Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazaryasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasi



Download 73,93 Kb.
bet3/14
Sana19.06.2021
Hajmi73,93 Kb.
#70828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KURS ISHI TUMA

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi avlod jahon mamlakatlari taraqqiyotining o`ziga xos globallashuv bosqichida yashamoqda. Bu bosqichda xalqaro aloqalar, mamlakatlar hayotining bir-biriga ta'siri, turli sohalardagi o`zaro munosabatlar, fikr va tajriba almashinuvlari, sintez va uyg`unlashuv har qachongidan ham yuqori bosqichga ko`tarildi. Endi har qanday hodisa ham butunjahon kontekstidagina o`zining tom ma'nodagi bahosini olishi mumkin. Binobarin, adabiyotshunoslikda ham milliy adabiyot asarlarini jahon so`z san'atining nodir namunalariga qiyosan baholash tamoyili kuchaymoqda. Aslini olganda, biror davrda ham o`z qobig`iga o`ralgan adabiyot bo`lgan emas, bo`lmaydi ham. Xalqlar do`stligi, jismoniy va ma'naviy kamolot, o`zaro hamkorlik va birodarlik, halollik singari yuksak gumanistik ideallarni targ`ib etgan san'at va adabiyot hamma davrlarda ham o`zaro ta'sir tamoyili zaminida rivojlanib, taraqqiy qilib borgan. Binobarin, muayyan yozuvchi ijodini jahon adabiyoti namunalariga qiyosan o`rganish masalasi, birinchidan, milliy adabiyotning, muayyan yozuvchi ijodining dunyo adabiyoti kontekstidagi o`rnini belgilash; ikkinchidan, ijodiy individuallik masalasini hal qilish nuqtai nazaridan hamisha dolzarbdir.

Bundan tashqari, o`zbek adabiyotiga jahon ilg`or adabiyotining ta'siri XIX asr oxiri - XX asr boshlaridan e'tiboran sezilarli bo`lib qoldi. Ijtimoiy-siyosiy yemirilishlar zaminida tarjimachilikning, o`zaro adabiy aloqalarning taraqqiy etishi, rus adabiyoti va adabiyotshunosligi orqali bevosita adabiy ta'sir kuchaydi. O`zbek adabiyotida jahon adabiyoti ta'sirida bir qator janrlar shakllandi va taraqqiy etdi, konkret asarlar maydonga keldi. Umuman, XX asr o`zbek adiblari ijodi, ularning salaflari - Sharq mumtoz shoirlari hamda Yevropa va Amerika adabiyoti vakillari ijodidan farqli ravishda, XX asrdagi yangi ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash zaminida sharq va g`arb adabiy an'analarining, Sharq va G`arb tafakkurining murakkab sintezi sifatida maydonga keldi. Garchand XX asrda yashab ijod etgan o`zbek adiblari ijodi g`oyaviy-badiiy jihatlardan keng tadqiq qilingan bo`lsa ham, bugungi adabiyotshunoslik oldida milliy adiblarimiz ijodini mana shunday murakkab sintezlashuv hosilasi sifatida alohida-alohida o`rganish vazifasi turibdiki, bu ham mavzuning dolzarbligini ko`rsatadi.




Download 73,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish