Samarqand davlat chet tillar instituti


Yuksalish yillari davrida O`zbekistonning iqtisodiy ahvoli haqida



Download 202 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2021
Hajmi202 Kb.
#73266
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuksalish yillarida

1.Yuksalish yillari davrida O`zbekistonning iqtisodiy ahvoli haqida

Yuksalish yillari haqida

Tarix sahifalariga o'tayotgan har bir daqiqa siz bilan bizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi nishonlanadigan kunga tobora yaqinlashtirmoqda. Ayni kunlarda ana shu ulug' va qutlug' ayyomni munosib kutib olish uchun umumxalq harakati avj olayapti. Bu jihatdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining " O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to`qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori dasturilamal bo'lib xizmat hilmoqda. Istiqlol, uning olamshumul ahamiyati haqida so'z borarkan, 1991 yilning 1 sentyabri, shubhasiz, ozod va obod Vatanimiz, ona yurtimiz tarixida tub burilish davrini boshlab bergan sana sifatida bitilib qolishini ta'kidlash lozim. Zero, mustaqillikning O'zbekiston atalmish jannatmakon o'lkada istiqomat qilayotgan, uning buyuk kelajagini yaratayotgan turli millat va elat vakillari turmushi, hayot tarzi, ongu shuuriga yetkazgan ijobiy ta'sirining chegarasi, o'lchov mezonlari yo'qdir. Istiqlol yillarida mehnatkash va bag'rikeng o'zbek xalqi hech kimdan kam emasligini, kam bo'lmasligini dunyo ko'z o'ngida amalda isbotlab kelmoqda. Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan qarorida ta'kidlanganidek, O'zbekiston sobiq sho'rolar ittifoqitarkibidahayot darajasi bo'yicha eng oxirgi o'rinlardan birini egallagan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati jadal sur'atlar bilan o'sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan davlatga aylandi. Mustaqillik yillarida respublikamiz iqtisodiyoti 4,1 barobar, aholining yalpi real daromadlari jon boshiga 8,2 karra oshgani, keyingi 9 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati 8 foizdan kam bo'lmay kelayotgani ham buning yorqin tasdig'idir.

Istiqlol yillarida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham katta o'zgarishlar va yuksalishlar sodir bo'ldi. Prezident I.A.Karimov va respublika hukumatining qo'llab-quvvatlashi va e'tibori tufayli kombinat nafaqat dunyodagi oltin va uran ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalarning birinchi o'nligida saqlanib qoldi, balki 'zining ko'p tarmoqli, yirik davlat korxonasi maqomini yanada mustahkamladi.

Hozirgi kunda 59 ming nafardan ortiq turli kasb egalari mehnat qilayotgan kombinat qudratli ishlab chiqarish tarmoqlari va infratuzilmaga ega. Bu, korxona bo'linmalari faoliyat ko'rsatayotgan hududlar ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etayapti. Qizilqum vohasining iqtisodiy salohiyati, sanoati, qurilishi va madaniyati yuksalib borayotganligi Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan chambarchas bog'liqdir.

Respublika iqtisodiyotida katta mavqega ega bo'lgan ulkan korxonamizda istiqlol yillarida qator ishlab chiqarish ob'ektlari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi, mavjudlari eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ji?ozlantirildi. 3-, 4- gidrometallurgiya, emulsion portlatgich moddalar zavodlari, qizilqum fosforit majmuasi,

"Gujumsoy" koni, "Sugrali", "Istiqlol", "Shimoliy Konimex", "Ko'hnur", "Moylisoy" uran konlari va boshqa korxonalar shular jumlasidandir. Mustaqillikning ilk kunlarida tarkibida oltin bo'lgan ruda birgina2-gidrometallurgiya zavodida qayta ishlangan bo'lsa, ayni paytda bu ish 4 ta gidrometallurgiya zavodida, bitta oltinni tanlab eritmaga o'tkazish koni va bitta oltin boyitish sexida amalga oshirilayapti. 1991 yilgi ko'rsatkichlarga solishtirganda rudani qayta ishlash 213,2 foizga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish 43,4 foizga o'sdi. 2011 yilda "Muruntov" konida rudani 270 metr balandlikka tashib beradigan, yillik unumdorligi 14 million tonnani tashkil etadigan tik-qiya konveyer majmuasi foydalanishga topshirildi. Natijada konda 900-1000 metr chuqurlikdan ham foydali qazilmalar qazib olish imkoniyati yaratildi.

Markaziy kon boshqarmasida kombinatda birinchi bo'lib 220 tonna yuk ko'tarish quvvatiga ega bo'lgan avtoag'dargichlardan foydalanila boshlandi. Kombinat oltin ishlab chiqarishining asosiy korxonasi hisoblangan 2- gidrometallurgiya zavodidaolib borilgan texnik va texnologik qayta jihozlash evaziga rudani qayta ishlash hajmini keskin oshirish va 1991 yildagi 20 million tonnadan rekord ko'rsatkich - 37,3 million tonnaga yetkazishga erishildi. "Ko'kpatas", "Dovgiztov" konlarining sulfidli rudasini 3-gidrometallurgiya zavodida biologik oksidlantirish yo'li bilan qayta ishlash yo'lga qo'yildi.

2012 yilda 1-gidrometallurgiya zavodida uran ishlab chiqarishni 33 foizga oshirish imkonini beradigan rekonstruksiya va kengaytirish ishlari amalga oshirildi. Umuman yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulida ishlayotgan 16 ta konda uran qazib olish bo'yicha 2013 yilda kombinat tarixida eng yuqori ko'rsatkichga erishildi.

Eng quvonarlisi shundaki, kombinat mehnatkashlarining turmush darajasifarovonlashib bormoqda. 2008 yildan 2013 yilgacha bo'lgan davrda kombinat ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlarining ish haqi o'rtacha 2,6 baravarga oshdi.

Kombinatda ijtimoiy masalalar ham muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Kombinat tasarrufidagi shahar va qo'rg'onlarda, jumladan, Uchquduq, Zarafshon, Navoiy, Marjonbuloq shaharlari, Zarkent qo'rg'onida zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan Yoshlar sport markazi ishga tushdi. Uchquduq shahrida "Orzu" bolalar istirohat bog'i, Zarkent qo'rg'onida "Konchi" madaniyat uyi foydalanishga topshirildi. Zarkent qo'rg'onida 8 ta, Zarafshon shahrida 36 ta, Uchquduq shahrida 12 tako'p qavatli uylar, Zafarobodda Yoshlar yotohxonasi kalitlari egalariga topshirildi. Bundan tashqari Zarkent qo'rg'onida 4 ta yotohxona, mehmonxona qurib bitkazilib ishga tushirildi.

Har doim bo'lganidek, kombinatimiz mehnat ahli Istiqlol bayramining 23 yilligini yorug' yuz, ko'tarinki kayfiyat va arzigulik mehnat yutuqlari bilan qarshi olayapti. Tovar mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha yetti oylik reja 100,3 foizga bajarildi. Oltin ishlab chiqarish topshirig'i uddalandi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga solishtirganda 104,2 foizni tashkil etayapti. Uran ishlab chiqarish bo'yicha reja 102,4 foizga ado etildi. Kombinatda 2014 - "Sog'lom bola yili" davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida keng ko'lamli ishlar olib borildi.

Korxona mehnat ahlidan 132 nafar kishiga qishloq joylarida namunaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan uy-joylar qurilishi boshlang'ich badalini to'lash uchun 42,5 million so'mdan, jami 5 milliard 610 million so'm foizsiz ssuda ajratildi. Zarafshon shahrida akvapark qurilishi davom etayapti. Umuman joriy yilning olti oyida yil davlat dasturida belgilangan tadbirlar uchun 17 milliard 768 million so'mdan ko'proq mablag' sarflandi.

Kombinatda kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini, tajribali mutaxassislar hamda ishchi-xodimlar safini oshirishga doimiy e'tibor berib kelinmoqda. 1991 yilda korxona jamoasi 35,3 ming nafar kishidan iborat bo'lsa, ayni paytda bu raqam 59 ming nafardan oshib ketdi. 2014 yilda kombinatga birkitilgan 10 ta kollejni 3231 nafar yigit-qiz tugatdi. Ularning 2186 nafarinikorxona bo'linmalariga ishga joylashtirish mo'ljallanmoqda. hozirgacha kollej bitiruvchilaridan qariyb 900 nafari ish bilan ta'minlandi. Yaqinda kombinatda o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh mutaxassisi" tanlovi yakunlandi. Unda 11 yo'nalish bo'yicha 13 nafar yoshlar tanlov diplomantlari bo'lishdi.

Mustaqillik shodiyonlari arafasida loyiha umumiy qiymati 59,9 million AQSh dollari bo'lgan Qizilqum fosforit majmuasining ikkinchi navbati ishga tushiriladi. Bu, yiliga qishloq xo'jaligi uchun g'oyatda zarur bo'lgan 716 ming tonna 26 foizli fosforit konsentrati ishlab chiqarishdan tashqari 136 ta yangi ish o'rni yaratish demakdir. Shuningdek, Zarkent qo'rg'onida har biri 16 tadan xonadonga ega bo'lgan 4 ta ikki qavatli uylar, Uchquduqda Yoshlar markazi foydalanishga topshiriladi.

"Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go'zal O'zbekistonim!" degan ezgu shior ostida butun mamlakatimizda, jumladan kombinatimizda tashkiliy-amaliy, ma'naviyhamda targ'ibot ishlari davom etmoqda. Sizlarni mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan qizg'in tabriklab, barchalaringizga mustahkam sog'liq, xonadonlaringizga totuvlik, qut-baraka, ona Vatanimiz ravnaqi yo'lida qilayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi.

Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;

ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;

uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;

to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.

Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.

Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.

SHunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.

Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.


Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish