Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 5,72 Mb.
bet60/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’yektiv (tashqi) va sub’yektiv (o’zini-o’zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi.1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’yekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qa’tiylashtiriladi; 6) kuzatish insoning qaysi faoliyatida (o’yin, ish, mehnat, sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalar (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, vidiomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xakozolar o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetarli. Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning xarakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, mayli, hoxishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi xolatini kuzatishda esa diqqatning hususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-xarakatining sur’ati, emosional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyat tug’iladi. O’spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining xarakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig’ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi darajasi haqida keng ma’lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, hiy-tuyg’usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini fikrning muayyan ob’yektiga yo’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga, berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o’zgarish aniqlash mumkin.Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, xissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini-o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki yuqori malakali o‘qituvchi o’zini-o’zini kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zida emosional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanzmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati mazmuni va mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berish kuzatadi.
Chet el psixologiyasida o’zini-o’zi kuzatishning inson ruhiyatini o’rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to’plangan. Introspeksiya yo’nalishining yirik namoyandalari o’zlarini o’zlari kuzatganlar va to’plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga xarakat qilganlar, lekin inson turli faziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas.Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jixatlari bilan birgina zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish