Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili II fakulteti
3-bosqich 302-guruh talabasi Ahmedova Umidaning
Malakaviy o’quv amaliyoti bo’yicha
HISOBOTI
Men Ahmedova Umida o’zimning malakaviy amaliyotimni o’tash uchun Navoiy viloyati Navbahor tumani Arabhona mahallasidagi 5-umumiy o’rta ta’lim maktabiga yo’llanma oldim.Bizning malakaviy amaliyotimiz 24 kundan iborat.Amaliyotimizning birinchi kunida institutimiz faollar zalida 3-bosqich talabari uchun malakaviy amaliyotga doir anjuman o’tkazildi.Anjumanda talabalar o’quv amaliyoti bo’yicha o’z savollariga to’liq javob olishdi.Xususan men ham uzimni qiziqtirgan savollarga javobimni oldim.Bizga malakaviy amaliyot haqida tushuncha berildi.2021-yilning 25-yanvar kuni 5-umumiy o’rta ta’lim maktabiga bordim.Va 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi derektori Gaffarova Maqsuda va maktab o’qituvchilari bilan uchrashdim.Men va mening amaliyotchi sherigim Narziqulova Sadafga maktabning boshlang’ich sinflariga biriktirildik.Men 2-“A’’ sinfga biriktirildim.Bizga amaliyot rahbari etib Dushanova tayinlandi.Amaliyot rahbarimiz dastlab bizga amaliyot mobaynida bajarilishi kerak bo’lingan ishlarni tushuntirdilar.Amaliyotimning dastlabki 1 haftasida o’qituvchi tomonidan olib boriladigan dars mashg’ulotlarini kuzatib bordim.O’zim uchun bilmagan narsalarimni darslarni kuzatish orqali bilib oldim va amaliyot kundalik daftarchasiga qayd qilib oldim.Amaliyotimning 2-haftasidan 2-“A”sinfiga mustaqil ravishda dars berishga harakat qildim.Dars o’tish mobaynida men o’zimdagi kamchiliklarni yaqqol sezdim.Va e’tiborimni o’qituvchi kasb mahoratini puxta o’rganishga qaratdim. Amaliyotimning 14-kuni,yani 9-fevral sanasida “Revision”mavzusi bo’yicha ochiq dars o’tgazdim. Darsimni zamonaviy texnologiyalar va o’zim yasagan tarqatma materiallar orqali amalga oshirdim.Turli xildagi harakatli o’yinlar orqali o’tilgan darslarni mustahkamlashga harakat qildim.O’quvchilar ham o’yinga qiziqib darsga yanada e’tibor qaratishdi.O’yin mashg’ulotlarini o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib bellashuv tarzida o’tkazdim.Bundan tashqari sinfning boshqa fanlardan dars jarayonlariga kirib kuzatdim va tahlil qildim.Amaliyot davomida o’rgangan bor pedagogik bilmlarimni ishga solishga harakat qildim.Amaliyot rahbarim men yo’l qo’ygan kamchiliklarni aytib o’tdilar.
Amaliyotchi: Ahmedova U.
Amaliyot rahbari: Dushanova S.
Maktab derektori: Gafarova M.
Do'stlaringiz bilan baham: |