23
obyektida samolyot tasvirining yuqorisida joylashsin.
20.
WordArt panelida
Формат объекта WordArt tugmasini
chiqqillating. Цвета и линии
qo'shimchasining Заливка ro'yxatidan
Изумрудный rangi,
Линия ro'yxatidan
Зеленный rangini tanlang
21. Shift klavishini bosgan holda hosil qilingan obyektlarga sichqonning
chap tugmasini chiqqillating. Действия tugmasini bosing va Группировать
buyrug'ini tanlang. Excel belgilagan obyektlarni bittaga birlashtiring.
22.book.xls ishchi kitobni saqlab qo'ying.
Mashqlar. Quyidagi rasmlarni hosil qiling.
24
3-Laboratoriya ishi
Formulalardan foydalanish
Maqsad. Formuiaiardan foydalanish, absolut va
nisbiy adreslar
1. Nazariy qism. Excel
programmasidagi jadvallarda hisoblashlar
formulalar yordamida amalga oshiriladi. Formulalar matematik amal belgilari bilan
bog'langan sonli konstantalar, kataklar adreslari, havolalar va Excel funksiyalarni
saqlashi mumkin. Qavslar bajaradigan amallarni standart tartibini o'zgartirish
imkoniyatini beradi. Agar katak formula saqlasa, u holda mazkur formulani
hisoblangan natijasi ishchi varaqda aks etadi. Agar formula saqlanayotgan katak
faollashtirilsa, Строка формул qatorida namoyon bo'ladi.
Formulani kiritish = (tenglik) belgisi bilan boshlanishi zarur.
Formula havolalarni, ya'ni, boshqa formulalar adresini saqlashi mumkin.
Bu holda mazkur kataklar ichidagi hisoblashlar bu formula bilan bog'liq katakka
ham tegishli bo'ladi. Formula hisolashlardagi natija boshqa katakdagi songa
bog'liqligini bildiradi.
Shunday qilib, formula saqlaydigan katak bog'liq hisoblanadi. Ya'ni, formula
saqlaydigan katak qiymati, havola ko'rsatadigan katakdagi qiymat o'zgarishi
bilan qayta hisoblanib ko’riladi.
Katakka havolani ikki yo'lda berish mumkin: klaviaturadan terib kiritish
yo'li va ishchi varaqdagi katakni ko'rsatish yo'li bilan. Birinchi holatda,
hisoblanadigan katak ustida havola kiritiladi, bu yo'lda xatolar yuz berishi mumkin,
ikkinchi yo'lda kerakli katakka sichqon yordamida ko'rsatiladi. Avvaldan
kelishilganidek, formuladagi katakka havola nisbiy deb ko’riladi. Bu quyidagini
bildiradi, agar havola adreslari formulalarini nusxalari hosil qilinsa, berilgan
katakka nisbatan nusxalardagi formulalar ham mos ravishda o'zgaradi.
Misol uchun: V2 katagida Al katagiga havola bo'lsin. Shunday qilib, havola
bitta katak chapga va bir katak yuqoriga bog'langandir. Agar formulani boshqa bir
katakka nusxasi ko'chirilsa, u holda mavjud nisbiy havolaga ko'rsatish saqlanadi.
Ya'ni, misol uchun E27 katakka nusxasini ko'chirsangiz, havola bir katak chap
25
va bir katak yuqoridagi
D26 katagiga ko'rsatadi.
Absolut adreslashda esa havola adresi nusxa ko'chirganda ham o'zgarmaydi.
Formulani tahrirlashda adreslash usulini o'zgartirish uchun havolali
katakni belgilab, F4 klavishini bosing. Absolut adreslashdan foydalanuvchi katak
nomeri oldida $ belgisi turishi kerak. F4 klavishi bosilsa, turli havola variantlari
taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: