As you sow, you shall mow.
Nima eksang shuni o‘rasan.
To be on thin ice.
Hayoti qil ustida turmoq.
Ko‘rinib turibdiki, har ikkala tilda yuqorida keltirilgan matal va idiomatik
birliklarning barcha komponentlari bir – biriga mos tushgan. Yana bir misolni
ko‘rib chiqamiz;
Speak of the devil and he will appear,
Bo‘rini yo‘qlasang qulog‘i ko‘rinadi.
Lekin ana shu maqolni o‘zbek tiliga “Shayton haqida gapirsang, shayton
ko‘rinadi” tarzida o‘girsak, inglizlar aytmoqchi bo‘lgan mantiqiy fikr o‘z aksini
topmaydi. “Shayton” so‘zi o‘zbek tilida tom ma’noda “mug‘ombir”,
j
“hiylakor”
kabi ma’nolarni anglatadi. Ammo o‘zbek tilida “bo‘rini yo‘qlasang, qulog‘i
ko‘rinadi”, yoki betamiz insonlar haqida gap ketganda, qo‘pol ma’noda aytilganda
“eshakni yo‘qlasang, qulog‘i ko‘rinadi” degan maqollar bo‘lib, yuqoridagi
inglizcha maqolni mana shu maqollar bilan tarjima qilish mumkin. Inglizcha va
o‘zbekcha maqollarni qiyosiy tahlil qilsak, ularning bir-biridan farq qilishini
ko‘ramiz.
Inglizcha maqolning obrazli asosini “devil” (shayton) tashkil etgan bo‘lsa,
o‘zbek tilidagi maqolning obrazli asosini “bo‘ri”, “qulog‘i” so‘zlari tashkil
etmoqda. Badiy tarjimaning murakkabligi ham aynan mana shunda, har bir tilning
o‘zga tillardan farq qiladigan o‘ziga xos milliyligi mavjud.
Demak, tarjimon tarjimaning ijodiy jarayon ekanligini anglashi va o‘zga
tildagi har bir detalga ijodiy yondashishi lozim. Shundagina, to‘laqonli badiiy
yetuk tarjimaga erishishi mumkin.
Maqol, matal va idiomalar tarjimasida uch prinsip hukm suradi:
1) asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent
qidirib topish;
39
2) asar o‘girilayotgan tildan monand, muqobil variant topib qo‘yish;
3) frazeologizmlarni aynan, so‘zma – so‘z tarjima qilish. Har uchala hol ham
uchramagan taqdirda tarjimon ularning umumiiy ma’nosini aks ettirish bilan
kifoyalanishga majbur bo‘ladi. Maqol va matallarni tarjima qilishda imkon qadar
yuqori natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo‘llar(usullar)ni qo‘llash mumkin:
1. Ekvivalent. Ingliz tilidagi iboraga ma’no jihatdan ham, shakl jihatdan ham
aynan mos tushadigan tarjima:
Art is long, life is short. San’at abadiy – umr qisqa. A good name is better
than richness. Yaxshi nom boylikdan afzal. First think, then speak. Avval o‘yla,
keyin suyla.
2. Analog (o‘xshashlik). Ma’no jihatidan ingliz tilidagi variantiga mos, lekin
shakl asosi bo‘yicha undan butunlay yoki qisman farq qiluvchi tarjima usuli:
Business before pleasure. Mehnat, mehnatning tagi rohat. What is done
cannot be undone.O‘tgan ishga salovat. Never put off till tomorrow what you can
do today. Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
3. Tasvirlash yoki tasviriy tarjima. Ingliz tilidagi iborani erkin so‘z birikmasi
orqali berish. Bu tarjima metodi o‘zbek tilida xuddi shu iboraga mos ekvivalenti
topilmagan hollarda qo‘llash mumkin. An unfortunate man would be drowned in a
tea–cup.
Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi.
A birds in the hand is worth two in the bush
Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o‘pka yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |