Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatlar tuzulishi. Talantning paydo bo’lishi va tuzilishi



Download 5,72 Mb.
bet79/233
Sana31.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#420089
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   233
Bog'liq
Filologiya 2 Majmua

4. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatlar tuzulishi. Talantning paydo bo’lishi va tuzilishi.
Shaxsning muhim individual sifati hisoblanuvchi qobiliyat shaxsning boshqa individual sifatlari bilan bog‘liq holda xilma-xil bo‘ladi. Psixolog nuqtayi nazarida qobiliyatlilik sifat jihatidan malakalarda ajralib turadi. Qobiliyat orqali odamlar o‘yinda, ishda, mehnatda ham bir-birlaridan keskin farq qiladilar. Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namoyon bo‘ladi degan savolga, u insonlarning bosh miya faoliyatining ishlashi bilan bog‘liq degan javobni olamiz. Masalan: ba’zi bir insonlarda miyaning chap qismi ko‘proq rivojlangan, boshqalarda esa o‘ng qismi rivojlangan degan g‘oyasini keltirishdi. Yuqorida yozganimizdek tajribalar ko‘rsatadiki, miyaning har bir qismi o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Miyaning chap qismi mantiqiy jihatdan narsalarga baho beradi. O‘ng miya - hissiyot bilan intuitsiya orqali bo‘lib, narsalarni qabul qilishga yordam beradi. “Dihotomiya” -o‘ng va chap miya qismlari bu fikr sizni osonlik bilan fikrdan chalg‘itishi mumkin deb ogohlantirgan edi (Sperri 1982). Hatto biz hikoya qilayotganimizda miyaning ikkala qismi ishlaydi - chap qism so‘zlar va uning ma’nosini topadi, o‘ng qismi hazil, hissiyot va tasavvurni baholaydi (Hellige,1993).
Britaniyaning Kolumbiya universitetidagi psixolog Stenli Koren, “Chapaqay sindromi” asarida jumalistika qanday qilib ko‘pincha ilm fanni soddalashtirishi va bezaklikni ko‘rsatadi. U majlislarning birida psixolog Dorin Kimuraning nutqini eshitganini esladi, unda aytilishicha, chap quloq bilan musiqani eshitgan insonlar, o‘ng quloq bilan musiqani eshitgan insonlardan ko‘ra tezroq eslashdi. O‘quvchilarni ustidan tajriba o‘tkazib shuni bildikki, chap quloq o‘ng miyadagi hujayraga ko‘proq ma’lumotlar o‘tkazib beradi va o‘ng hujayra tashqarisidagi musiqalarni yaxshiroq o‘zlashtiradi. Bir necha kundan keyin, New York Times jumali yozdiki, London psixologi (Ontario viloyati) Dorin Kumura shuni aniqladiki, musiqiy qobiliyatlar miyadagi o‘ng hujayra bilan boshqariladi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyat to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatiga qobiliyat deyiladi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol, faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zamr bo‘lgan bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillami tahlil qilish maqsadga muvofiq: a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyat mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish