Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Hayol va tasavvurning o’zaro aloqadorligi



Download 5,72 Mb.
bet37/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Hayol va tasavvurning o’zaro aloqadorligi.
Tasavvur funksiyalari: - voqelikni ijodiy tassavur qilish; - hissiy holatlarni tartibga solish; - bilim jarayonlarini tartibga solish; - ichki harakatlar rejasini shakllantirish. Tasavvur obrazini yaratish yo‘llari • Agglutsinatsiya - obrazlarning qismlari, sifatlari va xususiyatlarini birlashtirish. • Urg‘u berish - biror butunlik qismlariga alohida urg‘u berish. • Tiplash -bu murakkablashgan uslubdir. Rassom aniq epizodni yaratadi, shu bilan birga uni o‘ziga singdiradi va uning voqeligiga aylanadi.Adabiy obraz ham shunday yaraladi, u obrazlarda har xil epoxalarning turli tabaqalari va ularning tabiatlariga ahamiyat beriladi.Eng chambarchas bog‘liqlik tasavvur va fikrlash orasida bo‘ladi: • To‘xtovsiz qabul qilish chegaralaridan ortiqcha fikrlarni ajratadi; • Kelajak haqida hayratlanishni uyg‘otadi; • Avval bo‘lib o‘tgan narsalarni jonlantiradi. • So‘z idrokning vaqtinchalik, yangi aloqalarida asosiy joy egallaydi. Tasavvur sezilarlicha tushunish jarayonini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U dunyoni yaxshilashda katta ahamiyat egallaydi. Tasavvur bu ijodiy jarayonning asosiy qismi hisoblanadi. Ko‘p odamlar tasavvur yorqinligi darajasi bilan farq qiladilar. Agar biz bunga tegishli shkala bor deb faraz qilsak, bir qutbda tasavvur yorqinligi juda yuqori bo‘lgan odamlar va boshqa qutbda - tasavvur yorqinligi juda xira odamlar bo‘ladi. Odatda, tasavvur rivojlanishining yuqori darajasi ijodiy mehnat qiladigan odamlarda kuzatiladi -yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar va olimlar. Eslatib otish joizki, inson rivojlangan tasavvur bilan tug‘ilmaydi. Tasavvur kishining har tomonlama rivojlanishi bilan zich bog‘liq bo‘lib, u o ‘quv va tarbiya jarayonida, tasavvur, xotira, iroda va hissiyot bilan rivojlanadi. Tasavvur rivojlanish dinamikasini ifodalovchi, aniq bir yosh chegarasini aniqlash juda qiyin.Tasavvurning erta rivojlanishiga misollar mavjud. Masalan, Motsart musiqa tishni to‘rt
yoshida boshlagan. Repin va Serov olti yoshidanoq yaxshi chizar edilar. Shu bilan birga kech tasavvur rivojlanishi, kelajakdagi rivojlanishning past darajada bo‘lishiga ta’sir etmaydi.Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, buyuk insonlar, masalan Enshteyn, tasavvur rivojlanishi bilan ajralmagan va, aksincha, ulam i geniy deb ataganlar. Inson tasavvurning rivojlanish etapini aniqlash juda qiyin bo’lsa ham, uning shakllanishining muayyan qonuniyatlari mavjud. Shunday qilib, tasavvur urning birinchi belgilari idrok jarayoniga bog‘liqdir.Misol uchun, bir yarim yoshda bolalar eng oddiy hikoya yoki ertakni ham eshita olishmaydi, ular boshqa biror narsaga chalg‘ishadi yoki uxlab qolishadi, biroq o‘z boshidan kechirgan hikoyalarni rohat bilan tinglashadi. Bu hodisa aniq tasavvur va idrok bir-biri bilan bo’g’liq ekanligini ko‘rsatadi. Bola o‘z boshidan kechirgan voqealar haqida diqqat bilan eshitadi, chunki uning tushunchasida bu voqealar mavjud. Idrok va tasavvur o‘rtasidagi bog‘liqlik keyingi qadamda ham saqlanib qoladi. Bola o‘ynayotgan vaqtida avval olingan taassurotlarni boshqatdan ishlab chiqaradi, ko‘rinishini o‘zgartiradi. Oddiy stul samolyot bortiga aylanadi, korobka - avtomashinaga. Aytib o‘tish kerakki, bolaning tasavvuri ilk obrazlari uning xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bola orzu qilmaydi, o‘sha faoliyat o‘yinligiga qaramay u obrazni boshqatdan ishlab chiqadi va o‘z faoliyatida o‘sha obrazni mujassam etadi. Bola tasavvuri rivojlanishining asosiy bosqichi bolaning nutqi rivojlanish davri bilan bog‘liq. Nutq bolaga nafaqat muayyan obrazlar balki, yanada xayoliy narsalarni va tushunchalarni tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, nutq bolaga oddiy tasavvuriy faoliyatdan nutqiy faoliyatga o‘tish imkonini beradi. O’z navbatida nutqning rivojlanishi bilan bir qatorda bolaning amaliy tajribasi va e’tibori o‘sib boradi. Buning natijasida bola endilikda predmet qismlarini alohida predmet sifatida qabul qiladi va eslab qoladi. Biroq, sintez real hayotdagi noaniqliklar bilan sodir bo‘ladi. Yetarlicha hayotiy tajribaga va tanqidiy qarashga ega emasligi natijasida, bola obrazlami real hayotdagiday tasavvur qila olmaydi. Bu bosqichning e’tiborga moyillik jihati shundaki, bu paytda bolaning tasavvurida o‘zi bilmagan holda hayoliy obrazlar paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu obrazlar vaziyatga bogliq ravishda yaraladi. Tasawumingkeyingi rivojlanishbosqichi uning aktivko‘rinishlari bilan bog‘liq. Bu bosqichda tasavvur jarayoni ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.Tasavvurning aktiv ko‘rinishlari paydo bo‘lishi katta yoshlilarning tashabbusi bilan yuzaga keladi. Masalan, katta odam boladan biror ish qilishni so‘raganda (daraxt chizishni, kubikchalardan uycha yasashni va h.k.), u tasavvur jarayonini aktivlashtiradi. Katta odamning iltimosini bajarish uchun bola avval tasavvurida ma’lum bir obraz yara-tishi kerak bo‘ladi.Bunda tasavvur jarayoni ixtiyoriy hisoblanadi chunki, bola bu jarayonni boshqarishga urinadi. Keyinchalik bola ixtiyoriy
tasavvurni kattalarning ishtirokisiz amalga oshira boshlaydi.Tasavvurning rivojlanishi bolaning o‘yinlarida aks eta boshlaydi.Ular ma’lum bir maqsad va ma’noga ega bo‘ladi.Endilikda atrofdagi predmetlar nafaqat shunchaki predmet balki bolaning tasavvurlarini amalga oshirish uchun obyektga aylanadi. Bola 4-5 yoshdan boshlab o‘z fikriga ko‘ra chizish, qurish va narsalar joyini o‘zgartirish amallarini bajaradi.Tasavvurning rivojidagi boshqa bir muhim bosqich maktab yoshida sodir bo‘ladi. Maktab darsliklarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj bolaning tasavvur jarayonini aktiv-lashtirishini shart qilib qo‘yadi.Maktabdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun bola o‘zining tasavvurini maksimal darajada ishga soladi bu esa unda tasavvuriy obrazlarni qayta ishlash jarayonining o‘sishiga olib keladi. Maktab yillaridagi tasavvurlarni tezlik bilan rivojlanishining yana boshqa bir sababi, ish davomida bola jadallik bilan yangi, turli xil obyektlar haqida va haqiqiy olamdagi hodisalar haqida tushunchalar hosil qila boshlaydi. Bu tushunchalar tasavvur uchun zarur bo‘lib maktab o’quvchisini ijodiy g‘ayrat bilan rag‘batlantirib turadi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish