Samarqand davlat tibbiyot instituti birinchi Renessans hodissasining yirik namoyandasi Abu Ali Ibn Sinoning hayoti va faoliyati



Download 8,82 Mb.
bet7/8
Sana30.06.2022
Hajmi8,82 Mb.
#720180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ibn Sino


Ibn Sino Tib qonunlari
Ibn Sino Tib qonunlari
Ibn Sino muzeyining ichki qismi

Birinchi kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti, vazifalari, boʻlim va metodlari, kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari, sogʻliqni saqlash yoʻllari, kishi anatomiyasi haqida mazmundor, aniqligi bilan kishini taajjubda qoldiruvchi qisqacha ocherk, sogʻliqni qanday saqlash kerakligi haqidagi taʼlimot (keyinchalik gigiyena deb nomlangan) bayon etiladi. “Qonun”ning bu kitobini hozirgi zamon ichki kasalliklar propedevtikasi darsligiga tenglashtirish mumkin. “Qonun”ning oddiy dorilarga bagʻishlangan ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va isteʼmol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob, uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi boʻlib tavsiya etadi, sharobni quvvatga kirituvchi, jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi. Uchinchi kitobda ayrim organlar (hatto soch, tirnoqlar)ning kasalliklari, ularni davolash usullari bayon etiladi, uni maxsus patologiya darsligi deb atasa ham boʻladi. Bu kitobda bosh miya, nerv, koʻz, quloq, burun, tomoq, qorin, tish, yurak, jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi. “Qonun”ning toʻrtinchi kitobi organizmning umumiy kasalliklariga bagʻishlangan. Unda isitmalar, oʻsmalar, ularning sababi, xirurgik kasalliklar (suyak sinishi, chiqishi, jarohatlanish) va ularni davolash usullari har xil dorilardan zaharlanish va bunda koʻriladigan choralar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Chechak, qizamiq, moxov, toun, vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tasvir etiladi. “Qonun”ning beshinchi kitobida murakkab dorilarning organizmga taʼsiri, ularni tayyorlash, isteʼmol qilish usullari bayon qilingan. Bu kitob dorishunoslik ilmiga – farmakologiyaga bagʻishlangan.

Tibbiyotning asosiy vazifasi, uning taʼbiricha, “inson sogʻligʻini saqlash, agar kasallik paydo boʻlgan boʻlsa, bu kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va ularni yoʻqotish orqali sogʻliqni tiklashdan iborat”. Ibn Sino fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot oʻzaro bogʻliq boʻlishi, bir-biriga asoslanmogʻi zarur, aks holda u rivoj topmaydi, oʻz maqsadiga erisha olmaydi. “Tib ilmi avvalo ikki qismga – nazariy va amaliy qismlarga boʻlinadi… Nazariya deb ataluvchi qismi tabiblarning fikrlarini ifoda qilib, maxsus amaliya deb ataladigan qismi tadbir va amalning qanday boʻlishi kerakligini oʻrgatadi. Tibning amaliy qismi ikkiga boʻlinadi. Birinchi qismi sogʻlom tanlarning tadbirini bilish: bu sogʻliqni saqlashga taalluqli boʻlgani uchun sogʻliqni saqlash ilmi deb ataladi. Ikkinchi qismi – kasal tanning tadbirini bilish boʻlib, sogʻlom holatga qaytarish yoʻllarini koʻrsatadi, bu davolash ilmi deb ataladi”. Ibn Sino kasallikni oʻrganishda obʼyektiv sharoitni har tomonlama bilishga katta ahamiyat berdi, muhitdagi turli tabiiy narsalar, suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi koʻzga koʻrinmaydigan “mayda hayvonotlar” haqidagi fikrni olgʻa surdi.


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish