ekvivalent, na mukobil variant va na kalka yordamida o‘girishning imkoni topiladi.
Bunday hollarda san’at–korlar noiloj tarjima amaliyotining tasviriy usuliga muro–
53
jaat kiladilarki, mazkur usul yordamida birliklar ma’nolari erkin ma’nodagi so‘z
yoki so‘z birikmalari vositasida tushunti–rib ko‘yakolinadi. Ushbu holatlarda
asliyatdagi frazeologik birliklar tarkibida mujassamlashgap uslubiy vazifalarning
qayta yaratilishi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ushbu holatlarda bayon
etilgan fikrning ta’sir kuchi pasayadi, anik va sikikligi yo‘koladi. Bu esa o‘z
navbatida asliyat matni badiiy kiymatining pasayishiga olib keladi. Chunonchi,
«To make a mountain out of a molehill» birligi o‘zining sinonimi «to exaggerate»
so‘zidan, «Silent as the grave» birligi «silent» so‘zidan o‘zlarining obrazli–liklari
bilan fark kiladilar. Bas shunday ekan, inglizcha «to exaggerate» so‘zini o‘zbek
tiliga lug‘aviy ekvivalenti «bo‘rttirib yubormoq», «silent» «jim» so‘zlari orqali
tarjima kilish mumkin bo‘lgani holda, yukorida keltirilgan frazeologik bir–liklarni
o‘zbekchaga «bo‘rttirib yubormok», «jim» kabi uslubiy betaraf so‘zlar vositasida
tarjima qilish inglizcha birliklarda mujassamlashgan obrazlilikning so‘nishiga olib
keladi. Mazkur iboralarni «Ninaday narsani tuyaday qilmoq» muqobil varianti
hamda «Qabrday jim» kalkasi orqali tarjima qilishgina vazifaviy adekvatlikni
yuzaga keltiradi.
Shekspirning «Yuliy Sezar» tragediyasida qo‘llanilgan «It is Greek to me»
frazeologizmini o‘zbek tarjimoni birlikni adekvat talqin etishning imkonsizligini
tushunib, noiloj ma’nosini tasviriy yo‘l bilan tushuntirib qo‘ya qolgan, natijada
muallif matnida mujassamlashgan obrazlilik so‘nib, uslubiy betaraf ma’no belgisi
kasb etgan:
... but those that understood him smiled at one another and shook their heads;
but, for mine own part, it was Greek to me. Uning so‘zini faxmlaganlar bir-
birlariga qarab, bosh qimirlatib, kulishib qo‘ydilar. Mening uchun esa u jumboq
edi.
Ammo ba’zan asliyatda yaratilgan qo‘shimcha ma’lumotni tarjimada tasviriy
yo‘l bilan xam qisman tiklash imkoniyati mavjud. Bu, bir tomondan, badiiy nutq
tarkibida deyarli barcha ma’nodor lisoniy vositalarning estetik–ta’sirchanlik kasb
etishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ko‘p qo‘llanilish oqibatida ayrim
54
frazeologik birliklar obrazli–ta’sirchanlik xususiyatining ma’lum darajada
nursizlanib qolishiga vobastadir.
Ko‘pincha tarjimonlar asliyatdagi frazeologik birliklar uslubiy vazifalarini
qayta yaratish maqsadida og‘zaki nutqqa xos turli–tuman ma’no kuchaytiruvchi
vositalarga murojaat qiladilarki, agar mazkur so‘zlar zaruriy ohang bilan talaffuz
qilinsagina personaj nutqiga obrazlilik baxsh etgani holda, asliyat o‘rnini ma’lum
darajada qoplashi mumkin. Baribir, bunday vositalar tasviriy usuldan kam farq
qilishlari tufayli, qator hollarda asliyatdagi obrazli frazeologizmlar vositasida yara-
tilgan uslubiy ta’sirchanlik o‘rnini bosolmasliklari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: