Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo‘lib tajriba oshirib qaytmoqdalar. Tilshunoslarning vazifasi ham shu aloqalarni o‘rnatishda ko‘prik bo‘lishdir. Maqsadi esa chet el davlatlarining kelib chiqish tarixini, urf-odatlarini, xalqini o‘rganib, o‘z Ona Yurtiga ma’lumotlarni tanishtirishdir. Bunda tilshunos har tomonlama bilimga ega bo‘lishi, tilni mukammal bilishi va shu bilan birgalikda o‘zga davlatning dunyoqarashini, tarixini bilmog‘i darkor.
Demak, Qadimiy Xitoy tili hamda uning tarixini va adabiyotini boyitgan afsonalari bilan tanishish nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |