Tarjimasi:
Qadimgi zamonlarda osmonda o'nta quyosh bor edi, quyosh kuydiradigan darajada issiq, dengiz qurib qolgan va odamlar omon qololmas edilar. Hou Yi ismli qahramon borki, u juda kuchli va u kamon va o'q bilan to'qqizta quyoshni urib tushiradi. Eng so’nggi quyosh tezda aybini tan oldi va rahm-shafqat so'radi va Xou Yi g'azab bilan kamondan o'q otishni to'xtatdi. Hou Yining xotinining ismi Chang'e, chiroyli, fazilatli va mehribon, hamma uni juda yaxshi ko'rardi. Keksa Taoist odam Yining ilohiy kuchiga va insoniyatliligiga juda qoyil qoldi va unga abadiy hayotning bir eliksirini berdi. Yi o'zining sevikli rafiqasi va odamlarni yolg'iz tashlab osmonga chiqishni istamay, olib qo’yish uchun eliksirasini Chang'e-ga berdi. Xou Yining Peng Meng ismli shogirdi bor, u yaxshigina firibgar bo'lib, u osmonga ko'tarilish uchun elliksirini o'g'irlamoqchi edi.
Shu yilning 15 avgustida Yi shogirdlari bilan ovga bordi. Kechqurun ovga chiqmaslik uchun bahona topgan Peng Meng Chang'ening qarorgohiga kirib, Chang'edan o’sha eliksirni topshirishni talab qiladi. Chang'e barcha dori-darmonlarni shoshilinch ravishda yutib yuborishdan boshqa chorasi yo'q edi. U shu zahotiyoq qushday engilday derazadan uchib chiqib, to'g'ri osmonga ko'tarildi. Chang'e erini juda yaxshi ko'rganligi sababli, u nihoyat yerga eng yaqin bo'lgan oyda to'xtadi. Bu xabarni eshitgan Yi umidsiz oy tomon yura boshladi. Biroq, u oyga yaqinlashganda, u ham oldinga siljiydi va chekinayotganida, oy ham orqaga chekinadi va u hech qachon ushlay olmaydi. Yi Chang'eni sog'inadi va faqat oyga qarab maftun bo’ladi. Bu vaqtda oy juda o'ziga xos yumaloq va yorqin, xuddi o'zini sevgan xotini kabi bo’lgandi. Kelgusi yilning 15-avgust kuni kechqurun Chang E Oy saroyidan chiqib, eri va ko'plab qarindoshlarini sog'inib, pastki olamga jim qarab turdi. Uning go'zal chehrasi oyni g'oyat aylana qiladi. Hou Yi va odamlar hamma oy nuridan bahra olishadi va Chang'e haqida o'ylashadi. O'shandan beri u avloddan-avlodga o'tib kelgan 15-avgust kuz festivali bo'lib, u O'rta kuz festivali deb nomlanadi.
Afsona talqinlarida Chang E haqidagi afsonalar epik va ertaknamo unsurlar bilan boyitilgan. Ovchining shaxsiy faolligi, u sodir etgan jasoratlarning romantik tusi mif zaminida bahodir obrazi vujudga kelganidan keyingi tarjima manbalarida keltirilgan. Qahramonning bunday qayta anglab yetilishiga rivojlangan syujet ham mos keladi.
Sekin-asta davrlar osha tarjimalarda qahramonlik afsonalari siklida Ovchi taxtni tortib olgan va o‘z navbatida hiyonat qurboni bo‘lgan podsho sifatida ham tasvirlangan. Tarjimada hikoya qilinishicha, qonuniy podshoni ag‘darib, uning taxtiga o‘tirgach, Ovchi o‘zining ovga bo‘lgan qiziqishidan voz kecha olmaydi va davlat ishlarini surib qo‘yadi. Bundan foydalangan saroy a’yonlaridan biri Ovchining xotini bilan til biriktirib uni o‘ldiradi va taxtni egallaydi.
Shunday qilib, bu tarjimalarda qahramon inson darajasiga tushirilgan, ixtilof komik plandan ijtimoiy ziddiyatlarga ko‘chirilgan dunyoqarash sezilarli darajada o‘zgartirilganligidan, badiiy ijod ma’naviy faoliyatning alohida sohasi sifatida ajralib chiqadigan davr yaqinlashganidan xabar beradi13.
Xalq og‘zaki ijodidagi insonning tabiatga qarshi kurashi mavzusini badiiy tarjimaning “badiiy predmeti” o‘z ijtimoiy munosabatlaridagi insonni siqib chiqaradi14.
Mifologiya zaminida qahramonlik eposi va tarixiy rivoyat elementlari yetiladi. Barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan bu jarayon shu bilan belgilanadiki, afsonalar ibtidoiy jamiyatning “muqaddas tarix” rolini o‘ynaydi va sinfiy jamiyatdagi dunyoqarash kurashi bilan to‘qnashadi.
Ko‘rsatilgan dunyoqarashga o‘tmishni tarixiy nuqtai nazardan anglab yetish xosdir. Natijada miflar solnoma asosida qayta ishlangan, ulardan dag‘al fantastik unsurlar olib tashlangan. Afsonaviy qahramonlar esa moddiy va ma’naviy madaniyatning barcha elementlarini, barcha ijtimoiy institutlarini yaratgan “odil ”, “ oqil podsholar “ sifatida gavdalantiriladi.
Shunday ruhda qayta ishlangan mifologiya qadimgi davr “tarixi”ga asos qilib olinadi. Afsonalarning soxta tarixiy talqinida konfutsiychilik dini ayniqsa ulkan ro‘l o‘ynaydi15.
XULOSA
Qadimgi Xitoy mifologiyasi qadimgi tarixiy va falsafiy asarlarning qismlaridan tiklangandir. Qadimgi Xitoy mifologiyasining ajralib turadiga xususiyatlaridan biri bu juda qadimgi davrlarning haqiqiy shaxslari sifatida talqin etila boshlangan afsonaviy belgilarning tarixiylashtirilishidir. Qadimgi xitoy afsonalarini o’rganishda quyidagi xulosalarga kelindi:
Afsonalarni tarjima qilishda, asosan, nutq uslublarining badiiy uslubi qo‘llaniladi.
San’at va adabiyot asarlari, xalq og‘zaki ijodlari badiiy uslubda yaratiladi.
Badiiy estetik vazifasini bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubninig asosiy xususiyati hisoblanadi.
Badiiy uslubda bu grammatik shakllarning barcha ko‘rinishlari – lahja va tarixiy variantlari ham afsona asarining mavzu talabi bilan qo‘llanavermaydi.
Qadimgi Xitoy mifologiyasi insonlarning dastlabki avlodlarning mo‘jizakor tabiat sirlari va olamning yaralishi haqidagi fikr-o‘ylari hisoblanadi.
Xitoyning qadimgi afsonalari uzoq tarixga ega bo‘lib, ularning aksariyati Xitoyning boy va serjilo tarixini aks ettiradi. Shu bilan birgalikda olamning hamda insoniyatning kelib chiqishi haqida, tabiat va insoniyat o‘rtasidagi kurashlar haqida, muqqaddas ruhni madh etadigan va boshqalar haqidagi afsonalar mavjud.
Afsonalarni tarjima qilishda badiiy uslubning roli katta. Badiiy uslub afsonani qiziqarliroq hamda badiiyroq qilib tarjima qilishda xizmat qiladi.
Miflar solnoma asosida qayta ishlangan, ulardan dag‘al fantastik unsurlar olib tashlangan.
Mifologiya zaminida qahramonlik eposi va tarixiy rivoyat elementlari yetiladi.
Afsonaviy qahramonlar esa moddiy va ma’naviy madaniyatning barcha elementlarini, barcha ijtimoiy institutlarni yaratgan “odil”, “oqil podsholar” sifatida gavdalantiriladi.
Afsonalarda biror narsa-predmetning paydo bo‘lishi, rasm-rusum yoki odatlarning boshlanishi haqida ma’lumot beriladi.
Afsonalarda tasvirlangan voqealar va hodisalar asosan ijodiy to‘qimalar zaminida yaratiladi.
Afsonalarni tarjima qilshda badiiy uslubdan foydalananiladi. Tarjima jarayoni murakkab bo‘lib, tarjimondan afsona qahramonlariga va Xitoy milliy o’ziga xos so‘zlariga izoh berib ketish talab qilinadi.
Xitoylik ayrim tarjimonlar buni bizgacha yetib kelgan miflar bitta qabilaning emas, qadimda Xitoyning turli joylarida yashagan ko‘p sonli alohida-alohida qabilalarning ijod mahsuli ekanligi bilan tushuntiradilar.
Turli qabilalar madaniyati negizida yagona xitoy madaniyati vujudga kelgan, hozirgi kunda bizgacha yetib kelgan miflarning kelib chiqishini, ularning bir xil emasligi yaratilish tabiatining turliligi shak-shubxasizdir.
Afsonalarda doimo afsonaviy hayvonlar, afsonaviy predmetlar hamda atrof-tabiat gavdalanadi, afsonalarda bo‘yoqdorlik kuchayadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |