Yangi yil
Sollal — oy taqvimining birinchi kuni. Yangi yil uch kun nishonlanadi: Yangi yil arafasi, Yangi yil kuni va ertangi kun. Yangi yilda koreyslar birinchi bo'lib quyosh nurlarini ko'rish uchun ota-onalari bilan mamlakat sharqiga sayohat qilishadi. Bu kuni vafot etgan ajdodlar ham yodga olinadi.Yangi yil tongida guruchli non va qayladan tayyorlangan sho'rva — ttokkukni iste'mol qilish an'ana bo'lib qolgan. Kim birinchi bo'lib ttokkukni yeb bo'lsa, u bir yoshga ulg'aygan hisoblanadi. Ba'zida koreyslar sizning yoshingizni «Siz nechta kosa ttokkuk yegansiz?» iborasi bilan so'rashi mumkin.Bu kuni bolalar ota-onalarini tabriklaydilar. Ular yerga bosh egib, tilaklar aytadilar. Ota-onalar esa ularga pul berib, Yangi yilga kichik nutq-ko'rsatma berishadi.O'rta Osiyoga ko'chib o'tgandan so'ng, Goryeo xalqi atrofdagilarga qaraganda boshqacha turmush tarzida yashagan. Ular sug'orish inshootlarini qurishdi va shu hududda sholi dehqonlariga aylanishdi. U kamdan-kam atrofdagi ko'chmanchilar bilan muloqotda bo'lib, ta'limga e'tibor qaratdi. Tez orada Goryeo aholisi Koreys milliy kiyimlarini kiyishni to'xtatdilar, ammo ular Markaziy Osiyoliklarga emas, balki G'arb kiyimlarini qabul qilishdi.
Koreyslarning Buyuk Ipak yo‘liga daxldorligi va u bilan aloqasi Samarqanddagi Afrosiyob devoriy suratlarida ham qayd etilgan bo‘lib, ularda chet davlatlar vakillari qatori koreyalik mehmon ham tasvirlangan. 1937 yildagi deportatsiya vaqtidan beri O‘zbekistonda yashab kelayotgan koreyslar o‘zlarining yangi vatanlari ravnaqi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Diasporaning o‘nlab vakillari Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lganlar, jumladan, “Polyarnaya zvezda” xo‘jaligining raisi Kim Pen Xva bu mukofot bilan ikki marta taqdirlangan.Mustaqillik xalq an’analari, urfodatlari va tilining saqlanishi hamda diasporaning yanada hamjihat bo‘lishi uchun yangi imkoniyatlar yaratib berdi. 1991 yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi Koreys madaniy markazlari uyushmasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 ta bo‘linmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda bu markazlarda koreyslar o‘z ona tillarini o‘rganadilar, boshqa etnik birlashmalar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining davlat va milliy bayramlarini hamda Sollal — koreyscha yangi yil, Tano — yoz bayrami va Chusok — hosil bayrami kabi koreys xalqining milliy bayramlarini nishonlaydilar.Har bir markaz qoshida folklor raqs va qo‘shiq jamoalari tuzilgan, ona tili to‘garaklari, shaxmat va sportning milliy turlari bo‘yicha seksiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Undan tashqari, har bir markazda Oqsoqollar kengashi va diniy marosimlarni tashkil qilish bo‘yicha tashkilotlar faol ishlamoqda. Har yili “O‘zbekistonlik koreyslarning an’analari va urfodatlari” respublika konferensiyaseminari o‘tkaziladi. Ushbu anjuman natijalari bo‘yicha mavzuga oid risolalar chiqariladi. Kengash homiyligida “Ariran” pansionati faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xotira va qadrlash kunida esa mehnat faxriylari taqdirlanadi.Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi, “O‘zbekiston–Koreya” do‘stlik jamiyati bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi uyushma tomonidan har yili xor jamoalarining respublika festivali, Assotsiatsiya qoshida faoliyat yurituvchi “Tinbo” ilmiytexnik jamiyati tomonidan esa ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi.O‘zbekistonda ilgari yashagan va hozirgi kunda istiqomat qiluvchi taniqli koreys arboblari haqida kitoblar va ma’lumotnomalar, “Ariran” ijodiy uyushmasi va Cho Men Xi nomli adabiyot klubi tomonidan koreys yozuvchilari va shoirlarining to‘plamlari nashr qilinadi. Assotsiatsiyaning Yoshlar markazi “Vatandoshlar Network” anjumani, koreys an’analari bo‘yicha seminarlar o‘tkazmoqda, markaz faollari xalq bayramlari, xayriya tadbirlarida muntazam ishtirok etmoqdalar. Mamlakatning turli hududlarida “Koryo”, “Kotbonari”, “Samdiyon”, “Syadal” raqs ansambllarining konsertlari san’atsevarlar qalbini rom qilgan.Assotsiatsiya ishida yoshlarning faol ishtirok etishi — o‘zbek diyorida salkam 80 yildan beri yashab kelayotgan koreys diasporasi farovon hayotining yorqin dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |