KIRISH
Ilmiy ishlarning turlariga kichik maqola, maqola, issertatsiya va monografiya kiradi. Bularning har biri qandaydir ilmiy muammoning yechimi haqida ma'lumot beradi. O‘sha ilmiy muammo yoritib berish uchun dastlab mavzu tanlanadi. Mavzuda ilmiy muammoning o‘ziga xos tushunchalari aks etishi kerak. Shuning uchun dissertatsiya mavzulari Ilmiy kengashlarda muhokama qilinib olimlar nazoratidan o‘tadi. Bunda asosiy maqsad dolzarb, kelajakda ilm-fan uchun zarur bo‘lgan muammolar yechimini o‘rtaga tashlash va hal etish muhim hisoblanadi.
Ilmiy ish rejasi mavzuni qarab olgan holda tuziladi. Reja ilmiy ishning turi, shali va hajmiga qarab sodda va murakkab bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |