud tasavvurlarni batafsil tahlil qilish imkoniyati yo’q. Ammo ayrim masalalarga to’xtalib o’tish muhimdir.
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, sportchilarda gipotoniyaning etiologiyasi va patogenezining asosida sport bilan shug’ullanmaydigan shaxslardagi omillar yotadi. Lekin baribir ham jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish gipotonik holatlarning kelib chiqishi va uning kechishining ayrim o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
A.G.Demboning (1980) izlanishlariga muvofiq sportchilardagi gipotoniya chastotasiga sportchining jinsi, yoshi, sport staji, mahorat darajasi, ixtisosligi va mashg’ulotlar ta’sir ko’rsatadi. Ayollarda gipotoniya erkaklarga nisbatan ikki marta ko’proq uchraydi va mos ravishda 26 va 13% ni tashkil etadi.
Sportchining yoshiga kelsak, ularning yoshi qanchalik katta bo’lsa gipotoniya shuncha kam uchraydi. Masalan, 18-19 yoshda u 22%ni, 20-24 yoshda 17%ni, 20-28 yoshda 15%ni, 30-34 yoshda 15,9%ni, 35-39 yoshda 10,8%ni, 40 yoshdan kattalarda 7,7%ni tashkil etadi [38,49].
Gipotoniyali sportchilar foizi sport mahorotining oshishi bilan ortib boradi. Masalan, sport mahorati ikki yilgacha bo’lgan sportchilarda uning ko’rsatkichi 3,7%ni, 3 yildan 5 yilgacha bo’lganda 11,6%ni, 6 yildan 9 yilgacha bo’lganda 17,5% ni, 10 yildan 15 yilgacha bo’lganda 18,3%ni tashkil etadi. Lekin sport malakasi 16 yildan ortiq bo’lganda gipotoniya chastotasi 12,6% gacha kamayadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, gipotoniyaga yosh omili asosiy ta’sir etuvchi omil bo’lib hisoblanadi.
Gipotoniyaning sport mahorati darajasi o’rtasidagi bog’liqlik haqida so’z borganda, u holda jinsdan qat’iy nazar gipotoniya ko’pincha sport ustalarida (21%), kamdan, kam hollarda I va II razryadli sportchilarda (mos ravishda 14,7% va 14,9%) undan ham kam hollarda III razryadli sportchilarda va sport bilan shug’ullanishni endigina boshlagan shaxslarda (mos ravishda 3,0% va 2,5%) kuzatiladi.
Gipotoniya chastotasi bilan mashg’ulot jarayoni davrlari o’rtasidagi bog’liqlikka kelsak, gipotoniya sportchilarda ko’pincha musobaqalar davrida (72,7%), ancha kam hollarda tayyorgarlik (17,3%) va o’tish (10,0%) davrlarida qayd qilingan.
Sportchilardagi gipotoniya chastotasiga ixtisoslik bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlar o’tkazish jarayonining xarakteri juda katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, gipotonik qilichbozlik va konkida yugurish (mos ravishda 19,0% va 16,7%) sporti bilan shug’ullanuvchi sportchilarga nisbatan gimnastlarda ko’proq uchraydi (30,0%). Shuni qayd qilish qiziqki, gipotoniya tez-tez qayd qilinib boriladigan sport turlarida yuqori AB kamdan – kam hollarda uchraydi. Demak, u yoki bu sport turi uchun xos bo’lgan jismoniy mashqlar xarakteri ABning ko’tarilishi yoki pasayishiga olib keladi.
Shunday qilib, gipotoniya chastotasi sport mahorati darajasi, mashg’ulotlar o’tkazish davri va ixtisoslikka bog’liqlik yaqqol ko’rinib turibdi. Aftidan, huddi ana shu holat ayrim mualliflarga sportchilardagi gipotoniyani hamma vaqt yuqori shug’ullanganlik ko’rsatkichi deb hisoblashga va uning patologik ko’rinishlari bo’lishi mumkinligini inkor etishga asos bo’lib hizmat qiladi. Ikkinchi tomondan sportchilardagi har qanday gipotoniya patologik hodisa deb baholaydigan ishlar ham paydo bo’ldi [16,27].
Hozirgi kunda gipotoniya kuzatiladigan sportchilar guruhi bir xil emasligi va ularda fiziologik gipotoniya bilan bir qatorda uning barcha patologik ko’rinishlari ham uchrashi to’g’risidagi fikr ancha ishonarli bo’lib hisoblanadi [25].
Shunday qilib, adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, gipotoniyali sportchilarning salomatlik holati AB normal bo’lgan sportchilarga nisbatan yomonroq bo’ladi. Modomiki, ularni faqat AB darajasi farqlar ekan, bu klinik farqlarni uning ta’sir natijasi deb tushuntirish lozim.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish bizga quyidagicha xulosa chiqarish imkonini berdi. Sportchilarda ham, sport bilan shug’ullanmaydigan shaxslarda ham fiziologik gipotoniya ham, patologik gipotoniyaning turli xillari ham; gipotonik tipdagi neyrosirkulyator distoniya va infeksiya o’choqlarining bo’lishi va toliqish oqibatlari bo’lishi mumkin bo’lgan ikkilamchi gipotoniya uchrashi mumkin
Ko’rinib turibdiki, ko’p shug’ullanish bilan bog’liq bo’lgan gipotoniyali sportchilar foizi sport malakasining oshishiga muvofiq (mos ravishda) oshib boradi, toliqish natijasida kelib chiqadigan gipotomiya miqdori esa pasayib boradi. Ikkilamchi gipotomiya surunkali infeksiyalar o’chog’i ta’sirida, kutilganidek, sport mahorati darajasiga bog’liq bo’lmaydi. Gipotomik tipdagi neyrosirkulyator distoniya sport mahorati oshib borishi bilan kamayib boradi, bu esa bir tomondan to’g’ri tashkil etilgan mashg’ulot jarayonining ijobiy ta’siri bilan, ikkinchi tomonidan kasallikning kuchayishi natijasida sportni majburiy tark etish bilan tushuntiriladi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, sportchilardagi gipotomiyaning turli ko’rinishlarini aniq ajrata olishni bilash zarur, chunki u patologiyaning namoyon bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |