39
UMUMIY XULOSA
Jahon xalqlari juda qadim zamonlardan bir-birlari bilan yaqin aloqada bo„lib
kelgan. Zotan, ularning har biri katta yoki kichik bo„lsin dunyo fani va
madaniyatiga o„zining ulushini qo„shib kelmoqda. Xalqlar do„stligining muhim
vositasi tarjima hisoblanadi, bir-birlari bilan do„stona munosabat o„rnatishlari, bir-
birlarining madaniy boyliklarini o„rganishlari va o„zlashtirishlarini tarjimasiz
tasavvur qilish qiyin.
Fan, madaniyat va texnika sohasida ro„y berayotgan mo„jiza va olamshumul
hodisalar yo bevosita, yo bilvosita tarjima tufayli ommalashadi. Tarjima millatlar
orasida bevosita ma‟naviy aloqa qilish quroli hisoblanadi. Chunki u madaniy
boyliklar, kishilarning ko„p asrlik ezgu armonlari, g„oyasi va qarashlari
mujassamlangan asarlarni o„zga til sohibi bo„lmish xalqqa yetkazadi. Binobarin,
tarjima adabiy ta‟sirning ishonchli omili hisoblanadi. Tarjima tufayli jahon
adabiyotidagi ilg„or g„oyalar, badiiy kashfiyotlar, sa‟natkorlik mahorati, sinalgan
usul-uslublar yaqinlashib birlasha boradi.
Dunyo madaniyati rivojlanishining barcha natijalaridan koʻrinib turibdiki,
hech qaysi ma‟daniyat alohida oʻzi shakllanmaydi. Oʻz rivojlanish jarayonida u oʻz
tarixi va boshqa xalqlar ma‟daniyatiga murojat qilishga majbur boʻladi.
Madaniyatlararo munosabat xalqlarni oʻzaro bogʻlab turadi. Har qanday madaniyat
oʻzining til tizimiga ega. U til bilan iboralar orqali munosabatga kirishadi.
Y.S.Stepanovning ta‟kidlashicha, ibora inson ma‟naviy dunyosi madaniyatining
asosiy negizi hisoblanadi. Ibora tuzilishiga tushunish, qurilishiga tegishli boʻlgan
barcha tushunchalar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, ibora tuzilishiga uning
muhim omili boʻlgan madaniyat, etimologiya, tarixning asosiy belgilari,
zamonaviy birlashmalarni baholash kiradi.
Ingliz tilidagi iboralarda bizning tadqiqot doiramizga kiruvchi iboralarga
nisbattan keng tarqalgan hisoblanadi. Suhbatdoshlar bir-birining savoliga javob
berganda tayyorgarlik ko„rmay vaziyatga qarab fikr yuritadi, bunda suhbatdoshlar
aktivligi va operativligi yaqqol ko„zga tashlanadi. Aktivlik va operativlik natijasida
til vositalarini iqtisod qilishga intiladilar va natijada iboralar vujudga keladi.
40
Nutqda modal-imperativ formalar ko„p ishlatiladi. Kundalik aloqada bevosita
suhbatdoshning fikriga ta‟sir o„tkazish uchun imperativ ekspressiyadan
foydalaniladi. Iboralar o„zlarining semantik, funksional, uslubiy va sintaktik
xususiyatlariga ko„ra so„z birikmalari, sodda va qo„shma gaplardan ajralib alohida
bir turni tashkil etadi, ya‟ni iboralarda so„z, so„z birikmalari va gapning struktur
belgilari neytrallashib, yaxlitlik kasb etadi. Shuning uchun bugungi kunda
rivojlanib borayotgan ingliz tilshunosligida turli tipdagi so„z yasash qoliplari,
semantik-funksional planda olingan iboralar orasidagi aloqalar o„raganilishi
muhim.
Afsuski so„z va so„z birikmalari va gap uzoq yillar davomida tilshunoslikning
asosiy birliklari sifatida qabul qilib kelindi. Bu esa birinchidan til birliklarining
iearxik (pog„onali) munosabatini chuqur tahlil etmaslikka olib keldi, ikkinchidan
esa boshqa til birliklari, jumladan iboralar semantikasi, funksional uslubiy
xususiyatlari tadqiqqiga soya tashlab turdi. Keltirilgan misollardan ko„rinib
turibdiki, har bir lison, har bir madaniyat uchun o„ziga xos ham ma‟nolar –
konnotatsiyalarning yuzaga kelishi xarakterlidir. Ularning vujudaga kelishi
mexanizmlari ma‟no alohida aspektlarining kuchayishi bilan bog„liq. Bunda
assotsiatsiyalar konnotatsiyalar yuzaga kelishi uchun sabab-asoslarni hosil qiladi,
so„zning to„g„ri ma‟nosi ko„chma ma‟noga nisbatan ichki shakl sifatida keladi.
Olamning lisoniy manzarasi lisoniy ong tushunchasi bilan bog„lanadi.
O„rganilayotgan tilni o„zlashtirish ushbu til sohiblarining lisoniy ongini, olamning
lisoniy manzarasini o„zlashtirishni ko„zda tutadi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, turli tillar chizadigan olam manzaralari nimasi
bilandir o„xshash, nimasi biladir farqli. Lisoniy manzaralar orasidagi farqlar,
birinchi navbatda, boshqa tillarga tarjima qilinmaydigan va shu til uchun xos
konseptlarni o„z ichiga olgan lingvo o„ziga xos so„zlarda ko„zga tashlanadi.
Milliylik xususiyatini o„zida mujassam etgan tilning lug„at tarkibi o„zi
mansub bo„lgan til jamoasining moddiy-ijtimoiy hayotini, chunonchi, milliy urf-
odat va an‟analarini, geografik tasavvo„rini, ma‟naviyati va dunyoqarashini, diniy
e‟tiqodini, axloqiy me‟yorlarini, tafakkur yo„nalishini moddiy aks ettiradi.
41
Tillar orasidagi tafovut esa odatda bir xalq moddiy hayotida mavjud
muayyan tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush
tarzida uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy
ravishda yo„qligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, lug„aviy ekvivalentlik
munosabatida bo„lgan ayrim ikki til juftliklari bir-birlaridan biror xususiyatlari
bilan o„ziga xos ravishda farq qilishlari mumkin. Bu iboralarning milliy
xususiyatini belgilash baravarida ularning tarjimada o„zaro almashinuvlariga
to„sqinlik qiladi.
Xalqlar turmush tushunchalarini ifoda etadigan lisoniy vositalar tarjimasi
bo„yicha hanuzgacha bizda ham, xorijiy mamlakatlarda ham tarjima amaliyoti
ravnaqi uchun ozmi-ko„pmi xizmat qilishi mumkin bo„lgan jiddiy tadqiqotlar
yaratilmaganligi tufayli mazkur mavzuga oid qator masalalar o„zining ilmiy-
amaliy yechimini kutmoqda. Tarjimonni xalqlar turmush tushunchalarini
anglatadigan iboralarning ma‟no va shakllaridan ko„ra ko„proq ularning muayyan
kontekstlarda o„tab keladigan vazifalarini qayta yaratish masalasi bilan mashg„ul
qilmog„imiz darkor.
Tarjima asari xalqning ko„nglidan joy olishi uchun asar Vatan adabiyotining
fakti bo„lishi lozim. Shundagina asar muvaffaqiyat qozonadi. Bu esa tarjimon
iste‟dodi orqali qo„lga kiritiladi. Tarjimon iste‟dodining kuchi bilan asar ona tilida
qayta tug„iladi. Tarjima shunchaki lingvistik muammo emas. Agar tarjima faqat
lingvistik muammo bo„lganida asarni hamma xorijiy tillarga hamda qardosh
xalqlar tillariga tarjima qilish oson kechgan bo„lar edi. Holbuki, tarjima estetik
muammo hamdir. Boshqacha qilib aytganda, har qanday asarni bir tildan boshqa
tilga tarjima qilishda ikki tilni mukammal bilish ham kerak. Ammo shu bilan birga
tilni mukammal bilish kifoya emas. Har qanday asarni bir tildan ikkinchi tilga
mukammal o„tkazish uchun, bir qancha sof estetik hamda ko„plab ekstralingvistik
masalalarni hal qilishga to„g„ri keladi.
Iboralarni tarjima qilishning umum xususiyatlarini ko‟rib chiqib, iboralarni
tarjima qilish muammosini aniqlashga va iboralar tarjimasida uchraydigan
qiyinchiliklarni yengib o‟tishga harakat qildik.
42
Ishdan quyidagicha umumiy xulosalarga kelindi: tarjima o„ta murakkab
jarayon hisoblanib, uni tushunish, his qilish uchun mukammal o„rganib tahlil qilish
zarur. Tarjimaning bosh vazifasi asarni boshqa til vositalari yordamida qayta
yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so„z san‟ati ekanligidadir. Tarjimonning bir tilda
yozilgan kitobni ikkinchi tilga tarjima qilishdan ko„zlangan maqsad asl nusxa tilini
bilmagan kitobxonni asar matni bilan iloji boricha to„la, mukammal tanishtirishdir.
Shunday qilib, har qanday xorijiy tilni o„rganish jarayonida, uning tarixi kelib
chiqishi, tildagi grammatik, leksik hamda stilistik qo„shimchalar bilan tanishib
o„tilishi lozim. Iboraviy matnlarni tarjima qilish uslublarini tahlil qilish orqali
ularni tarjima qilish muammosini aniqlash orqali bizning ishimiz o„z maqsadiga
erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |