Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti



Download 36,88 Kb.
bet1/15
Sana08.05.2021
Hajmi36,88 Kb.
#63749
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Referat Amaliyot Sunnatilo Abdullayev


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI


«Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim tarixi» mavzusida



REFERATBajardi: Abdullayev Sunnatilo

Tekshirdi:_________________

Samarqand – 2020

REJA:
1. Masofaviy ta’lim tushunchasi
2. Masofaviy ta’lim tarixi
3. Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari
4. O’zbekistonda masofaviy ta’limni rivojlanishi.
Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi «Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman» deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o‘qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda. Turli axborotlar «bozori»da yanglishib qolmaslik uchun sifatli xizmatlardan foydalanish zarur. O‘zbekistonda so‘nggi yillarga kelib bu yo‘nalish rivojlanmoqda.

Endi uydan chiqmay turib sifatli ta’limni egallash yangilik emas. Masofaviy ta’lim ma’lumotlaridan o‘quv kursining saytida ro‘yxatdan o‘tgach foydalanish mumkin. Har bir dars tinglovchining bilimni egallaganini tekshiruvchi alohida misollar, sinovlardan iborat bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan turli multimedia vositalari yordamida fikr almashish ham mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlashda esa o‘quvchilar imtixon topshirib maxsus sertifikatni qo‘lga kiritish imkoniga ega.

Hozirgacha bir qator mahalliy Oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlarda masofaviy o‘qitish amalga oshirilgan. Masalan, Respublika «O‘zbekturizm» ilmiy-o‘quv konsalting markazida, SamDTI, ToshDPI Termiz filialida yo‘lga qo‘yilgan masofaviy o‘qitish kurslarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Onlayn ravishda bilim olishni, masofadan turib o‘qishni istaganlar uchun turli xildagi platformalar muntazir. Masalan, YouTube platformasidagi o‘zbek tilidagi video darslar ma’ruzalar orqali amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlab borishni niyat qilganlar uchun foydali. Sababi, bunday video darsliklarda tomoshabin ekranida so‘z borilayotgan mavzuning batafsil bayoni tasvir orqali beriladi. Masalan, psd.uz saytining YouTube’dagi sahifasida Photoshop grafik muharriri haqida bir nechta videodarslar tayyorlangan bo‘lib, ularning davomiyligi asosan 2-3 daqiqadan iborat. Bu esa mavzuning bo‘lib alohida o‘rganilishini hamda uni yaxshi egallash imkonini beradi. Ammo materiallar faqat boshlang‘ich malakaga ega kishilar uchun tayyorlangan va videodarsliklar soni juda kam. Yana bir boshqa Code Leader nomli sahifa tomonidan berib boriladigan Web dasturlash asoslari bo‘yicha darslar o‘zbek tilida dasturlash bo‘yicha bilimlarini boyitmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. YouTube’da turli soha bo‘yicha bunday darslarni topish mumkin.

Bundan tashqari, interaktivlikni o‘zida namoyish etuvchi yordam.uz saytida foydalanuvchilar dasturlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘zbek tilida yozib qoldirishlari mumkin. Sayt mualliflari bo‘lgan mutaxassislar esa mazkur savollarga javob yozib qoldiradilar. Bu platforma tuzilishi bilan forumga ham o‘xshash, chunki mualliflardan tashqari ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar ham berilgan savolga javob qoldirishlari mumkin.

Umuman olganda bugun axborot tarqatishda foydalanuvchilar orasida Telegram-kanallarining salmog‘i yuqori. Eng qulay va tezkor kommunikatsiya vositasi bo‘lgan Telegramda ham masofadan turib bilim olish mumkin. Til o‘rganish, pazandachilik va boshqa fanlarga ixtisoslashgan kanallarga qo‘yiladigan turli formatdagi ma’lumotlar istalgan vaqtda qo‘l ostingizda bo‘ladi. Bunday o‘qishning yagona kamchiligi kanallarga yuklanadigan reklamalarning ko‘p bo‘lishidir. Shunday bo‘lishiga qaramay bugunga kelib Telegram kanallarini faqat bir tomonlama axborot uzatuvchi deb bo‘lmaydi. Uning ovoz berish imkoniyati sabab auditoriya ham o‘z fikrini bildirib ovoz berishi mumkin. Misol uchun, dasturlash haqidagi blog, videodarslar, tarjima va maqolalar berib boruvchi mayoq.uz kanali ushbu elementdan samarali foydalanadi.

Masofadan o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega.


  • Dars jadvalining qulayligi;

  • Istalgan joydan turib ta’limdan  foydalanish manzillari;

  • Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunishlari tempida o‘tkaziladi;

  • Qulay o‘quv reja;

  • Ma’lumotlar bazasining to‘planishi, ya’ni oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va undan foydalanish imkoniyati.

  • Multimediya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish.

  • Malakali o‘qituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb qilish.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali masofaviy ta’limga qo‘shilish bu boradagi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish, o‘z natijalarini do‘stlar bilan bo‘lishish hamda do‘stlarining ham yutuqlari bilan tanishish imkonini beradi. Ba’zi tinglovchilar blog yuritish bilan o‘z fikrlarini bo‘lishib boradilar. Bu esa obunachilar orasida masofaviy ta’limning ommalashuviga hamda boshqa tinglovchilar uchun o‘z bilimlarini mustahkamlashga ko‘mak beradi.

Mashhur xorij universitetlari ham internet orqali o‘z masofaviy kurslarini taqdim etadilar. Bunda mazkur kurslarni tugatgan kishilar ushbu OTMning diplomiga ega bo‘lmasa-da, professorlar, Nobel mukofoti laureatlarining ma’ruzalarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. Bunday ta’lim turi an’anaviy ta’limga qaraganda bir necha barobar arzonroq bo‘lishini ham ta’kidlab o‘tish lozim.

Masofadan bilim olishni kengaytirish va uni hamma uchun ochiq qilish bugun yo‘nalishdagi asosiy jihatlardan biri. 

Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog’ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Shunga ko’ra, ta’lim tizimidagi o’quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o’qilitishi – davr talabi bo’lib qolmoqda. Shak-shubhasiz, so’nggi yillarda mutaxassislar yakdil tasdiqlayotganlaridek, mamlakatimizda bu yo’nalishda sezilarli qadamlar qoyildi. Lekin shu soxadagi faoliyat hozircha talablar darajasida emas. Masalan, 2003 yilda EXMlar uchun dasturlarga patent olish uchun faqatgina 140 ariza ro’yxatga olingan. Shu bilan birga, 2005-2013 yidagi ma’lumotlarga ko’ra mamlakatdagi 631 akademik litsey va kasb-hunar kollejining faqat 22 tasi, Respublikadagi 64 oliy o’quv yurtning 40 tasi Internet tarmoqlariga ulangan xolos. Respublikamizdagi ko'pgina o’quv yurtlari eski avlod kompyuterlar bilan jihozlangan yoki umuman kompyuterlashtirilmagan. Oliy ta’lim muassasalarning xar bir 100 talabasiga o’rtacha hisobda 3,3 kompyuter mos keladi (ma’lumotlar Toshkent aloqa institutida o’tkazilgan ilmiy amaliy konferensiya materiallaridan olingan). Kadrlar tayyorlashning sifatini yanada yaxshilash, ta’lim tugrisidagi konunni tula amalga oshirish uchun ta’limning turli shakllaridan foydalanish zarur bo’lib kelyapti.


Bu borada hukumatimiz tomonidan ko’p ishlar olib borilmoqda. Shularga
Respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turini misol qilishimiz mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo’lgan ta’lim turlaridan uzining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.
Masofaviy ta’lim – bu o’qituvchi va o’quvchi bir biri bilan masofa
yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan
ta’lim turi. Bu ta’lim turini paydo bo’lishiga asosiy sabab deb informatsion va
kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida prinsipial
yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnologiyalar) yaratilishini xisoblash
mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o’quv materiallarni cheksiz
va juda arzon tarkatish va ko’paytirish, hamda uni o’quvchilarga tezkor va aniq
yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim interaktiv bo’lganligi sababli, o’quvchining o’z ustidan mustaqil ishlashning o’rni juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Masofaviy ta’lim o’zi nima? Uning qanaqa ijobiy va salbiy tomonlari bor?
O’zbekiston Respublikasida undan foydalanish zarurati bormi? Masofaviy ta’limni
tashkil qilish uchun nima kerak?


Download 36,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish