Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Psixikaning filogenezda rivojlanishi



Download 5,72 Mb.
bet15/233
Sana31.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#420089
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233
Bog'liq
Filologiya 2 Majmua

Psixikaning filogenezda rivojlanishi. Psixikaning filogenezda rivojlanishi - kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo‘lib, bu muammo tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Metrialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‘lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini o‘rganadilar. Harakatsiz, mutlaqo harakatsizlikdagi materiya umuman bo‘lmaydi. Olamdagi butun materiya jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, o‘zgarish va rivojlanish holatida bo’ladi. Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiyalar moddiy olamning yalpi xususiyati - in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni taassurotlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. In’ikos materiyaning mavjud bo‘lish tarziga muvofiq javob qaytarishga qodirligi bilan namoyon bo‘ladi. Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Jonli materiyaga o‘tishda harakat tarzi ham sifat jihatidan o‘zgaradi. Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllar xos bo‘lib, jonli materiyaning ma’lum bir bosqichida esa in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo‘ladi. Materiya harakatining biologik shakli -hayot, tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichdir. O‘lik materiyaga o‘tishni izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A.I.Oparinga tegishli bo‘lib, unga ko‘ra organik moddalar atomlar turli shakllarda azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog‘langan modda - uglerod negizida hosil bo‘lgan birikimalarning paydo bo‘lishi jonli materiya paydo bo‘lishining zarur sharti hisoblanadi. A.I.Oparinning gipotezasiga ko‘ra, taxminan ikki milliard yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chiqib, organik moddalardan tayyorlangan allaqanday «sho‘rva»ga o‘xshash bo‘lgan, organik birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta molekulalar paydo bo‘ldi. Oqsilli molekula bilan muhit o‘rtasida modda almashinuvi avval boshdanoq faol jarayon edi. Bu benihoya katta molekulalar konservantlar degan nom bilan atala boshladi. Konservant tomchilari ma’lum ma’noda to‘yimli moddalar uchun kurashda o‘zaro raqobat qilishardi, degan taxminlar ham bor.Bu tomchilarning ancha qulay kimyoviy tarkibiga yoki strukturaga ega bo‘lgan ba’zi birlari boshqalariga nisbatan tezroq o‘sdi. Ular ertaroq kattalashib, beqaror bo‘lib qolishar va ancha mayda zarrachalarga parchalanib ketishardi. So‘ngra jarayon yana takrorlanardi: o‘sish, parchalanish va hokazo. In’ikosning o‘ziga xos qoldiq shakllari mavjud bo‘lgan bunday organik strukturalar bir qancha geologik davomida faoliyat ko‘rsatgan holda hozirgi zamon jonli sistemalari ajdodlarining paydo bo'lishiga olib kelganligini faraz qilish uchun asos bo‘lgan. Har qanday jonli organizm barcha tashqi kuzatuvchilarga nisbatan tanlangan holda (faol) munosabatda bo‘lgan va bu bilan jonli materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi.Uzoq davr davom etgan evolyutsiya natijasida hozirgi organizmlarda in’ikosning qo‘zg‘aluvchanligidan tortib to uning ancha yuksak darajasidagi shakllari -psixik hayotning ifodaga qadar turli xildagi shakllarini ko‘ramiz.
О‘simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in’ikosning alohida biologik shakli - ta’sirlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik ahamiyatga ega bo‘lgan (biotik) taassurotlarning ta’siriga javob berish qobiliyati demakdir. Shunday qilib, sodda hayvonlarda tashqi muhitga yorug‘lik bilan issiqlik qo‘shilib, muvaqqat bog‘lanishlar hosil qilinishiga nisbatan ham faol mo‘ljal ola bilish tendensiyasi mavjudligi namoyon bo‘ladi. In’ikos etish darajasi ko‘p hujayralilarga o‘xshab suvli muhitda hayot kechiradigan kovakichlilar eng sodda ko‘p hujayralilar jumlasiga kiradi. Lekin bu organizmlarning tuzilishi bir hujayralilirga nisbitan anchagina murakkabdir.Murakkabligi bu hayvonlarning ko‘p hujayrali ekanligida emas, balki ulardagi hujayralarning nisbatan bir emasligidadir: masalan, tanasining tashqi qismida sanchiladigan hujayralar joylashgan bo’lsa, ichki qismi esa ovqat hazm qiladigan hujayralar bilan qoplangan bo‘ladi. Ko‘p hujayralilarning organizmida, shuningdek, organizmning biror-bir qismida ro‘y bergan qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchi funksiyasini bajaradigan alohida sezuvchan protoplazmali hujayralar ham bo‘ladi. Alohida sezuvchan (nerv) hujayralari o‘zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv shoxobchasini tashkil etadi. Shunday qilib, ko‘p sonli nerv tugunchalarining paydo bo‘lishi hali-beri yana ham nafisroq aks ettirishi va, demak, tevarak-atrofdagi tashqi muhitga moslashish uchun sharoit tug‘dirishi mumkin bo‘lgan o‘sha haqiqiy foydali murakkabligini ta’min eta olmaydi. Lekin hozirdanoq, ancha murakkab aks ettirish imkoniyatlari paydo bo‘la boshladi - ular asosiy gangliyda mujassamlashgan. Asosiy gangliyning funksiyalari va bog‘lanishlariga ko‘ra bir xil bo‘lmagan nerv hujayralarining birikuvidan tarkib topadi.U hayvon tanasining istalgan qismida yuz beradigan qo‘zg‘alishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi, boshqa hujayralarga o‘tkazadi, impulslarni segmentlarning mushak apparatiga yo‘naltiriladi.Sudraluvchi va kavlovchi hayvonlar sifatidagi chuvalchanglarda asosiy gangliylar mavjud bo‘lganligi tufayli tananing imkonini beradigan tukchalar, mo‘ylovchalar, ko‘z murtaklari paydo bo‘ladi. Gangliy funksiyali nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug‘ma reaksiyalariga nisbatan yangi, ancha harakatchan reaksiya shakllari - shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, gangliy funksiyali nerv sistemasining o‘ziyoq, cheklanmagan miqdordagi ta’sirlari javob qilishning yetarli darajada murakkab vositasidan iboratdir. Yetakchi gangliy bilan idora qiluvchi ganglioz nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonning hatti-harakatlari diffuziyali, turli nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlarning hatti-harakatlaridan jiddiy farq qiladi. Instiktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog‘liq bo‘ladi. Instiktning amal qilish mexanizmi shundan iboratki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabat bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo‘zg‘aydi va hokazo. Shu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini harakatga keltiradi va bu bilan nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan programmani amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq o‘zining maqsadga muvofiqligini yotadi. Shunday qilib, hatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir. Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi bir instinktlar mazkur turning barcha shakllariga xos bo‘lsa ham, lekin ularning namoyon bo‘lishi ayrimlarida biroz boshqacharoq tarzda kechadi. Instinktning bu tarzdagi nisbiy har xilligi hayot kechirish sharoitlari keskin o‘zgargan taqdirda ham saqlanib qolishini ta’minlaydi. Yosh hayvonlarda instinktiv harakatlarni kuzatayotib, bu xarakterlar yosh hayvonlarda qarilarga nisbatan ancha beso‘naqay yuz beradi. Jonzotning individual hayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tug‘ma hatti-harakat programmasining puxta bajarilishini ta’minlaydigan tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi. Shunday qilib, instinktiv harakatlar turli xildagi ko‘p sonli qo‘zg’atuvchilarning aks etishini ta’min eta olmaydi va shunga ko‘ra umurtqalilarning aks ettirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Umurtqalilardan naychali nerv sistemasi(orqa va bosh miya bilan qo‘shilib) rivojlangan bo‘lib, shu tufayli ularda tashqi muhitni asliga ancha o‘xshaydigan tarzda aks ettirishning potensial imkoniyatlari oshadi. Ganglioz nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlarga nisbatan umurtqali hayvonlarda retseptorlar yanada takomillashib, tobora ko‘proq maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida erishiladigan ana shu ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlarni keltirib chiqarish uchun foydalanilmaydi, albatta. Hayvon evolyutsiya taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko‘tarilgan sari, hosil bo‘ladigan shartli bog‘lanishlari ham shuncha murakkabroq va yana ham nafisroq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, shartli bog‘lanishlar ham holatlar o‘zgarganda hayvon hatti-harakatining yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan nafis individual hatti-harakatning yanada murakkabroq shakllarini chiniqtirishdir. Nafis individual harakat uchun muhitning ayrim xususiyatlarigina (harorat, rang, hid) emas, balki butun bir konkret vaziyatlar tahlil va sintez qilinishi shart. Birinchi holatda hatti-harakat instinktiv progammaga asosan bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi holda hatti-harakat bevosita vaziyatni tahlil qilish natijasida ro‘y beradi. Hatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bunday hayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, tahlil qila boshlaydi, o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘irlab, o‘zgarayotgan shart-sharoitlarga moslasha boshlaydi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda hatti-harakatning instinktiv shakllari bilan bir qatorda o‘zgaruvchan individual shakllari - malakalar va intellektual hatti-harakatlar ham mavjud bo‘ladi. Malakalar deganda hayvonlarning shartli bog‘lanishiga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda takrorlanadigan hatti-harakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‘xshab rivojlanishning nisbatan quyi bosqichlarida ham bo‘ladi, lekin aniq ifoda etilgan malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‘lgan hayvonlardagina namoyon bo‘ladi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish