Samarqand davlat chet-tillar instituti


Choson (Li) sulolasi davrida adabiyot (XV-XIX)



Download 132,5 Kb.
bet4/8
Sana06.06.2022
Hajmi132,5 Kb.
#641188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anorboyeva

1.2. Choson (Li) sulolasi davrida adabiyot (XV-XIX).
1392-yilda Li Songe (1335—1408) tomonidan Choson sulo- lasiga asos solinishi koreys millatining rivojlanish jarayonida yangi bosqich yasadi. Choson qirol sulolasining rivojlanishi yer egaligi islohoti, oliy tabaqalar, buddaviylarning ibodatxonalaridan yerning musodara qilinishi va uning yangi hokimiyat o‘rtasida taqsimlanishi sharoitida sodir bo‘ldi. Choson sulolasining hukmronligi davrida podsho Txechjon (1401 —1418)ning hukmronligi bilan bog‘liq olamshumul voqealar yuz berdi. Lining hukmronligi davrida poytaxt Kesondan Xanyan (hozirgi Seul)ga ko‘chirildi, shuningdek Xonxe (hozirgi pas- portlarga o‘xshash «nomli taxtachalar») tizimi joriy etildi. Choson davrida Sechjon (1418-1450) qudratli arbob sifatida e’tirof etilgan. Uning faoliyati mamlakatda sodir bo'lgan madaniy
Uyg‘onish, saroy Akademiyasi — Chipxenchjon («Donishmandlar majlisi»)ning ta’sis etilishi, koreys alifbosi — «Xunmin Chonim»- ning kashf etilishi va yaratilishi (1443), buning natijasi o‘laroq kitobat ishi, fan, madaniyat, adabiyot va maorifning ravnaq topishi bilan belgilanadi. Sechjon hukmronligi davrida jamiyat huquqiy hayotini belgilovchi qonun hujjatlari to‘plami — «Davlatni boshqarish buyuk kodeksi» («Kenguk Techjon») qabul qilingan, davlatning muxtasar tarixi «Tonsa kanmon» yaratilgan. Xangilda Choson sulolasi asoschilariga bag‘ishlangan «Ajdodlarga mad-hiyalar kitobi» («Enbi ochxonga»), «Buddaning taijimayi holi»
(«Sokpo Sanchjol») tuzilgan, shuningdek podsholarning hukm-ronlik davrlari solnomalari — «Haqqoniy yozuvlar» («Sillok») nashr etilgan. Shu bilan bir vaqtda, Choson davrida qudratli qo‘shnilaming tajovuzlari davom etgan. 1592-yilda Choson yaponlar istilosini boshdan kechirgan. Imchjin urushi degan nom bilan tarixga kirgan bu urush xalq boshiga katta musibatlar keltirgan, uni xonavayron qilgan, ayni vaqtda koreys xalqining bukilmas irodasini amalda namoyish etgan. Yaponlarni mamlakatdan siqib chiqarishda lybek» partizanlar otryadlari («Adolat otryadlari»), buddaviy rohiblarning «Sviben» lashkari («Rohiblar lashkari») ulkan rol o‘ynagan. Imchjin urushi solnomasiga afsonaviy admiral, alohida «Kobukson» toshbaqa-kemasining yaratuvchisi Li Sunsin (1548— 1598) ismi haqli ravishda kiritilgan. Dushman o‘qi tekkaniga qaramay, admiral jangchilarning jangovar ruhini qo‘llab-quwatlagan, ularni o‘limga tik boqib, dushmanni tor-m or keltirishga chaqirgan: «Mening tepamda aza tutmang, o‘limim haqida e’lon qilmang. Nog‘oralar va kamaylami chaling, bayroq- larni baland ko‘taring va hujumga kiring - jang hali tugagani yo‘q. Dushmanni bitta qoldirmay qirib tashlang!» Admiral Li Sunsin xalq matonati, uning bukilmas irodasi timsoliga aylandi. U o‘zidan noyob xazina — xalqning qahramonona hayoti izlaridan yozilgan «Safar kundaligi» («Nanchjun ilgi») solnomasini qoldirdi. Yaponlar tor-mor keltirilganidan so‘ng xalqning bunyodkorona hayoti 1636-yilda manchjurlar istilosi bilan barham topdi.Choson davrida mafkurada ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi, buddizmning о‘mi va ahamiyati pasayadi, konfutsiychilikning mavqeyi kuchayadi. Neokonfutsiychilik davlat mafkurasi maqomi- ni oladi. «Sirxak» («Real fan uchun») ilmiy yo‘nalishining yaratilishi jamiyat hayotida muhim voqeaga aylanadi. Mazkur yo‘nalish namoyandalari jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh qilishga, hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishgam chaqiradilar, yer va soliq tizimini isloh qilish zarurligini ta’kid- laydilar. «Sirxak» harakati mamlakat bo‘ylab keng yoyilishiga uni podsholar Yenchjo (1725—1776) va Chonchje (1776—1800) qo‘llab-quvvatlagani ham imkoniyat yaratadi. Van Chonchjo maxsus organ — «Kyuchjongap»ni ta ’sis etadi va u ilmiy tadqiqotlarni olib borish qoidalarini ishlab chiqadi. «Sirxak»
harakati bilan bir qatorda «Sharq ta’limoti» («Топхак») harakati ham xalq orasida dovruq qozonadi. Uning a’zolari mamlakat hayotiga chet el davlatlarining aralashuvini butunlay rad etadilar. Bu davrda mamlakatga katolitsizm gboyalari kirib keladi. Choson davrida ijtimoiy munosabatlar keskinlashadi, yanbanlar, oliy
tabaqa vakillarining xalqqa nisbatan jabr-zulmi kuchayadi. Qishloq xo‘jaligi tanazzulga yuz tutadi, xalq noroziligi kuchayib boradi, amaldorlar o‘rtasida nifoqlar faollashadi — bularning barchasi davlatchilik asoslariga putur yetkazadi, Choson davlatining kuch-qudratiga raxna soladi. Natijada davlat XIX asr bo‘sag‘asida parchalanish yoqasiga kelib qoladi.
Choson davrining ijtimoiy-tarixiy hayoti adabiyot rivoji uchun qulay zamin yaratadi. Yozuvning yaratilishi natijasida adabiyot milliy ahamiyatga molik muhim vazifalami hal qiladi. Besh yuz yildan ortiq davom etgan Choson davri buyuk voqealarga boy bo‘lib, adabiyotning rivoj topishi va yangi janrlarning paydo
bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bularning barchasi mazkur davr ada- biyotini davriylashtirish zaruriyatini belgilaydi. Taniqli koreya-shunos olim A.F.Trotsevich Choson davri adabiyotini quyidagi davrlarga ajratib o‘rganishni taklif qiladi:
1. Birinchi davr — XV-XVI asrlar, Yaponiya bilan Imchjin urushiga qadar bo‘lgan davr. Ushbu davrda «Sijo» va «Kasa» janrlari rivojlanadi. «Sijo» — «Yil fasllari qo‘shiqlari», «Zamonaviy laparlar». «Kasa» — «Xirgoyi qo‘shiqlar» ohangga solingan nasmi eslatadi1.
2. Ikkinchi davr — XVII—XVIII asrlar. Mazkur davr milliy nasr janrlari, yirik hikoya shakllari - romanlar (chanpxyon sosol), koreys tilidagi kundaliklar, chan-sijo (uzun sijo), kixen kasa (sayohatlar haqida xirgoyi qo‘shiqlar) va kyuban kasa (ayollaming xirgoyi qo‘shiqlari) rivojlanadi.
3. Uchinchi davr - XIX asr. U koreys tilida o‘rta va kichik shakldagi nasriy asarlar (qissalar, hikoyalar), xitoy tilidagi drama, xalq dramasi — pxansori uchun mualliflik matnlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Adabiyot rivojlanishi jarayonining uchala davri mobaynida pxesol janri o‘z mavqeyini saqlab qoladi. U ko‘p sonli kichik janrlar — novella, latifa, hikoyat, ocherkni qamrab oladi. Mazkur
janming eng yaxshi namunalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: Kim Ximenning «Qishloq kulgili hikoyalari», Son Xyonning «Yenchjo shingil hikoyalari» (XV asr), Chxon Yening «Dengizdan sharqdagi mamlakatdan turli hikoyalari», Lyu Mon’inning «Ou oddiy hikoyalari», О Sukkvonning «Pxegvan ruhidagi kulgili
hikoyalari», Li Chje Sinning «Ahamiyatsiz voqealar haqida yozuvlari», Sin Ximning «Bekorchilikdan yozilgan hikoyalari» (XVI-XVII asrlar). XVII asrda yirik hikoya janri — sosol rivojlanadi. Olimlar fikriga ko‘ra, koreys nasri soso/ning rivoj la nishiga noma’lum muallif tomonidan yaratilgan «Imchjin urushi solnomasi» zamin yaratgan. Sosol janrining eng sara namunalari jumlasiga Xo
Gyunning «Xon Gildon haqida qissa» asari, noma’lum muallif-larning «Chon Chji haqida qissa», «Рак xonim haqida afsona», «Chxunxyan haqida qissa» asarlari kiradi. Kim Sisip, Lim Chje, Kvon Pxil, Kim Manchjun singari adiblar ijodi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur mualliflaming asarlarida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar ko‘tariladi, ijtimoiy tengsizlik illati, amaldorlaming kirdikorlari, oiladagi zo‘ravonlik ayovsiz fosh qilinadi; sof tuyg‘ular, Vatanga muhabbat, fuqarolik burchiga sadoqat, ayollarning bokiraligi madh etiladi. Choson davri adabiyoti xalq og‘zaki ijodi an’analariga tayanish bilan ham tavsiflanadi. Xalq og‘zaki ijodi motivlaridan foydalanish adiblarga asarlarning nasihatomuz mazmunini ifodalashga ko‘maklashish bilan bir qatorda, ijtimoiy-tarixiy hayot illatlarini haqqoniy tasvirlash orqali donishmandlik, yaxshi xulqlilik va graj-
danlik fazilatlaridan saboq berishga ham imkoniyat yaratadi.

Download 132,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish