Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


MEHNAT FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Download 5,72 Mb.
bet17/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

MEHNAT FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mehnat faoliyati eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlami yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iboratdir. Z.Freydning ta’kidlashicha, sog‘lom turmush tarzi mehnat va sog‘lom muhabbat bilan to‘ldiriladi. Bizning ko‘pchiligimiz uchun mehnat hayotning eng katta va faol mashg‘ulotidir. Yashash bu mehnatdir. Mehnat faoliyati Maslou piramidasidagi ehtiyojlarni qondirilishiga yordam beradi. Mehnat faoliyati bizni ta’minlaydi. Mehnat faoliyati orqali biz boshqalar bilan kommunikativ aloqaga kirishamiz. Mehnat faoliyati bizning kim ekanligimizni anglatadi. Birinchi bor kim bilandir ko‘rishganimizda qiziqib «Siz kimsiz?», «Qanday faoliyat bilan shug‘ullanasiz?», «Nima ish qilasiz?» deb savol beramiz. Ishimizga bo‘lgan e’tibor, munosabatlar yoki tenglikdan qoniqish hosil qilmasak, kim uchun yoki qayerda ishlashimizdan qat’i nazar ish joyimizni o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan, avstraliyaliklarning 16 foizi xuddi shu sabab bilan o‘z ishlarini o‘zgartirdilar (Trevin, 2001). Yigirma yil oldin siz mehnat faoliyati qanday bo‘lishini hozirgiday tasavvur qila olmagan bo‘lar edingiz. Siz o ‘zingiz uchun kollej, litsey yoki universitetlarni tanlashda o‘zingizning layoqat, qobiliyatlaringizni anglashingiz va tushunishingiz o‘sha ish muhitiga moslasha olishingizga yordam beradi. Emi Vrzesniyevskiy va uning hamkasblari (1997-2001) insonlarning ishlariga bo‘lgan munosabatlarini identifikatsiya yordamida o‘rganadilar. Buning natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi: ba’zi odamlar o‘z ishlarini faoliyat sifatida, bajarish kerak bo‘lganligi uchun pul topishning bir yo‘li deb bajaradilar. Boshqalar esa o‘z ishlarini jamiyatda ijtimoiy mavqega ega bo‘lishning bir imkoniyati sifatida, ya’ni karyera uchun bajaradilar. Qolganlari esa o‘z ishlarini ijtimoiy foydali mehnat deb biladilar va ishidan mamnunlik va qoniqish hosil qilib, rohatlanib ishlaydilar.Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexa nizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlami eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo'naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir. Olimlar, maslahatchilar va professional boshqaruvchilar, sanoatlashgan muhim tashkilotlar ish davomida xilma-xil soha yo‘nalishlarini topishmoqda. Kasbiy faoliyat chuqur, umumiy va maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan, ishlash tajribasi natijasida egallangan maxsus bilimlar va amaliy ko‘nikmalar to‘plamiga ega insonning faoliyati, mashg‘ulot turidir. Kasbning rivojlanish mantig‘i shundaki, u boshlanishida odamlarning ma’lum bir talablaridan paydo bo‘ladi. Keyin amaliy tajribani yig‘ish va uni chuqur mulohaza qilish orqali amalga oshiriladi. Kasbiy faoliyatning nazariy bazasi shakllantiriladi. Kadrlarni tayyorlash masalasi hal qilinadi. Mutaxassisning amaliy faoliyatiga ilmiy asoslar uchun imkoniyatlar beriladi, bu tashqarida, kasbiy jumladan, monografiyalar, o‘quv-uslubiy adabiуotlarning paydo bo‘lishida aks etadi; kasbiy tashkilotlar yaratiladi. Jumladan, turli shakllar va nom lar bilan ataladigan ijtimoiy xizmatchining kasbi turli tarixiy va turli madaniy-tarixiy davrlardan buyon m a’lum. Ijtimoiy ishning birinchi marta tilga olinishi eramizdan avvalgi 1750-yilga taalluqlidir. Bu vaqtda Bobilda adolat kodlari - fuqarolik aktlari yaratilgan bo‘lib, ular odamlarni o‘z yaqinini sevishga, kambag‘allar to‘g‘risida qayg‘urishga chorlaydi. Qadimgi Gretsiyada ijtimoiy ish “filantropiya” (yunon tilidan tarjima qilinganda “insoniyatga nisbatan muhabbatni ifodalash” ma’nosini bildiradi) sifatida ma’lum bo‘lgan, Rimda esa “xalq an’anasi” sifatida qadimgi inklar yordam berish jarayonini “minka” deb, m a’jusiy slavyan qabilalari “slepnya” deb ta’riflaganlar. Rossiyada ijtimoiy ish 1864-yildagi yer islohotlarini o‘tkazish davrida paydo bo‘ldi, lekin u paytda bu nom bilan atalmagan edi. Ijtimoiy xizmatchilarning e’tiborini ko‘rlarga, kam bag‘allarga, qarovsiz bolalarga, zotsiz va boshpanasiz yoshi katta odamlarga qaratish bo‘yicha vazifalami maxsus vakillar bajarganlar. Bu faoliyatning muvaffaqiyati, boshqa istalgan har qanday faoliyatdagi kabi, odamlarning bilimlariga, hayotiy tajribasiga va kasbiy mahoratiga bog‘liq edi. Jahon am aliyotidagi zamonaviy yondashish ijtimoiy ish, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat shakllaridan biri ekanligi aniq-ravshan. Shu nuqtayi nazardan ijtimoiy ish jamiyatdagi ijtimoiy kataklizmlarni va ziddiyatlarni qat’iy to‘xtatib turadigan vosita hisoblanadi va unga jamiyat va davlat qanchalik ko‘p mablag‘ ajratsa, u shunchalik samaraliroq bo‘ladi. Demak, jamiyatning katta qismini oldindan tayyorlamasdan va roziligini olmasdan ijtimoiy qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu borada zamonaviy Rossiyaga tatbiq qilinsa, ijtimoiy xizmatlarning jadallik bilan rivojlanishi, ijtimoiy ishga jamoat birlashmalari, xayriya jamg‘armalari, ijodiy va kasbiy ittifoqlarning, konfessiyalarning qo‘shilishi siyosiy masala va ayni paytda milliy xavfsizlik sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy ish amaliyotida, uning paydo bo‘lishidan boshlab hozirgi vaqtgacha, ijtimoiy pedagogikaning asosiy, hal qiluvchi rol o‘ynashi ahamiyatlidir. Bunda “ijtimoiy pedagogika” tushunchasi “maktabdagi ijtimoiy ish” tushunchasiga teng emasligini tushuntirish muhim. Ijtimoiy pedagogika yoki sotsiumdagi pedagogik munosabatlar aholiga ijtimoiy yordam ko'rsatish xizmati uchun ilmiy asos sifatida ko‘riladi. Bu sotsiumdagi munosabatlarga tashxis qo‘yish, ularni aniqlash va pedagogik maqsadga muvofiq ta’sir etish imkonini beradi. Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko‘lami katta va o‘zida hayotiy vaziyatlarning juda ko‘p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolliziyalarini mujassamlashtiradi. Quyidagi misollar yordamida hozirgi kun ijtimoiy pedagoglari va ijtimoiy xizmatchilari nima ishlar bilan bandligini tasavvur etish mumkin:
1.Itimoiy xizmatchi birinchi navbatda qaysi muassasalar bilan aloqa o'matishi lozim?
2. Bu oila bilan qanday reja asosida ish olib borish kerak? Ijtimoiy xizmatchilar inson va jamiyatning quyidagi ijtimoiy muammolarini yechish uchun tashkil etilgan:
- ijtimoiy va psixologik ziddiyatlar, inqirozlar, stressli vaziyatlar;
-hissiy va ruhiy muammolar;
-muhtojlik va qashshoqlik;
-ichkilikbozlik va giyohvandlik;
-zo‘ravonlik va diskriminatsiya;
-irqiy va milliy muammolar;
-jinoyatchilik va qonunbuzarlik;
-ishsizlik va kasbiy moslashish;
-nogironlik va yolg‘iz qarilik;
-uy-joy muammosi;
-vasiylik, farzandlikka olish masalasi;
-ota-ona shafqatsizligi va boshqalar
Ijtimoiy ish boshiga kulfat tushgan odamlarga yordam berish bilangina chegaralanadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Shu bilan birga u ijtimoiy nazoratning eng nozik vositalaridan biri hamdir. G‘amxo‘rlik qilish va nazoratning funksiyalari o‘rtasidagi ziddiyat, yordamning har qanday turida nazorat qilish elementlarining muqarrar mavjud bo‘lishi - ijtimoiy xizmatchilar har doim tnash keladigan dilemmalardan biridir. Bu dilemma yana bitta jiddiy muammo bilan, ya’ni: ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda kimning manfaatlarini ifodalaydi - davlatnimi, ish beruvchinimi, mijoznimi yoki umuman jamiyatni, - degan masala bilan ham bog‘liq. Kasbiy qadriyatlar tizimi nuqtayi nazaridan, ijtimoiy xizmatchi eng avvalo mijoz manfaatlarini undan keyin - jamiyat va undan ham keyin esa-o‘zining tashkiloti va davlat manfaatlarini ifodalashi kerak. Ustuvorliklarning bunday tizimini hayotga tatbiq etish har doim ham yengil ko‘chmaydi. Ko‘pincha ijtimoiy xizmatchiga hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi va umuman kasbiy hamjihatlikka tayangan holda ular uchun kurashishga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda “ijtimoiy ish” kasbiga ko‘plab va turfa mutaxassisliklar ko‘lami mos keladi: ijtimoiy pedagog-psixolog; etnolog; ijtimoiy huquqshunos, ekolog, valeolog, ijtimoiy animator, gerontolog, yanada torroq mutaxassisliklar, ijtimoiy xizmatchilar (qochqinlar, nogironlar, “xatar guruhlari” bilan ish olib boradigan mutaxassislar, tibbiy ijtimoiy xizmatchi va boshqalar) yoki ma’lum muassasalarda (maktabdagi, ishlab chiqarishdagi ijtimoiy xizmatchi), mikromuhitning maxsus sohalaridagi (qabiladagi, qishloqdagi ijtimoiy xizmatchi; harbiy sohadagi ijtimoiy xizmatchi; favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy ishchi va; ijtimoiy ishni tashkil etish).

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish