Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillari fakulteti ispan va italyan tillari


II BOB. Ertaklar tarjimasining Lingvistik ahamiyati



Download 158,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana07.09.2021
Hajmi158,3 Kb.
#167451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ozbek xalq ertaklarini italyan tiliga tarjima qilishda uchraydigan semantik muammolar

II BOB. Ertaklar tarjimasining Lingvistik ahamiyati 

2.1 Ertaklarni tarjima qilishda foydalaniladigan asosiy usullar. 

Mutlaqo hamma, har bir inson tarjimondir. Hattoki endigina tili chiqqan ikki 

yasharlik bolakay ham. Bizga ma’lumki, tarjima bu bir tildagi matnni boshqa bir tilga 

o’girishdir. Lekin chuqurroq tahlil qilinganda, tarjima faqatgina matnni bir tildan 

ikkinchi tilga olib o’tish emas, balki mavjud tushuncha va fikrlarni muayyan til 

vositalari – so’zlar va gaplar orqali ifodalash hamdir. 

Fikrimning isboti sifatida shuni aytish mumkinki, ayni bir voqe’likka guvoh 

bo’lgan va turli aqliy qobiliyat va lisoniy imkoniyatlarga ega bo’lgan insonlar huddi 

shu voqe’likni turlicha ifodalaydilar. 



 

Misol uchun aytadigan bo’lsak, adabiy til me’yorlarini o’ziga dasturul amal 



bilgan shaxs shu kunlardagi Andijon shahridagi ob-havoga baho berar ekan, “Kun 

nihoyatda isib ketdi.” –  deb aytishi mumkin. O’zbek tilidan faqat muloqot uchun 

foydalanadigan va uning go’zalliklaridan to’la bahramand bo’lmagan odam esa, 

“Kun vopshim isip kettimi?” – deb aytishi mumkin. 

Boshqacha qilib aytganda, biz avvalo ongimizda paydo bo’lgan mavhum 

tushunchalar va obrazlarni o’z ona tilimizga TARJIMA qilib, suhbatdoshimizga 

yetkazamiz. Ayni matnni turlicha saviyali tarjimonlar turlicha tarjima qilgani kabi, 

biz ham bir xil masalani o’z saviyamizdan kelib chiqib, turlicha ifoda etamiz. 

Shaxsan men o’zimning italyan  tilini o’qrganish faoliyatim davomida aynan 

tarjimaga juda  katta e’tibor beraman. Zero, mening fikrimcha, chet tilini 

o’rganayotgan o’quvchi tarjima qilish ko’nikmasini mukammal egallashi shart. 

Chunki, shet tilini o’rganish orqali biz tarjima qilish ko’nikmamizni yana bir bosqich 

yuqoriga ko’taramiz. Ya’ni biz endi ongimizdagi tushunchani ona tilimizga emas, 

balki ona tilimizdagi fikrni chet tiliga tajima qila boshlaymiz. 

Holisona aytingchi, siz qaysi tilda fikrlaysiz? Balki kimlardir buni tan olgisi 

kelmas, lekin HAMMA O’Z ONA TILIDA fikrlaydi. Ona tilining ONA TILI 

ekanligi ham shundada! Xo’sh, o’zbek tilida kerakli fikrni shakllantirib oldingiz va 

uni suhbatdoshingizga italyan tilida yetkazib berishingiz uchun endi uni italyan tiliga 

tarjima qilashingiz lozim. 

Yuqoridagilarni jamlaydigan bo’lsak, tarjimonlik hamma uchun xos. Faqat, 

hamma uchun tarjimonlikning turli sathlari va turli darajalri xos. Albatta, hamma bir 

xil darajada tarjimon degan fikrning tagiga men imzo chekmagan bo’lardim. 

Haqiqiy, professional tarjimonlikchi? U haqda ham fikr yuritib ko’raylikmi? 

Agar shu maqolamni sof o’zbek tilida yozmayotgan bo’lganimda “Perch’e no?” 

degan bo’lardim. Lekin unday demay qo’ya qolay. 



10 

 

Hech o’ylab ko’rganmisiz, tarjimaga ehtiyoj qachon paydo bo’lgan ekan? 



Menimcha, juda qadim zamonlarda paydo bo’lgan tarjimaga ehtiyoj. Uning paydo 

bo’lish sanasini aniq aytolmaymanu, lekin uning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan 

voqeani aniq bilaman. Tarjimaning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan voqea shuki, 

ikkita odam uchrashgan lekin bir-birini tushunishmagan. Ular bir-birini tushunish 

uchun topgan yechimlari, menimcha, aynan tarjima bo’lgan. 

Tarixiy jarayonlar natijasida insoniyat yer sharining tuli nuqtalariga tarqalib, 

rivojlanib borar ekan, ularning tillari ham bir-biridan farqli ravishda rivojlangan. 

Keyinchalik, turli elatlar o’rtasida aloqalar o’rnatish fursati yetganda esa, tarjima ular 

uchun bosh ko’makchi bo’lgan. 

Shaxsan meni tasavvurimda ilk tarjima jarayoni “Tarzan” filmidagi Jeyn va 

Tarzan o’rtasidagi muloqotni eslatgan. Ya’ni, ikki taraf o’zaro tanish jism va 

tushunchalarni har bir taraf nima deb atashini qo’li bilan ishora qilib ko’rsatgan. 

Tarjima qilish jarayonida, dastavval, tarjima matniga e’tibor berish talab 

qilinadi. Agar ushbu matn tarjima qiluvchi shaxsgan tushinarli bo’lsagina u tarjima 

qilish qobiliyatiga ega bo’ladi.  

Hozirgi texnalogiya davriga kelib, online Google translatedan foydalanish avj 

olmoqda. Ammo shuni ta’kidlashimiz lozimki, bu tarjimon talab darajada emas. Agar 

o’zbek tilidagi berilgan matnni yoxud ertakni bu tarjimonga joylashtirsak to’g’ridan 

to’g’ri tarjimaning guvohi bo’lishimiz mumkin! 

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning Zumrad ismli qizi bor 

ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi. Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona 

Zumradni yoqlirtmas ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar,  qarg‘ab, urarkan. 

O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan.

1

 

Ho un'idea, nessuna idea, c'era un vecchio. Sua figlia Adrienne. La vecchia donna 

che ha una figlia sposata. Il suo nome è costoso. yoqlirtmas smeraldo della matrigna. 

                                                           

1

 ”Zumrad va Qimmat”O’zbek xalq ertagi 




11 

 

Le cose più difficili che gli ordinarono di urarkan. Sua figlia molto bene ko'rarkan, 



sempre lodando e lodandolo. 

Agar ma’no jihatdan tarjima qiladiga bo’lsak, quyidagi ko’rinishdagi vaziyatga duch 

kelamiz. 

C’era una volta, c’era un vecchio. Lui aveva  una figlia che si chiamva 

Zumrad(significa lo smeraldo).Il vecchio ha sposato a una donna che aveva una 

figlia e si chiamava Qimmat(Costoso). Alla  matrigna non piaceva Zumrad. Le 

ordinava  le cose più difficili e la batteva maledicendo. Voleva bene alla sua figlia, 

sempre la lodava, la lodava. 


Download 158,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish