4
1.2 Excel ning asosiy terminlari
Excel ishga tushirilganda hujjat darchasida bo'sh ishchi kitob paydo
bo'ladi. Ishchi kitob tushunchasi jadvallar bilan ishlashni osonlashtiradi.
Avvallari, bu tushuncha kiritilmasdan burun, foydalnuvchilarning talablari,
bir ishchi varaqni hajmi hisobiga qanoatlantirilar edi. Biroq, bu varaqlar
kattalashgani sari, ular ko'p qavatli uyga o'xshab qolardi va undan kerakli
informatsiyani topish qiyin edi.
Excel turidagi programmalarni takomillashtirishning keyingi qadamida,
jadvallarga boshqa jadval kataklarini hisoblash formulalarini joylash imkoniyati
berildi. Bu esa ma'lum darajada tashkiliy muammoni hal qildi, ammo bu holda
elektron jadvallarni barcha kerakli fayllarini bir vaqtda ochish lozim bo'lardi.
Va faqat ishchi kitobda Excelning avvalgi variantlarni kamchiliklari bartaraf
etildi: endi barcha informatsiya bitta, nisbatan osongina foydalaniladigan ishchi
kitobda joylashadi.
Ishchi kitob - Excelning asosiy hujjati hisoblanib, unda ma'lumotlar
saqlanadi va qayta ishlanadi. Ishchi kitob alohida-alohida ishchi varaqlardan
tashkil topgan. Har bir ishchi varaq ma'lumotlar saqlashi mumkin. Odatda
(jimlik holatida) har bir ishchi kitob hosil qilinganda, u 3ta ishchi varaqdan
iborat bo'ladi, biroq bu sonni o'zgartirish mumkin.
Har bir ishchi varaq o'z navbatida 256 ustun va 65536 qatordan tashkil
topadi. Ustunlarni lotin bosma harflari va ular kombinatsiyalari bilan nomerlash
qabul qilingan. Qatorlar esa 1 dan 65536 gacha bo'lgan natural sonlar bilan
belgilanadi.
Ustunlar A dan Z gacha, so'ngra AA dan AZ gacha, undan keyin BA dan
BZ gacha va hakazo, to ustun nomeri IV bo'lguncha ya'ni 256 ustun
nomerlanmaguncha davom etadi.
Ustun va harflar kesishgan joyga katak deb atash qabul qilingan. Katak
ma'lumotlar saqlovchi asosiy qism hisoblanadi. Har bir katak o'z belgisiga ega. Bu
belgi ustun va qator nomeridan tashkil topadi va katak adresi yoki katak
5
ko’rsatkichi ko'rinishida foydalaniladi.
Misol uchun: S5 - bu S ustun va 5 qatordagi kesishuv joyidagi katak
adresi.
Ishchi kitob darchasining quyi qismida ishchi varaqlar yarliklari joylashgan
bo'lib, ular orqali ishchi kitobdagi kerakli varaqlar tanlanadi. Odatda yarliklar
Лист1, Лист2, Лист3 va hakazo kabi belgilanadi.
Quyidagi termnnlar: fayl, ma’lumot, formula, funksiya, diagramma va
gistogrammalar Excelda eng ko’p qo’llaniladigan terminlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: